Xitoyda ötkazilayotgan APEC sammiti doirasida Xitoy raisi Si Szinpinning Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQŞ prezidenti Donald Trampga munosabatidagi farqlar OAV muhokamasiga sabab böldi. Xususan, kutib oliş marosimi, musiqa ijrosi, umumiy suratga tuşiş va tantanali ziyofatdagi holatlar e’tibor markazida böldi.
Birinçi farq aeroportdagi kutib oliş marosimida kuzatildi. Putin Xitoyning yuqori martabali amaldori Say Si tomonidan kutib olingan bölsa, Trampni Si Szinpinning özi aeroportda qarşi oldi.
Şuningdek, sammit zaliga kiriş vaqtida Putin uçun Pyotr Çaykovskiyning «Şçelkunçik» baletidan musiqa yangragan, Tramp kirib kelganida esa AQŞ davlat madhiyasi ijro etilgan.
Umumiy suratga tuşiş marosimida Tramp va Si Szinpin yonma-yon turgan, Putin esa ulardan alohida joy egallagan. Tarqalgan videolavhada ikki davlat rahbari Putinga qayerda turişni imo-işora orqali körsatgani aks etgan.
Bundan taşqari, tantanali ziyofatda Putin va Tramp turli stollarda ötirgani sababli özaro suhbatlaşiş imkoniga ega bölmagan. Bu haqda Rossiya prezidenti yordamçisi Yuriy Uşakov ma’lum qilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!