Eron hukumati bilan aloqalari bölgan pokistonlik Osif Merçant AQŞ prezidenti Donald Tramp va boşqa amerikalik siyosatçilarga suiqasd uyuştiriş rejasidagi iştiroki uçun 27 yil-u 6 oyga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, Merçant Tramp, AQŞning sobiq prezidenti Jo Bayden hamda mamlakatning BMTdagi sobiq doimiy vakili Nikki Heylini öldiriş uçun yollanma qotillar izlagan. Biroq u murojaat qilgan şaxslar aslida AQŞ Federal tergov byurosining yaşirin agentlari bölgan.
Merçant 2025-yil mart oyida xalqaro terrorçilik harakatini sodir etişga uriniş va pul evaziga odam öldiriş uçun yollaş ayblovlari böyiça aybdor deb topilgan. 17-noyabr kuni Nyu-Yorkdagi federal sudya unga 27 yil-u 6 oy qamoq jazosi tayinlagan.
Sudda Merçant Eron Islom inqilobi qöriqçilari korpusi körsatmasi bilan harakat qilganini bildirgan. Uning aytişiça, reja 2020-yilda AQŞ tomonidan eronlik harbiy qömondon Qosim Sulaymoniyning öldirilişi uçun qasos oliş maqsadida tuzilgan.
Prokuratura ma’lumotlariga köra, Merçant Eronga bir neça bor safar qilgan va u yerda Inqilob qöriqçilari korpusi vakili bilan tanişgan. 2024-yil aprel oyida rejani amalga oşiriş uçun AQŞga kelgan. U yaşirin agentlarga dastlabki tölov sifatida 5 ming dollar bergan. 2024-yil iyul oyida AQŞni tark etişga tayyorgarlik körayotganida Texas ştatida qölga olingan.
Merçant sudda eronlik aloqaçisi qarindoşlarining şaxsi va yaşaş manzilini bilişini aytib, uni rejani bajarişga majburlaganini ta’kidlagan. Şuningdek, u heç kimga zarar yetkazilişidan oldin qölga olinişini kutgani va keyinçalik AQŞ hukumati bilan hamkorlik qilişni rejalaştirganini bildirgan.
AQŞ boş prokurori Todd Blanş hukm yuzasidan izoh berib, mamlakat rahbarlariga qarşi xorijiy davlatlar tomonidan uyuştiriladigan suiqasd rejalariga aloqador şaxslar javobgarlikka tortilişini ta’kidlagan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!