$
11965.51 UZS
-46.79
₽
145.96 UZS
0.63
€
13437.27 UZS
-29.72
31° Kechasi 18°

O‘zbekistonda qabrlar atrofini to‘siqlar bilan o‘rab qo‘yish taqiqlanishi mumkin

17:40 / 20.09.2022

Endilikda O‘zbekistonda qabristonlarda qabrlar atrofini to‘siqlar bilan o‘rab olish taqiqlanishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida belgilangan.

Kelajakda mazkur hujjat loyihasi amaliyotga tatbiq etilsa, qabrlar atrofini metall va boshqa to‘siqlar (o‘simliklardan iborat yashil to‘siqlardan tashqari) bilan o‘rab olish taqiqlanadi.

Qolaversa, qo‘shni qabrlar hududlarini va bo‘sh yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Shuningdek, qaror bilan tasdiqlangan Dafn etish joylarini saqlash, ulardan foydalanish va qabr usti yodgorliklarini o‘rnatish tartibi to‘g‘risidagi nizomga bir nechta o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda:

  • yangi qabristonlarni barpo etish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining yer to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq qabristonlar tashkil etish uchun yer uchastkasi ajratish to‘g‘risida qabul qilingan qaroriga asosan tuman (shahar) hokimliklarining qarori bilan amalga oshirilishi belgilanmoqda;

 

  • Tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari (fuqarolik xizmati ko‘rsatish boshqarmalari) va qabristonlarning ma’muriyatining vazifalari bo‘yicha tegishli o‘zgartirish kiritilmoqda;

 

  • xayr-ehsonlarni yig‘ish, hisobga olish va ulardan maqsadli foydalanishni tashkil etish choralari belgilanmoqda.

 

  • dafn etishga ruxsatni qabriston mudiri (nazoratchisi) tibbiyot muassasasi tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan o‘lim haqidagi ma’lumotnoma yoki fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlari tomonidan berilgan, o‘lim to‘g‘risida belgilangan shakldagi tegishli hujjatlar taqdim etilganidan keyingina berilishiga doir o‘zgartirish kiritilmoqda;

Ushbu hujjat muhokamasi 2022-yilning 1-oktyabriga qadar davom etadi.

 


Bu ham qiziq

O‘zbekistonda 73 turdagi mahsulot sifatsiz deb topildi

O‘zbekistonda 73 turdagi mahsulot sifatsiz deb topildi

O‘zbekistonda 2026-yilning dastlabki sakkiz oyida laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tkazilgan 558 nomdagi mahsulotning 73 tasi…
11:38 / 20.10.2026
Andijonda “prava”si bo‘lmagan 20 yoshli yigit Labo bilan ag‘darilib ketdi.

Andijonda “prava”si bo‘lmagan 20 yoshli yigit Labo bilan ag‘darilib ketdi.

Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida YPX xodimining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmagan Labo haydovchisi boshqaruvni yo‘qoti…
15:55 / 21.10.2026
Rossiyada O‘zbekistonga olib ketilayotgan 31 kg qo‘ziqorindan seziy-137 aniqlandi

Rossiyada O‘zbekistonga olib ketilayotgan 31 kg qo‘ziqorindan seziy-137 aniqlandi

Rossiyaning Domodedovo aeroportida O‘zbekistonga uchib ketayotgan 32 yoshli yo‘lovchining yukidan tarkibida radioaktiv modda…
09:24 / 20.10.2026
Qashqadaryolik tadbirkor Prezidentga o‘zi ishlab chiqargan kiyimni sovg‘a qildi

Qashqadaryolik tadbirkor Prezidentga o‘zi ishlab chiqargan kiyimni sovg‘a qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatidagi 54 million dollarlik “Sulton Tex Group” to‘qimachilik fabrikasi faoliy…
15:58 / 21.10.2026
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston – AQSH iqtisodiy hamkorligining yangi ustuvor yo‘nalishlarini belgiladi.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston – AQSH iqtisodiy hamkorligining yangi ustuvor yo‘nalishlarini belgiladi.

Muhim minerallarni chuqur qayta ishlash, ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarini tashkil etish va sun’iy intellektni joriy …
08:19 / 20.10.2026
Rossiyadan o‘zbekistonlik ayol va uning farzandi vatanga qaytarildi

Rossiyadan o‘zbekistonlik ayol va uning farzandi vatanga qaytarildi

O‘zbekistonning Novosibirskdagi Bosh konsulxonasi ko‘magida Rossiyada ushlab turilgan o‘zbekistonlik ayol va mehribonlik uyi…
11:40 / 21.10.2026
Toshkentning to‘rt tumanida shar sabab elektr ta’minoti uzildi

Toshkentning to‘rt tumanida shar sabab elektr ta’minoti uzildi

19-oktyabr kuni havoda uchib kelgan shar “Aksa Toshkent” issiqlik elektr stansiyasining ochiq taqsimlash qurilmasiga tushish…
11:01 / 20.10.2026
“Komaga tushgan” Kim Chen In omma oldida ko‘rinish berdi

“Komaga tushgan” Kim Chen In omma oldida ko‘rinish berdi

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In miyasiga qon quyilgani va komaga tushgani haqidagi tasdiqlanmagan xabarlar tarqalgani…
11:31 / 20.10.2026
Saida Mirziyoyeva Janett Rubio bilan Samarqandning tarixiy obidalarini ziyorat qildi

Saida Mirziyoyeva Janett Rubio bilan Samarqandning tarixiy obidalarini ziyorat qildi

“AQSh Davlat kotibining rafiqasi Janett Rubio bilan birgalikda Samarqandning tarixiy obidalarini ziyorat qildik”, – Preziden…
17:46 / 19.10.2026
Uzoq muddatli elektr uzilishlariga qaramay, Ukraina Vengriya va Moldovaga elektr energiyasini sotmoqda

Uzoq muddatli elektr uzilishlariga qaramay, Ukraina Vengriya va Moldovaga elektr energiyasini sotmoqda

Ukrainaning “Ukrainian News” axborot agentligi seshanba kuni xabar berishicha, mamlakat ichidagi uzoq muddatli elektr uzilis…
17:20 / 20.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!