“Oʻztransgaz” aksiyadorlik jamiyati mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi ochildi!
Maʼlum boʻlishicha, “Oʻztransgaz” mansabdor shaxslari tomonidan 4 trillion 904,7 mlrd soʻm rastrata qilish yoʻli bilan talon-taroj qilingan va 7,4 mlrd. soʻm mablagʻ ortiqcha mukofot pullari sifatida toʻlab berilib, oʻzlashtirilgani natijasida davlat va jamiyat manfaatlariga juda koʻp miqdorda zarar yetkazilgan.
Shu sababli, “Oʻztransgaz” aksiyadorlik jamiyati mansabdorlariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi va 175-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Bu jinoyat ishi doirasida Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti surishtiruv boshlagan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!