$
12683.99 UZS
35.87
139.24 UZS
0.82
13647.97 UZS
25.94
32° Kechasi 21°

O‘zbekistonda vodorod transport vositasi ishlab chiqiladi

17:46 / 01.06.2022

O‘zbekistonda vodorod gazida harakatlanuvchi transport vositasi ishlab chiqiladi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi ma’lum qildi. 

Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Vodorod energetikasi texnologiyalari sohasida vodorodni olish, saqlash va tashish texnologiyalarini yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari dasturi” Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlandi.

Dasturga muvofiq, quyoshning mujassamlashgan yorug‘lik oqimining issiqligi ta’sirida va katalizatorlar yordamida vodorod olish texnologiyasi yaratiladi va uning asosida 1700 darajagacha haroratda termokimyoviy usulda vodorod olish qurilmasining tajriba namunasi ishlab chiqiladi.

Shuningdek, ammiak va vodorodli yoqilg‘i elementlaridan foydalangan holda vodorod gazida harakatlanuvchi transport vositasining tajriba namunasi ishlab chiqiladi.

“Yashil" vodorod yoqilg‘isidan issiqlik va elektr energiyasini olishga mo‘ljallangan tajriba-pilot qurilmasi yaratiladi.

Ta’kidlanishicha, olib borilayotgan izlanishlar natijasida vodorod yoqilg‘isidan foydalanish qazilma uglevodorod yoqilg‘ilaridan foydalanish jarayonlari bilan iqtisodiy jihatdan raqobatlasha oladigan bo‘lgandan so‘ng, vodorod energetikasidan yirik sanoat ko‘lamida foydalana boshlanadi.

Ekspertlarning prognozlariga ko‘ra, 2050-yilga kelib jahon energetikasidagi vodorod energiyasining ulushi 18 foiz, asr so‘ngiga kelib 40 foizdan ortiqni tashkil etishi kutilmoqda.

Vodorod – ideal yoqilg‘i bo‘lib, birinchidan, u borliqdagi eng keng tarqalgan element sanaladi. 

Ikkinchidan, uning yonishida katta miqdorda energiya hosil bo‘ladi va biror-bir zararli gazlar ajralib chiqmaydi, faqat toza suv hosil bo‘ladi


Bu ham qiziq

Trampning maxfiy hujjatlar bo‘yicha sud jarayoni qoldirildi

Trampning maxfiy hujjatlar bo‘yicha sud jarayoni qoldirildi

Sud jarayonini noma’lum muddatga qoldirilgan.
09:52 / 08.05.2024
Amudaryo ustidan o‘tuvchi qo‘shma ko‘prikda transport harakati vaqtincha to‘xtatiladi

Amudaryo ustidan o‘tuvchi qo‘shma ko‘prikda transport harakati vaqtincha to‘xtatiladi

Ushbu davr mobaynida avtotransport vositalari harakati “Qipchoq ponton ko‘prigi” orqali amalga oshiriladi.
17:07 / 07.05.2024
Zelenskiy G‘arbni Ukrainaga qurol yetkazib berishni tezlashtirishga chaqirdi

Zelenskiy G‘arbni Ukrainaga qurol yetkazib berishni tezlashtirishga chaqirdi

Bu haqda u Telegram kanalida ma’lum qilgan.
17:41 / 07.05.2024
O‘zbekistonning qaysi hududida doimiy aholi soni zichligi aniqlandi

O‘zbekistonning qaysi hududida doimiy aholi soni zichligi aniqlandi

Eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahrida ma’lum qilingan.
14:38 / 08.05.2024
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi

U urush davrida 214 ming askar va ofitserlarimiz jangovar orden va medallar bilan taqdirlangani ma’lum qildi.
15:16 / 08.05.2024
Rossiya hukumati iste’foga chiqdi

Rossiya hukumati iste’foga chiqdi

Bu haqda Rossiya Vazirlar Mahkamasi xabar berdi.
15:58 / 07.05.2024
Xitoy Britaniyadagi xakerlik hujumini tuhmat deb atadi

Xitoy Britaniyadagi xakerlik hujumini tuhmat deb atadi

Avvalroq, Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligining ma’lumotlar bazasi hujumga uchragani va unda xitoylik xakerlarning qo‘li bor…
19:51 / 07.05.2024
6G tezligi sinovdan o‘tkazildi

6G tezligi sinovdan o‘tkazildi

U 5G tezligidan 10 barobarga tez ishlaydi.
17:10 / 08.05.2024
Qirg‘iziston-Tojikiston davlat chegarasida otishma sodir bo‘ldi

Qirg‘iziston-Tojikiston davlat chegarasida otishma sodir bo‘ldi

Qirg‘iziston Respublikasi chegarachilari orasida qurbonlar yo‘q.
09:46 / 08.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!