$
12670.05 UZS
37.83
138.00 UZS
3.61
13560.75 UZS
82.17
23° Kechasi 15°

Namangan viloyati hokimining “Toyota”si 5 yoshli bolani urib yubordi

08:41 / 27.10.2022

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqovning davlat raqami 50 010 DAV bo‘lgan “Toyota Land Cruiser” xizmat avtomashinasi Uychi tumanida yo‘lovchini urib yuborgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat hokimligi axborot xizmati holat bo‘yicha izoh berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 7-oktyabr kuni soat 12:50 chamasida Namangan viloyati hokimligi tasarrufidagi davlat raqami 50 010 DAV, “Toyota Land Cruiser” rusumli avtomobili Namangan-Uychi-Uchqo‘rg‘on yo‘lining 8-kilometrida baxtsiz hodisa tufayli yo‘lni kesib o‘tayotgan 2017-yilda tug‘ilgan fuqaroni “turtib yuborgan”. Yo‘lovchi zudlik bilan tuman tibbiyot birlashmasiga olib borilgan.

“To‘liq tibbiy tekshiruv o‘tkazilgan, jiddiy shikastlanish aniqlanmagan, faqatgina yuz sohasida shilinish bo‘lgan, tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Qo‘shimcha davolanish talab etilmaydi”, – deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, hozirda yo‘lovchining ahvoli yaxshi va o‘zining uyida odatdagi hayotiy faoliyatini davom ettirmoqda.

Shuningdek, yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha barcha xujjatlar IIB tomonidan rasmiylashtirilgan.


Bu ham qiziq

Termiz hayvonot bog‘ida hayvonlar uchun elektron pasport tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda

Termiz hayvonot bog‘ida hayvonlar uchun elektron pasport tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda

U yerda jami 488 bosh noyob hayvonlar saqlanmoqda.
14:08 / 02.05.2024
Venesuelada talabalarning Falastinni qo‘llab-quvvatlash mitingi bo‘lib o‘tdi

Venesuelada talabalarning Falastinni qo‘llab-quvvatlash mitingi bo‘lib o‘tdi

Yuzlab talabalar shaharning markaziy ko‘chalaridan biri bo‘ylab yurish qilgan.
14:34 / 01.05.2024
“Samarqand – Toshkent – Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi

“Samarqand – Toshkent – Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi

Qo‘shimcha reyslar 2024-yilning 3, 4, 5-may kunlari amal qiladi.
18:01 / 01.05.2024
Binance kriptobirjasi asoschisi XAMASga o‘tkazmalarni yashirishda ayblanmoqda

Binance kriptobirjasi asoschisi XAMASga o‘tkazmalarni yashirishda ayblanmoqda

Prokurorlar unga uch yillik qamoq jazosini so‘ragan edi.
09:53 / 03.05.2024
Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi

Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi

Avvalroq, Turkiya TIV rahbari Xakan Fidan G‘azo sektoridagi harakatlari tufayli Isroilga qarshi sanksiyalar majmuasini e’lon…
21:14 / 02.05.2024
Toshkentdagi ko‘chalardan biri bir oy muddatga yopildi

Toshkentdagi ko‘chalardan biri bir oy muddatga yopildi

Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
15:02 / 02.05.2024
Mirziyoyev Putinning yordamchisi bilan uchrashdi

Mirziyoyev Putinning yordamchisi bilan uchrashdi

Uchrashuv avvalida Maksim Oreshkin davlatimiz rahbariga Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini…
20:14 / 02.05.2024
“Bizning asosiy maqsadimiz – O‘zbekistonni xorijiy investorlar uchun ishonchli va uzoq muddatli hamkorga aylantirishdir”, – Mirziyoyev

“Bizning asosiy maqsadimiz – O‘zbekistonni xorijiy investorlar uchun ishonchli va uzoq muddatli hamkorga aylantirishdir”, – Mirziyoyev

Endilikda xorijiy sarmoyadorlar aksiyalardan olinayotgan dividendlar bo‘yicha soliqlardan uch yil muddatga ozod etiladi.
11:30 / 02.05.2024
Botir Qodirov va Jo‘rayevlar ishi bo‘yicha sud yopiq tarzda o‘tkazilmoqda

Botir Qodirov va Jo‘rayevlar ishi bo‘yicha sud yopiq tarzda o‘tkazilmoqda

Ayni vaqtda fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudida mazkur ish ko‘rib chiqilmoqda.
17:11 / 02.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!