Ozarbayjon Rossiya fuqarolari uchun mamlakatda bo‘lish qoidalarini kuchaytirmoqchi. Bu haqda Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ayxan Gajizade xabar berdi.
Rasmiyning ta’kidlashicha, ushbu choralar Rossiyaning migratsiya siyosatidagi Ozarbayjon fuqarolariga ham ta’sir etuvchi o‘zgarishlarga javoban ishlab chiqilmoqda.
“Mamlakatda vaqtinchalik bo‘lish va migratsiya masalalarida Ozarbayjon tashqi siyosatning boshqa jihatlarida bo‘lgani kabi tenglik va o‘zarolik tamoyillariga amal qiladi”, – deydi Gajizade.
Shuningdek, u tegishli o‘zgarishlar yaqin kunlarda kuchga kirishini qo‘shimcha qildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!