Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumida aholi, ijtimoiy soha obyektlari va strategik ahamiyatga ega iste’molçilarni tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlaş böyiça çora-tadbirlar belgilandi.
2026-yil 1-oktyabrdan 2027-yil 31-martgaça amal qiladigan mazkur qarorga muvofiq, mavjud tabiiy gaz resurslarini oqilona taqsimlaş, birinçi navbatda, aholi xonadonlari, maktablar, boğçalar, şifoxonalar va boşqa ijtimoiy soha obyektlarini barqaror gaz bilan ta’minlaş ustuvor vazifa etib belgilangan.
Bu borada Energetika vazirligi, tegişli vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar hamda gaz ta’minoti taşkilotlarining aniq vazifalari belgilab berildi.
Xususan, Energetika vazirligi “Öztransgaz” AJ, “Hududgazta’minot” AJ va boşqa mas’ul taşkilotlar bilan birgalikda mavjud gaz resurslari hamda ob-havo şaroitidan kelib çiqib, tabiiy gaz yetkazib berişning ön kunlik va kunlik jadvallarini işlab çiqadi. Uşbu jadvallar har oyning 25-sanasiga qadar kuz-qiş mavsumini betalofat ötkaziş böyiça respublika komissiyasiga tasdiqlaş uçun kiritiladi.
Şuningdek, magistral gaz quvurlarida bosim pasayişi yoki gaz resurslari hajmida kutilmagan özgarişlar yuz bergan taqdirda, gaz taqsimotini tezkor qayta körib çiqiş çoralari köriladi. Bunda aholi va ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan ta’minlaş ustuvorligi saqlab qolinadi.
Kuz-qiş mavsumini betalofat ötkaziş böyiça Respublika komissiyasi har oyning oxirgi kuniga qadar keyingi oy uçun hududlar va yirik ulgurji iste’molçilar kesimida tabiiy gaz yetkazib beriş jadvallarini tasdiqlaydi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari “Hududgazta’minot” AJning hududiy filiallari bilan birgalikda tasdiqlangan jadvallar asosida tuman va şaharlar kesimida gaz taqsimotini taşkil etadi. Bunda ham aholi va ijtimoiy soha obyektlari ta’minotiga birinçi navbatda e’tibor qaratiladi.
Havo harorati keskin pasaygan davrda aholi va ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlaş maqsadida boşqa toifadagi iste’molçilarga belgilangan tartibda vaqtinçalik çeklovlar joriy etilişi mumkin.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!