O‘zbekiston o‘smirlar jamoalari (U-14 va U-16) Toshkentda o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushishdi.
Asqar Xolmurodov murabbiyligidagi O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi (U16) Estoniya ustidan zafar quchdi – 2:1.
Islombek Ismoilov murabbiyligidagi 14 yoshli futbolchilardan iborat O‘zbekiston o‘smirlari esa Rossiyaga yutqazib qo‘yishdi – 0:1.
Qayd etish joiz, Islombek Ismoilov «Turon» klubidagi faoliyatidan keyin yaqinda O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi (U14) bosh murabbiyi sifatida ish boshlagan.
O‘rtoqlik o‘yini.
O‘zbekiston U16 – Estoniya U16 – 2:1
Gollar: Davron Usmonov 9', Kaarel 58', Muhammadshoh Ahmedov 84'.
O‘zbekiston U14 – Rossiya U14 – 0:1
Gol: Kirill Bajukin, 64.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!