Irlandiyaning Şannon aeroportida 48 yoşli erkak bolta bilan AQŞ Milliy gvardiyasiga tegişli C-130 Hercules harbiy samolyotiga zarar yetkazdi. Hodisa oqibatida qiymati 60 million dollar bölgan samolyot parvozga yaroqsiz holga kelgan. Bu haqda The Guardian xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, voqea joriy yilning aprel oyida Irlandiyaning ğarbiy qismidagi Şannon aeroportida sodir bölgan. Dayti ÖKorreyn aeroportning xavfsizlik hududiga noqonuniy kirib, samolyotning orqa eşigi qulfini buzgan va içkariga ötgan.
U samolyot kabinasidagi asboblarni sindirgan, gidravlik quvurlarni kesgan hamda yonilği baklariga metall parçalarini solgan. Şuningdek, ekipaj örindiqlari yordamida derazalarni tösib, eşiklarni turli buyumlar bilan mahkamlagan.
AQŞ prokuraturasi ma’lumotlariga köra, ÖKorreyn hujumni bir neça oy davomida rejalaştirgan. U internet orqali C-130 samolyotining tuzilişini örgangan, aeroport hududiga yaşirin kiriş yöllarini izlagan va samolyotlar harakatini kuzatiş imkonini beruvçi ilovaga obuna bölgan.
Hodisa ortidan erkak Irlandiya politsiyasi tomonidan qölga olingan. Unga jinoiy zarar yetkaziş va taqiqlangan hududga noqonuniy kiriş ayblovlari qöyilgan. Keyinçalik AQŞ prokuraturasi unga Amerika hukumati mulkini yöq qiliş ayblovini ham qöymoqda.
Hozirda ÖKorreyn AQŞ qamoqxonasida saqlanmayapti. Unga nisbatan sud majlisi sanasi belgilanmagan. Agar aybi isbotlansa, u 10 yilgaça ozodlikdan mahrum etilişi mumkin.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!