$
12670.05 UZS
37.83
138.00 UZS
3.61
13560.75 UZS
82.17
23° Kechasi 15°

O‘zbekiston Saudiyaga yangi elchi tayinladi

15:16 / 26.03.2024

O‘zbekistonning yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Nodirjon Turg‘unov Saudiya Arabistoni poytaxtiga tashrif buyurdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Ma’lumot uchun, ushbu lavozimga tayinlanishidan oldin Turg‘unov 2021–2024-yillarda Jidda shahrida bosh konsul lavozimida ishlagan. 49 yoshli diplomat Toshkent davlat sharqshunoslik institutini (hozirgi Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti) tamomlagan.

Mehnat faoliyatini maktabda o‘qituvchilikdan boshlagan, xususiy tuzilmalarda tarjimon sifatida, shuningdek, O‘zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik va madaniy-ma’rifiy aloqalar jamiyatlari kengashida faoliyat yuritgan.

Turg‘unov 2016-yildan beri Tashqi ishlar vazirligi tizimida xizmat qilib, o‘tgan yillar davomida Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamentida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan. 2019–2021-yillarda O‘zbekistonning Oqtov shahrida (Qozog‘iston), 2021–2024-yillarda esa Jidda shahrida (Saudiya Arabistoni) bosh konsul bo‘lgan.

Nodirjon Turg‘unov 2018–2024-yillarda O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchisi va bosh qarorgohi Jidda shahrida joylashgan Islom hamkorlik tashkilotidagi doimiy vakili lavozimlarida ishlagan Ulug‘bek Maqsudov o‘rniga tayinlangan.


Bu ham qiziq

Shavkat Mirziyoyev Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemmni qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemmni qabul qildi

Uchrashuvda “Air Products”, “CNH Industrial” va “Silverleaf” kompaniyalari rahbarlari ham ishtirok etdi.
16:12 / 03.05.2024
Toshkentda 1 yoshli bolaning ustiga daraxt quladi

Toshkentda 1 yoshli bolaning ustiga daraxt quladi

Hozirda mazkur holat yuzasidan Chilonzor tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
17:27 / 03.05.2024
2024-yilning birinchi choragida qancha qurilish materiallari va xizmatlari eksport qilingan?

2024-yilning birinchi choragida qancha qurilish materiallari va xizmatlari eksport qilingan?

Umumiy eksportdagi ulushi qariyb 72 foizni tashkil etmoqda.
14:46 / 02.05.2024
Termiz hayvonot bog‘ida hayvonlar uchun elektron pasport tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda

Termiz hayvonot bog‘ida hayvonlar uchun elektron pasport tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda

U yerda jami 488 bosh noyob hayvonlar saqlanmoqda.
14:08 / 02.05.2024
3-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

3-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 3-may kuni Toshkentda havo o‘zgarib tura…
22:49 / 02.05.2024
Johnson & Johnson chaqaloqlar upasida saraton chaqiruvchi asbestlar mavjudligi aytilmoqda

Johnson & Johnson chaqaloqlar upasida saraton chaqiruvchi asbestlar mavjudligi aytilmoqda

Johnson & Johnson 25 yil davomida 6,5 milliard dollar to‘lashni rejalashtirmoqda.
12:41 / 03.05.2024
Coca Cola eng ko‘p chiqindi chiqaruvchi brend hisoblanadi

Coca Cola eng ko‘p chiqindi chiqaruvchi brend hisoblanadi

Ushbu kompaniyalar aniqlangan chiqindilarning deyarli 25 foizini tashkil qiladi.
14:48 / 02.05.2024
Haddan tashqari issiqlik tufayli Osiyodagi maktablar darslarni to‘xtatdi

Haddan tashqari issiqlik tufayli Osiyodagi maktablar darslarni to‘xtatdi

Hindistonning Kerala shtatida 29-aprel kuni issiq urishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi.
15:36 / 03.05.2024
Vazn tashlash uchun kaloriyalarni hisoblashdan ko‘ra, ovqatlanish vaqtini tartibga solish muhim

Vazn tashlash uchun kaloriyalarni hisoblashdan ko‘ra, ovqatlanish vaqtini tartibga solish muhim

Bu masalaning muammoligi shundaki, ortiqcha vazn ko‘plab kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin.
10:57 / 03.05.2024
Prezident to‘rtta yo‘nalishda ishchi guruhlarni tashkil etishni taklif qildi

Prezident to‘rtta yo‘nalishda ishchi guruhlarni tashkil etishni taklif qildi

Aytilgan har bir loyiha bo‘yicha alohida “yo‘l xaritasi”ni qabul qilish topshirildi.
14:56 / 03.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!