$
12834.61 UZS
44.18
162.65 UZS
0.05
14662.26 UZS
175.82
33° Kechasi 20°

Prezident Koreya Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari Chxu Gyon Xoni qabul qildi

21:40 / 07.09.2023

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-sentyabr kuni Koreya Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, iqtisodiyot va moliya vaziri Chxu Gyon Xo boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqida Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Oʻzbekiston bilan Janubiy Koreya oʻrtasidagi alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.

Uchrashuv avvalida Bosh vazir oʻrinbosari Chxu Gyon Xo davlatimiz rahbariga Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yolning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Oʻzbekiston Prezidenti Janubiy Koreya bilan keng koʻlamli hamkorlikning yangi iqtisodiy kun tartibini shakllantirish masalalariga toʻxtaldi.

Keyingi yillarda oʻzaro savdo va investisiya koʻrsatkichlari barqaror oshib bormoqda. Oʻtgan yilda tovar ayirboshlash 24 foizga koʻpaydi. Mamlakatda qariyb 1 mingta qoʻshma korxona faoliyat yuritmoqda, Koreyadan investisiyalar hajmi 7 milliard dollardan oshdi.

Koreya xalqaro hamkorlik agentligi, Koreya Eksimbanki va uning fondlari bilan koʻp yillar davomida samarali hamkorlik qilinayotgani, ular bilan birgalikdagi loyihalarning umumiy portfeli 3 milliard dollardan ziyodni tashkil etgani yuqori baholandi.

Muvaffaqiyatli amalga oshirilgan qoʻshma loyihalar qatorida koʻp tarmoqli bolalar shifoxonasi, toʻqimachilik texnoparki, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi va nodir metallar boʻyicha markazlar qayd etildi.

Janubiy Koreyaning yetakchi kompaniyalari bilan texnologik va investitsiyaviy sheriklikni kengaytirish, taʼlim va sogʻliqni saqlash sohalaridagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni jadallashtirish, infratuzilma, “yashil” energetika, davlat boshqaruvi, moliya, raqamlashtirish va kadrlar tayyorlash borasidagi qoʻshma loyihalarni ilgari surish amaliy hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari sifatida koʻrsatib oʻtildi.

Ikki mamlakat hududlari oʻrtasida samarali muloqotlarni yoʻlga qoʻyish va madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirish uchun keng imkoniyatlar borligi taʼkidlandi.


Bu ham qiziq

Buyuk Britaniya bosh vaziri mamlakat armiyasining ehtimoliy urushga tayyor bo‘lishini xohlamoqda

Buyuk Britaniya bosh vaziri mamlakat armiyasining ehtimoliy urushga tayyor bo‘lishini xohlamoqda

“Bizga ilg‘or harbiy kuchlarga ega davlatlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid solmoqda, shuning uchun biz jang qilish va g‘alaba qo…
12:43 / 02.06.2025
O‘zbekistonda Qurbon hayiti namozi vaqtlari e’lon qilindi

O‘zbekistonda Qurbon hayiti namozi vaqtlari e’lon qilindi

6-iyun, juma kuni O‘zbekistonning barcha masjidlarida Qurbon hayiti namozi o‘qiladi. O‘zbekiston musulmonlar idorasi O‘zbeki…
20:20 / 02.06.2025
1-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

1-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 1-iyun kuni Toshkent shahrida havo biroz…
22:15 / 31.05.2025
Tojikistondan 16 kg giyohvandlik vositasi olib kirgan shaxsga sud hukmi o‘qildi

Tojikistondan 16 kg giyohvandlik vositasi olib kirgan shaxsga sud hukmi o‘qildi

2024-yilning 12-noyabr kuni Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Namangan viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, P…
09:58 / 01.06.2025
O‘zbekistondan Qozog‘istonga pul oqimi keskin oshdi

O‘zbekistondan Qozog‘istonga pul oqimi keskin oshdi

Qozog‘iston Respublikasi milliy bankining ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil aprel oyida O‘zbekistondan Qozog‘istonga xalqaro to…
18:49 / 01.06.2025
Yozning ilk oyida bizni qanday ob-havo kutmoqda?

Yozning ilk oyida bizni qanday ob-havo kutmoqda?

“O‘zgidromet” iyun oyi uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
14:39 / 01.06.2025
2-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

2-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

Harorat kechasi 16-18 daraja, kunduzi 30-32 daraja bo‘ladi.
21:54 / 01.06.2025
Yirik firibgarlikda gumon qilingan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi

Yirik firibgarlikda gumon qilingan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi

O‘zbekiston Interpolining Milliy markaziy byurosi ko‘magida Amerika Qo‘shma Shtatlarida qidiruvdagi shaxsning joylashgan o‘r…
21:33 / 02.06.2025
YeChL chempioni va finalchisi qancha ishlab olgani ma’lum qilindi

YeChL chempioni va finalchisi qancha ishlab olgani ma’lum qilindi

Fransiyaning PSJ klubi UEFA Chempionlar Ligasi finalida erishgan yirik g‘alabasi evaziga 25 mln yevro mukofot puli qo‘lga ki…
15:23 / 01.06.2025
Toshkentda yuk mashinasi yonib ketdi

Toshkentda yuk mashinasi yonib ketdi

1-iyun kuni soat 11:31 da Toshkent shahar Olmazor tumani, Toshkent halqa avtomobil yo‘li ko‘chasida, Man rusumli avtomobil y…
12:19 / 01.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!