Janubi-Sharqiy Osiyodagi ko‘plab mamlakatlarda jazirama issiq tufayli maktablar vaqtincha yopildi. Bu haqda “Anadulu” xabar berdi.
“Gulf Today” gazetasining yozishicha, Hindistonning Kerala shtati hukumati shtatdagi maktablarni 6-maygacha yopishga qaror qilgan.
Hindiston meteorologiya departamenti o‘tgan oy Keralada beshta issiqlik to‘lqini qayd etilganini aytgan. Qayd etilishicha, to‘lqinlar mintaqada yetarlicha bo‘ronlarning yo‘qligiga va mamlakat janubi-sharqiy qirg‘oqlarida antisiklonik aylanishga sabab bo‘lgan.
“NBC News” xabariga ko‘ra esa, harorat 37 darajadan oshgan. Bundan tashqari, Bangladeshda ham ta’lim to‘xtatilgan. Mamlakatda 33 millionga yaqin bola maktabga borolmaydi.
Kambodjada davlat maktablari o‘qitishni kuniga 2 soatgacha qisqartirishga chaqirilgan. Harorat xavfli darajaga yetgan Filippinda esa o‘qish 4 kunga to‘xtatilgan. Poytaxt Manilada havo harorati 37 darajadan oshishi mumkin.
Singapur observatoriyasi rahbari Benjamin Xorton havo haroratining ko‘tarilishi muammosiga uzoq muddatli yechim topish muhimligini ta’kidlagan.
“Biz issiqxona gazlari emissiyasi muammosini hal qilishimiz kerak”, dedi u.
Keralada 29-aprel kuni issiq urishdan ikki kishi halok bo‘lgan. Shtatda havo harorati me’yordan 5,5 darajaga ko‘tarilib, 41,9 darajaga yetgan. Aniqlanishicha, Hindiston rekord darajadagi eng issiqni aprel oyini boshdan kechirgan. Anomal issiqlik tufayli jami 9 kishi halok bo‘lgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!