“O‘zavtosanoat” AJning yangi avtomobillarni O‘zbekistonga olib kirishda bojxona to‘lovlarini keskin kamaytirish tashabbusi bilan chiqqani aytilmoqda.
Repost’ning Hukumatdagi manbasiga tayanib xabar berishicha, mahalliy avtosanoatni nazorat qiluvchi tashkilot kutilmagan qaror qabul qilgan: “O‘zavtosanoat” yangi avtomobillar olib kirishda bojxona to‘lovlarini keskin (50 foizgacha) kamaytirish tashabbusi bilan chiqqan.
Qayd etilishicha, ushbu taklif yarimo‘tkazgichlarning global yetishmovchiligi fonidagi obyektiv kutilmalar asosida ishlab chiqilgan.
Eslatib o‘tamiz, mamlakatda monopol ishlab chiqaruvchi – UzAuto Motors oxirgi vaqtlarda xaridorlariga avtomobil yetkazib berishda qator qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!