$
12920.16 UZS
-13
158.61 UZS
0.33
14681.18 UZS
-38.05
28° Kechasi 17°

Ozodbek Nazarbekov “Koba san’at majmuasi”ning ta’sischisi ekani aniqlandi

09:33 / 31.05.2023

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekovning “Koba san’at majmuasi” MCHJning ta’sischisi ekanligiga oid xabarlar keng muhokama qilinmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan mazkur holat yuzasidan o‘rganish o‘tkazilgan va natijasi bo‘yicha quyidagilar ma’lum qilinadi:

O‘rganish mobaynida haqiqatdan ham O.A.Nazarbekovning 2016-yil 16-martda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Koba san’at majmuasi” MCHJda 100 foizlik ulush bilan ta’sischi ekanligi aniqlandi.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 6-martdagi “Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish taqiqlangan mansabdor shaxslarning ro‘yxati to‘g‘risida”gi qaroriga asosan davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining, huquqni muhofaza qilish organlarining xodimlariga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi taqiqlangan.

Xuddi shu kabi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 2-maydagi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-328-son Qonunining 4-moddasiga asosan davlat organlari (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno), ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi qonunchilikda man etilgan boshqa shaxslar tadbirkorlik faoliyati subyektlari bo‘lishi mumkin emasligi belgilangan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 8-avgustdagi “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘RQ-788-son Qonunining 13-moddasiga asosan davlat fuqarolik xizmatchisi tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tashkil etishga, ularning muassisi (ishtirokchisi) bo‘lishga, tadbirkorlik faoliyati subyektida tashkiliy-boshqaruv, ma’muriy-xo‘jalik vazifalarini bajarishga haqli emasligi qayd etilgan.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktyabrdagi “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 595-sonli qaror bilan tasdiqlangan “Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari”ning 13-bandida davlat xizmatchilari ishdan tashqari vaqtda tadbirkorlik yoki haq to‘lanadigan boshqa faoliyat bilan (pedagogik, ilmiy va ijodiy faoliyatdan tashqari) shug‘ullanmasligi, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasnoligi belgilangan.

Bugungi kunda yuqoridagi qonunchilikka nomuvofiqlik bartaraf etilib, “Koba san’at majmuasi” MCHJ ta’sischisi o‘zgartirilgan.

“2023-yil 30-may kuni Madaniyat va turizm vazirligiga kelgusida “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonun va boshqa qonunosti hujjatlariga qat’iy rioya qilinishini hamda vazirlik faoliyatida ochiqlik va shaffoflik, raqobat va xolislik hamda korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik prinsiplariga rioya qilinishini ta’minlash choralarini ko‘rish yuzasidan taqdimnoma kiritildi”, – deyiladi xabarda.


Bu ham qiziq

Urganch shahrida Al-Xorazmiy universiteti tashkil etiladi

Urganch shahrida Al-Xorazmiy universiteti tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-aprel kuni Al-Xorazmiy universitetini tashkil etish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.
21:48 / 30.04.2025
Kelajak tanlovga bog‘liq: Sun’iy intellekt yutuqmi yoki xavf?

Kelajak tanlovga bog‘liq: Sun’iy intellekt yutuqmi yoki xavf?

Zamonamiz texnologik taraqqiyoti insoniyat hayotini tubdan o‘zgartirmoqda.
11:13 / 29.04.2025
O‘zbekistonda qancha kichik korxonalar borligi ma’lum qilindi

O‘zbekistonda qancha kichik korxonalar borligi ma’lum qilindi

2025-yilning birinchi choragi yakunlariga ko‘ra O‘zbekistonda 1,2 milliondan ortiq kichik biznes korxonalari faoliyat yuritm…
19:03 / 29.04.2025
1-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

1-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 15-17 daraja, kunduzi 28-30 daraja bo‘ladi.
22:21 / 30.04.2025
Tailand xorijliklar uchun vizasiz rejimni qisqartiradi

Tailand xorijliklar uchun vizasiz rejimni qisqartiradi

“Tailand bosh vaziri Pxetxongtxan Chinavat xorijliklar uchun vizasiz rejim muddatini qayta ko‘rib chiqish, uni 60 kundan 30 …
12:25 / 29.04.2025
Apple O‘zbekistondagi IT-kompaniyalar orasida eng yirik soliq to‘lovchiga aylandi

Apple O‘zbekistondagi IT-kompaniyalar orasida eng yirik soliq to‘lovchiga aylandi

2025-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistondagi xorijiy IT-kompaniyalardan soliq tushumlari qariyb 1,5 barobarga oshdi.
18:41 / 30.04.2025
Ko‘chmas mulk bozoridagi faollik ketma-ket ikkinchi oy pasaymoqda

Ko‘chmas mulk bozoridagi faollik ketma-ket ikkinchi oy pasaymoqda

2025-yil mart oyida O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlar hajmi 8,8 foizga kamayib, 20,4 mingni tashkil etdi. B…
21:14 / 29.04.2025
Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temiryo‘li qurilish ishlari boshlandi

Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temiryo‘li qurilish ishlari boshlandi

“Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati Suzak tumanida 29-aprel kuni Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temiryo‘li loyihasi doirasi…
09:51 / 30.04.2025
Toshkentdagi texnopark hududida yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkentdagi texnopark hududida yong‘in sodir bo‘ldi

Shunga ko‘ra yong‘in-qutqaruv ekipajlari  soat 07:04 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in 07:45 da qurshab olingan va  soat…
08:28 / 01.05.2025
30-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

30-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 14-16 daraja, kunduzi 26-28 daraja bo‘ladi.
21:49 / 29.04.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!