Nike Inc. Rossiya bozorini tark etishga qaror qildi. Natijada Nike.com va Nike mobil ilovasi bu hududda ishlamaydi.
“Nike doʻkonlari yaqinda vaqtincha yopildi va qayta ochilmaydi”, – deyiladi kompaniya saytida.
Shu bilan birga, Nike Rossiya bozorini asta-sekin tark etishini eʼlon qildi.
“Bizning ustuvor vazifamiz xodimlarimizni toʻliq qoʻllab-quvvatlashni taʼminlashdir, chunki biz kelgusi oylarda oʻz faoliyatimizni masʼuliyat bilan qisqartiramiz”, – deyiladi kompaniya matbuot bayonotida.
Qayd etish mumkin, 3-mart kuni Nike Rossiyadagi barcha doʻkonlari ishini vaqtincha toʻxtatgan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!