$
11987.16 UZS
13.68
₽
146.29 UZS
-0.3
€
13393.25 UZS
-43.39
31° Kechasi 18°

Oddiy matematik amal bir yildan buyon ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari muhokamasida (foto)

18:18 / 16.01.2023

“Facebook” ijtimoiy tarmog‘ida foydalanuvchilardan biri matematik misol aks etgan suratni o‘z sahifasiga joylashtirib, boshqalarni uni yechishga taklif qildi. Ko‘rinishidan oddiy tuyulgan bu boshqotirma foydalanuchilarni ikkita turli javobni ilgari surayotgan ikkita katta guruhga ajratdi: Ularning javobi – 1 va 4.

Oradan hech qancha vaqt o‘tmasdan, foydalanuvchilar qaysi javob to‘g‘ri va nima uchun ekanligi haqida bahslasha boshlashdi. So‘ngra muallif sahifasiddagi bu munozara davomida 60 000 dan ortiq izohlar yozildi.

Bu yerda tortishuvning asosi yozilish shakli va harakatlar ketma-ketligi edi. Bir holatda, qavs ustunlik qiladi va yakunda javob “1” bo‘ladi. Ikkinchisida, ayirishdan so‘ng, odamlar chapdan o‘ngga amallarni darhol bajarishni boshlaydilar, natijada “4” javobi hosil bo‘ladi.

Darhaqiqat, ushbu fotosurat Internetda bir yildan ko‘proq vaqt davomida tarqaldi va endi u yana muhokama qilinmoqda. Shunga o‘xshash misollar doimo paydo bo‘ladi, faqat raqamlar farq qiladi, ammo mohiyati bir xil – faqatgina protsedura (jarayon) bo‘yicha bahslar davom etadi xolos.

Suratdan ma’lum bo‘lishicha, muallif fransiyalik foydalanuvchi bo‘lishi mumkin. Chunki sozlangan til shunga ishora qilmoqda.

Qayd etish mumkin, amerikalik milliarder Mark Sukerberg asos solgan ijtimoiy tarmoq “Meta” korporatsiyasi tarkibiga kiritilgan.

2022-yil iyul oyida “Facebook” 2 milliard 934 million faol foydalanuvchilarga ega bo‘lib, u ijtimoiy media platformalar reytingida 1-o‘rinni egalladi.

Biroq, kompaniyaning eng so‘nggi investor daromadlari hisobotida e’lon qilingan ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, “Facebook”ning oylik faol foydalanuvchilari so‘nggi uch oy ichida biroz pasaygan.

2022-yil iyuliga qadar “Facebook” foydalanuvchilari soni taxminan 2 millionga (-0,07 foiz) kamaydi.

Ushbu so‘nggi raqamlar bugungi kunda Yer yuzidagi barcha odamlarning taxminan 36,8 foizi “Facebook”dan foydalanishini ko‘rsatadi.

“Meta” tomonidan e’lon qilingan 2021-yilgi moliyaviy hisobotiga ko‘ra, “Facebook”ning 2021-yilda reklamadan tushgan daromadi 115 milliard dollarni tashkil etib, tarixda birinchi marta 100 milliard dollarlik chegaradan o‘tdi. Bu avvalgi yilga nisbatan qariyb 31 milliard dollarga ko‘p va yillik o‘sish 36,6 foizni tashkil etadi.


Bu ham qiziq

Qarşidagi 43-maktab ta’mirlanadi, 1-boğça örnida 360 örinli yangi bino quriladi

Qarşidagi 43-maktab ta’mirlanadi, 1-boğça örnida 360 örinli yangi bino quriladi

Qaşqadaryo viloyatining Qarşi şahridagi 43-maktab va 1-sonli maktabgaça ta’lim taşkilotining şaroiti örganildi. Boğça binosi…
13:35 / 04.11.2026
Toşkent aeroportida 1 mlrd sömdan ortiq zargarlik buyumlarini noqonuniy olib kiriş holatlari aniqlandi

Toşkent aeroportida 1 mlrd sömdan ortiq zargarlik buyumlarini noqonuniy olib kiriş holatlari aniqlandi

Toşkent xalqaro aeroportida xorijdan umumiy qiymati 1 milliard 20,6 million sömlik zargarlik buyumlarini noqonuniy olib kiri…
14:24 / 05.11.2026
Samarqandda ŞHT Plus ilk ekspertlar muloqoti boşlandi

Samarqandda ŞHT Plus ilk ekspertlar muloqoti boşlandi

Samarqand şahrida Xavfsizlik masalalari böyiça ŞHT Plus birinçi ekspertlar muloqoti öz işini boşladi.
12:36 / 06.11.2026
Kriştianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi

Kriştianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi

Portugaliyalik hujumçi Kriştianu Ronaldu milliy terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini rasman e’lon qildi. 41 yoşli futbo…
16:14 / 05.11.2026
Buxoro iqtisodiyoti bu yil ilk bor 100 trillion sömlik marradan oşişi kutilmoqda

Buxoro iqtisodiyoti bu yil ilk bor 100 trillion sömlik marradan oşişi kutilmoqda

Buxoro viloyati iqtisodiyoti joriy yilda ilk bor 100 trillion sömlik marradan oşişi, iqtisodiy ösiş esa 10,1 foizni taşkil e…
11:47 / 04.11.2026
Turkiyadagi qurolli hujumda sakkiz kişi halok böldi

Turkiyadagi qurolli hujumda sakkiz kişi halok böldi

Turkiyaning Afyonkarahisar provinsiyasida 5-noyabr kuni sodir etilgan qurolli hujumlar oqibatida sakkiz kişi halok böldi. Hu…
14:45 / 06.11.2026
Özbekistonda gaz va kömir taqsimoti ustidan nazorat kuçaytiriladi

Özbekistonda gaz va kömir taqsimoti ustidan nazorat kuçaytiriladi

Özbekistonda kuz-qiş mavsumida aholiga ajratilgan gaz va kömir mahsulotlarini öz vaqtida hamda töliq yetkazib beriş ustidan …
14:32 / 06.11.2026
Havo ifloslanişiga qarşi kuraş: korxonalar yopildi, yangi nazorat uskunasi işga tuşirildi

Havo ifloslanişiga qarşi kuraş: korxonalar yopildi, yangi nazorat uskunasi işga tuşirildi

Özbekistonda atmosfera havosini muhofaza qiliş böyiça nazorat tadbirlari kuçaytirilmoqda. Sönggi kunlarda ekologik talablarg…
16:34 / 04.11.2026
Buxoroda 1,7 million aholining içimlik suvi ta’minoti yaxşilanadi

Buxoroda 1,7 million aholining içimlik suvi ta’minoti yaxşilanadi

Prezident Şavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga taşrifi doirasida hudud iqtisodiyotini rivojlantiriş va aholi turmuş darajasin…
11:40 / 04.11.2026
Xotini va 2,5 yoşli qizini öldirgan erkak umrbod qamaldi

Xotini va 2,5 yoşli qizini öldirgan erkak umrbod qamaldi

Toşkent viloyatining Yangiyöl şahrida xotinini öldirib, 2,5 yoşli qiziga jinsiy zöravonlik qilgan va uning ham hayotiga zomi…
08:53 / 06.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!