$
11987.16 UZS
13.68
₽
146.29 UZS
-0.3
€
13393.25 UZS
-43.39
31° Kechasi 18°

Suriyani egallagan Al-Jo‘laniy haqida nimalar ma’lum?

11:16 / 11.12.2024

Xabaringiz bor, Suriyada 50 yildan ortiq vaqt davomida mamlakatni boshqargan Asadlar hukmronligi yakuniga yetdi. Asad rejimi quladi. “Hayyat Tahrir ash-Sham” harakati mamlakat poytaxti bo‘lgan Damashqni egallab oldi. Asad va uning oilasi esa Rossiyadan qo‘nim topdi. Xo‘sh, Suriya kimning qo‘liga o‘tdi? Abu Muhammad Al-Jo‘laniy deya ta’riflanayotgan shaxs kim o‘zi? Quyida kengroq to‘xtalamiz.

Otasi neft sanoati ishchisi, onasi geografiya o‘qituvchisi bo‘lgan Abu Muhammad Al-Jo‘laniy nomi bilan tanilgan, haqiqiy ismi esa Ahmad Husayn Al-Sharaa bo‘lgan Al-Jo‘laniy 1981-yilda Suriyaning janubidagi Golan tepaliklarida tug‘ilgan. Ba’zi manbalarda Saudiya Arabistonida tug‘ilganligi haqida ham ma’lumotlar berilgan. Uni Suriyadagi jihodchilar harakati arbobi ham deb atashadi.


Al-Jo‘laniyning jihodchilarga sayohati Iroqda boshlangan, Iroqda u “Iroq Islomiy davlati”ni yaratgan “Al-qoida” bilan bog‘langan, keyinchalik u “Iroq va Levant Islomiy davlati”ga aylangan. 2003-yilda AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya Iroqqa bostirib kirgandan so‘ng, u boshqa xorijiy jangarilarga qo‘shiladi va 2005-yilda asirga olinadi shundan so‘ng “Kamp Bukka” qamoqxonasiga tashlanadi, u yerda jihodchi aloqalarini mustahkamlaydi va keyinchalik 2008-yilda qamoqdan chiqqanidan so‘ng “Islomiy davlat”ni boshqarishi kerak bo‘lgan Abu Bakr Al-Bag‘dodiyning oldiga boradi.


2011-yilda Bag‘dodiy Jo‘laniyni Suriyaga yuborib, uni “Jebhat an-Nusra” maxfiy guruhini tashkil etish uchun mablag‘ bilan ta’minlaydi. U “Levant xalqiga yordam berish fronti” deb ham tanilgan va IShID bilan bog‘liq tashkilot edi. 2012-yilga kelib, “Jebhat an-Nusra” IShID va “Al-qoida” bilan aloqalarini yashirgan Suriyaning taniqli jangovar kuchiga aylanadi.

Sharaa keyinchalik “Jebhat Fath ash-Sham” deb nomlangan Suriyadagi “Jebhat an-Nusra” tashkilotining yetakchilaridan biri bo‘ladi.


AQSh davlat departamenti 2013-yilning may oyida Al-Jo‘laniyni “o‘ta xavfli terrorchilar” ro‘yxatiga kiritadi va to‘rt yildan so‘ng uni qo‘lga olishga yordama beradigan ma’lumotlar uchun 10 million dollar mukofot e’lon qiladi.


“Jebhat an-Nusra”ning yaratilishi

Yuqorida ta’kidlanganidek, 2011-yilda Suriyada fuqarolar urushi boshlanganida, Iroq Islom davlati rahbariyati Suriyaga ekspansiyani boshlashga qaror qiladi va Suriyada sho‘ba tuzilmasini tashkil etish uchun Al-Jo‘laniyni yuboradi. Yangi guruh 2012-yil 23-yanvarda tashkil etiladi va darhol Suriyadagi islomchilar orasida asosiy harakatlantiruvchi kuchga aylanadi.

Guruh Suriya Arab armiyasining qismlarini muvaffaqiyatli siqib chiqara boshlaydi. “Hayyat Tahrir ash-Sham” va Suriyaning shimoli-G‘arbiy qismidagi hujum 2017-yil 28-yanvarda “Jebhat Fath ash-Sham” (sobiq Jebhat An-Nusra), “Jebhat Ansar ad-Din”, “Jeysh as-Sunna”, “Liva Al-Haqq” va “Nur ad-Din” “az-Zenki” birlashishi natijasida “Hayyat Tahrir ash-Sham” tashkiloti tashkil etiladi.

2017-yil 4-oktyabrda Rossiya mudofaa vazirligi Al-Jo‘laniyni Rossiya federatsiyasi havo kuchlari zarbasi natijasida og‘ir yaralangani, xususan, qo‘lini yo‘qotgani haqida xabar tarqatadi. Biroq, bir necha kundan keyin Al-Jo‘laniy jarohat haqidagi ma’lumotni rad etgan videomurojaat bilan chiqadi.

2024-yil 27-noyabrda Suriyada “Hayyat Tahrir ash-Sham” otryadlari boshchiligidagi hukumatga qarshi keng ko‘lamli hujum boshlandi. 2024-yil 1-dekabrda Suriyadagi Rossiya havo hujumi natijasida Al-Jo‘laniy halok bo‘lganligi haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. Ammo, Al-Jo‘laniy o‘z qo‘shinlari oyning boshida bosib olgan Halab qal’asiga soppa sog‘ tashrif buyuradi.

BBC manbalariga ko‘ra, 5-dekabr kunidan boshlab prezident Bashar Al-Asad ag‘darilishi arafasida chiqarilgan rasmiy bayonotda Suriya isyonchilari yetakchisi Abu Muhammad Al-Jo‘laniy o‘zining jihodchi o‘tmishi bilan bog‘liq taxallusidan voz kechgani va o‘zining haqiqiy ismi Ahmad Al-Sharaadan foydalanishni boshlagani aytildi. Ushbu harakat bilan, Al-Jo‘laniy o‘zining qonuniyligini yangi kontekstda mustahkamlashga harakat qilmoqda, chunki uning Islomiy harbiylashtirilgan guruhi “Hayyat Tahrir ash-Sham” isyonchilar hujumiga boshchilik qilib, Damashqni egallab olganini e’lon qildi va shu bilan mamlakatning katta qismini nazoratga oldi. Al-Jo‘laniy bu g‘alabasiga birdaniga erishib qolgani yo‘q edi. U yillar davomida puxta tayyorgarlik ko‘rgan, bu nafaqat uning ommaviy bayonotlari va xalqaro ommaviy axborot vositalariga bergan intervyularida, balki uning o‘zgaruvchan ko‘rinishida ham aks etgan edi.


Shunday qilib Suriya muxolifat kuchlar qo‘liga o‘tdi. Mamlakatni esa “Hayyat Tahrir ash-Sham” harakati va unga boshchilik qilgan Al-Jo‘laniy egallab oldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyaga qochgan Bashar Asad o‘zi bilan 135 milliard dollarni olib ketgan.


Hukumatga kelgan yangi kuchlar esa Asadga tegishli va unga yaqin bo‘lgan odamlarni qidiruvga bergan. Allaqachon Asadning yaqinlaridan birini osib ham o‘ldirganligi aytilmoqda.

Suriyadagi muxolifatchilarning yetakchilaridan biri bo‘lgan Muhammad al-Bashir esa o‘zini Suriyaning o‘tish davri hukumati rahbari deb e’lon qildi. U bu lavozimda 2025-yilning 1-martiga qadar faoliyat yuritadi.

Tayyorladi: Ilyos Boltayev



														
														Qirğiziston maktablarida qoğoz darsliklar örniga planşetlar beriladi

Qirğiziston maktablarida qoğoz darsliklar örniga planşetlar beriladi

Mamlakat prezidenti Sadir Japarov 5–6 yil içida öquvçilarni qoğoz kitoblar örniga planşetlar bilan ta’minlaş rejalaştirilayo…
09:53 / 07.11.2026

														
														Qirğizistonda viloyat va tumanlar tugatilib, örniga aymoqlar taşkil etiladi.

Qirğizistonda viloyat va tumanlar tugatilib, örniga aymoqlar taşkil etiladi.

Qirğizistonda ma’muriy-hududiy tuzilmani özgartirişning ikkinçi bosqiçi boşlanmoqda. Rejaga köra, mamlakatdagi 7 ta viloyat …
08:28 / 28.10.2026

														
														Tarixda ilk bor yarador askar dron orqali evakuatsiya qilindi.

Tarixda ilk bor yarador askar dron orqali evakuatsiya qilindi.

U yarim yil davomida evakuatsiya qilinishini kutgan – og‘ir jarohatlari tufayli o‘z oyoqlarini kesib tashlashiga to‘g‘ri kel…
17:17 / 25.10.2026

														
														Makkada nomaqbul harakat sodir etganlikda ayblangan ikki bangladeshlik qatl etildi

Makkada nomaqbul harakat sodir etganlikda ayblangan ikki bangladeshlik qatl etildi

2026-yil 14-oktyabr kuni Saudiya Arabistonining Makka mintaqasida masjid ichida nomaqbul harakat sodir etganlikda ayblangan …
17:31 / 20.10.2026

														
														Uzoq muddatli elektr uzilishlariga qaramay, Ukraina Vengriya va Moldovaga elektr energiyasini sotmoqda

Uzoq muddatli elektr uzilishlariga qaramay, Ukraina Vengriya va Moldovaga elektr energiyasini sotmoqda

Ukrainaning “Ukrainian News” axborot agentligi seshanba kuni xabar berishicha, mamlakat ichidagi uzoq muddatli elektr uzilis…
17:20 / 20.10.2026

														
														Germaniyada 13 yoshga to‘lmagan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlash rejalashtirilmoqda.

Germaniyada 13 yoshga to‘lmagan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlash rejalashtirilmoqda.

Hukumat, shuningdek, platformalarga dastlabki bosqichdanoq bolalar xavfsizligini hisobga olish majburiyatini yuklamoqchi.
08:37 / 19.10.2026

														
														Oq Uy matbuot kotibi 5 kunlik ishdan keyin lavozimidan bo‘shatildi

Oq Uy matbuot kotibi 5 kunlik ishdan keyin lavozimidan bo‘shatildi

Avvalroq, AQSh rahbari Zaxariyani Oq Uy matbuot kotibi etib tayinlagan edi.
16:19 / 17.10.2026

														
														Turkiyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanadi

Turkiyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanadi

15 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarga qo‘shimcha cheklovlar bilan ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishga ruxsat beriladi.
17:20 / 10.10.2026

														
														Tramp yana Nobeldan quruq qoldi. Mukofot afrikalik ayolga nasib etdi.

Tramp yana Nobeldan quruq qoldi. Mukofot afrikalik ayolga nasib etdi.

Yurist, Ruanda bo‘yicha Xalqaro jinoiy tribunalning sobiq raisi, 2008-2014 yillarda BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy ko…
16:30 / 09.10.2026

														
														AQShda 13 harbiyni otib o‘ldirgan shaxs 3-dekabr kuni qatl qilinadi

AQShda 13 harbiyni otib o‘ldirgan shaxs 3-dekabr kuni qatl qilinadi

Pentagon ma’lum qilishicha, AQSh armiyasi 2009-yilda Fort-Xud harbiy bazasida 13 nafar harbiyni otib o‘ldirgan shaxsga nisba…
11:19 / 09.10.2026

Bu ham qiziq

Özbekistonda gaz va kömir taqsimoti ustidan nazorat kuçaytiriladi

Özbekistonda gaz va kömir taqsimoti ustidan nazorat kuçaytiriladi

Özbekistonda kuz-qiş mavsumida aholiga ajratilgan gaz va kömir mahsulotlarini öz vaqtida hamda töliq yetkazib beriş ustidan …
14:32 / 06.11.2026
Toşkent viloyatidagi sanoat korxonasi havoni ifloslantirib kelayotganligi aniqlandi

Toşkent viloyatidagi sanoat korxonasi havoni ifloslantirib kelayotganligi aniqlandi

Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi Ekopolitsiya xodimlari tomonidan Bekobod şahridagi “M.K.” korxonasi faoliyati ör…
12:11 / 07.11.2026
Qarşidagi 43-maktab ta’mirlanadi, 1-boğça örnida 360 örinli yangi bino quriladi

Qarşidagi 43-maktab ta’mirlanadi, 1-boğça örnida 360 örinli yangi bino quriladi

Qaşqadaryo viloyatining Qarşi şahridagi 43-maktab va 1-sonli maktabgaça ta’lim taşkilotining şaroiti örganildi. Boğça binosi…
13:35 / 04.11.2026
Samarqandda ŞHT Plus ilk ekspertlar muloqoti boşlandi

Samarqandda ŞHT Plus ilk ekspertlar muloqoti boşlandi

Samarqand şahrida Xavfsizlik masalalari böyiça ŞHT Plus birinçi ekspertlar muloqoti öz işini boşladi.
12:36 / 06.11.2026
Kriştianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi

Kriştianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi

Portugaliyalik hujumçi Kriştianu Ronaldu milliy terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini rasman e’lon qildi. 41 yoşli futbo…
16:14 / 05.11.2026
OÇL-2. «Nasaf» superkambek bilan «Al-Quvayt»ni mağlub etdi.

OÇL-2. «Nasaf» superkambek bilan «Al-Quvayt»ni mağlub etdi.

Qarşining «Nasaf» klubi Osiyo Çempionlar Ligasi 2 guruh bosqiçidagi törtinçi öyinini «Al-Quvayt» (Quvayt) klubiga qarşi ötka…
08:21 / 05.11.2026
Qirğiziston maktablarida qoğoz darsliklar örniga planşetlar beriladi

Qirğiziston maktablarida qoğoz darsliklar örniga planşetlar beriladi

Mamlakat prezidenti Sadir Japarov 5–6 yil içida öquvçilarni qoğoz kitoblar örniga planşetlar bilan ta’minlaş rejalaştirilayo…
09:53 / 07.11.2026
Qarşida 1,4 ming gektar yerning suv ta’minoti yaxşilanadi

Qarşida 1,4 ming gektar yerning suv ta’minoti yaxşilanadi

Qaşqadaryo viloyatining Qarşi şahrida “Çap tarmoq” kanalini betonlaştiriş va uning atrofini obodonlaştiriş işlari boşlanadi.…
15:35 / 04.11.2026
“Jamiyatdagi faol fuqaro” maqomini olganlarga avtokredit böyiça imtiyoz beriladi

“Jamiyatdagi faol fuqaro” maqomini olganlarga avtokredit böyiça imtiyoz beriladi

Özbekistonda “Jamiyatdagi faol fuqaro” maqomini olgan şaxslarga avtokredit boşlanğiç badalining bir qismini qoplab beriş, ko…
14:28 / 06.11.2026
Xotini va 2,5 yoşli qizini öldirgan erkak umrbod qamaldi

Xotini va 2,5 yoşli qizini öldirgan erkak umrbod qamaldi

Toşkent viloyatining Yangiyöl şahrida xotinini öldirib, 2,5 yoşli qiziga jinsiy zöravonlik qilgan va uning ham hayotiga zomi…
08:53 / 06.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!