Yaponiya futbol assotsiatsiyasi koronavirusning “omikron” shtammi tufayli Oʻzbekiston bilan oʻrtoqlik uchrashuvni bekor qildi. Bu haqda OʻFA matbuot xizmati xabar berdi.
“Maʼlumki, dunyoning koʻplab mamlakatlarida koronavirusning “omikron” shtammiga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilyapti.
Xususan, ayni kunlarda Yaponiyada ham karantin choralari kuchaytirilmoqda. Shu sababli hukumat tavsiyasiga koʻra, Yaponiya futbol assotsiatsiyasi 21-yanvar kuni Oʻzbekiston milliy terma jamoasiga qarshi boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan oʻrtoqlik uchrashuvini bekor qilishga majbur boʻldi”, — deyiladi assotsiatsiya bergan xabarda.
Shuningdek, qayd etilishicha, ayni vaqtda OʻFA mutaxassislari va Oʻzbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabi ushbu sanada boshqa raqib bilan oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazish borasida ish olib bormoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!