$
12632.22 UZS
22.05
134.39 UZS
-0.85
13478.58 UZS
-48.35
27° Kechasi 14°

Prezident elektron hukumatni rivojlantirish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqdi

21:51 / 13.09.2023

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 13 sentyabr kuni elektron hukumatni rivojlantirish chora-tadbirlariga oid taqdimot bilan tanishdi. Bu haqida Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Oʻzbekistonda davlat boshqaruvi, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy xizmatlar jadal raqamlashtirilmoqda. Yaqinda qabul qilingan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida bu boradagi istiqbollar belgilanib, Birlashgan Millatlar Tashkilotining elektron hukumat reytingida TOP-30 talikka kirish vazifasi qoʻyildi.

Maʼlumki, bu reyting (e-Government Development Index) mamlakatlarda soha rivojini koʻrsatuvchi xalqaro indeks hisoblanadi. Uning ahamiyatli jihati, aholi va davlat oʻrtasida elektron muloqotni kengaytirish, xizmatlarni qulaylashtirish, mamlakatning investisiyaviy jozibadorligini oshirishga xizmat qiladi. Soʻnggi yillarda unda Oʻzbekistonning oʻrni izchil koʻtarilib, oʻtgan yili 69-pogʻonada qayd etilgan.

Reytingda yuqori 30 ta mamlakat qatoriga kirish uchun xorijlik ekspertlar ishtirokida, xalqaro metodologiya asosida 6 ta yoʻnalish boʻyicha 53 ta tadbirdan iborat “yoʻl xaritasi” ishlab chiqildi. Unda onlayn xizmatlar boʻyicha 112 ta koʻrsatkichni yaxshilash, 2024 yilda 700 ta raqamli xizmatni ishga tushirish va barchasini my.gov.uz ga jamlash, aholi maskanlari va avtomagistral yoʻllarni yuqori tezlikdagi internet bilan taʼminlash nazarda tutilmoqda.

Bu jarayonlarni ilmiy-huquqiy taʼminlash, hamkorlar bilan ishlab, kamchiliklarni bartaraf etib borish maqsadida “Raqamli Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi boʻyicha komissiyasi huzurida Loyiha ofisi tashkil etilmoqda.

Davlat rahbari ushbu takliflarni maʼqullab, onlayn xizmatlarni va yuqori texnologiyalar sohasida inson kapitalini rivojlantirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi. Raqamli texnologiyalar vaziriga BMT Departamentiga (UNDESA) taqdimot qilib, Oʻzbekistonning reytingdagi oʻrnini yaxshilashni asoslash topshirildi.


Bu ham qiziq

Isroil qamoqxonasidagi falastinlik yozuvchi oliy mukofotni qo‘lga kiritdi

Isroil qamoqxonasidagi falastinlik yozuvchi oliy mukofotni qo‘lga kiritdi

Hibsga olinganida u An-Naja universitetining jurnalistika fakulteti talabasi edi.
16:34 / 29.04.2024
Tog‘li hududlarda 8-maygacha qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

Tog‘li hududlarda 8-maygacha qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.
11:41 / 01.05.2024
Bugun, 30-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun, 30-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Respublika Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 30-aprel kuni Toshkentda havo oʻzgarib turadi, yogʻing…
08:24 / 30.04.2024
G‘azoda qurbon bo‘lgan OAV xodimlari soni 142 nafarga yetdi

G‘azoda qurbon bo‘lgan OAV xodimlari soni 142 nafarga yetdi

Yana bir OAV xodimi va uning o‘g‘li Isroil hujumlari qurboni bo‘ldi.
17:37 / 30.04.2024
Afg‘onistonda qurollangan shaxslar masjidga hujum qildi. Qurbonlar bor

Afg‘onistonda qurollangan shaxslar masjidga hujum qildi. Qurbonlar bor

“Tolibon” ichki ishlar vazirligi matbuot kotibining xabar berishicha, bir guruh qurolli shaxs masjiddagi namozxonlarga hujum…
11:23 / 30.04.2024
Toshkent viloyatidagi 6 ta tumanga yangi radarlar o‘rnatiladi

Toshkent viloyatidagi 6 ta tumanga yangi radarlar o‘rnatiladi

Bu bo‘yicha Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev tegishli farmoyishni imzoladi.
16:32 / 30.04.2024
Maskning boyligi besh kun ichida 37,3 milliard dollarga oshdi

Maskning boyligi besh kun ichida 37,3 milliard dollarga oshdi

Amerikalik milliarderning Xitoyga tashrifi Tesla aksiyalarining o‘sishiga sabab bo‘lgan.
11:17 / 30.04.2024
Bugun, 1-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun, 1-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 1-may kuni Toshkentda havo o‘zgarib tura…
02:14 / 01.05.2024
Indoneziyada Ruang vulqoni otildi

Indoneziyada Ruang vulqoni otildi

Qayd etilishicha, u tutun va kul ustunini 19 kilometr balandlikka uloqtirgan.
14:02 / 30.04.2024
Isroil hujumlari oqibatida G‘azoda bedarak yo‘qolganlar soni 10 ming nafardan oshdi

Isroil hujumlari oqibatida G‘azoda bedarak yo‘qolganlar soni 10 ming nafardan oshdi

Ta’kidlanishicha, bedarak yo‘qolganlar Sog‘liqni saqlash vazirligining o‘lganlar ro‘yxatiga kiritilmagan.
15:03 / 01.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!