Janubiy Koreyaning Muan shahrida samolyoti halokatga uchragan Jeju Air aviakompaniyasi fojia uchun uzr so‘rab, falokat sababini aniqlash uchun barcha imkoniyatni amalga oshirishga va’da berdi, – deb yozmoqda Yonhap axborot agentligi.
“Hozir tafsilotlarni aniqlash ustida ishlayapmiz”, – deyilgan qisqacha bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, bugun mahalliy vaqt bilan soat 9:07 da Jeju Air kompaniyasi 7C 2216 reysi bo‘yicha 181 kishi bilan uchgan “Boeing 737-800” layneri Muan aeroportiga qo‘nayotganda uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketib, panjaraga urilgan va yonib ketgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lgan 75 kishining shaxsi aniqlangani, ikki kishi qutqarilgani e’lon qilingan. Havo kemasi sahnida 173 nafar Janubiy Koreya, 2 nafar Tailand fuqarosi bo‘lgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!