$
12705.79 UZS
59.23
159.20 UZS
-1.68
14704.41 UZS
243.07
37° Kechasi 22°

Prezidentlar aviaqatnovlar sonini oshirish, yer usti va havo transporti bo‘yicha tartib-taomillarni imkon qadar yengillashtirishga kelishib oldilar

14:55 / 23.08.2024

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Ko‘ksaroy qarorgohida tor doirada uchrashuv va Davlatlararo oliy kengashning birinchi majlisini o‘tkazdilar.

O‘zbekiston bilan Ozarbayjon o‘rtasidagi strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Davlatimiz rahbari Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining bu galgi davlat tashrifi tarixiy voqea ekanini alohida ta’kidladi.

“Bugun biz Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani imzolaymiz. Bir necha yil davomida biz birgalikda O‘zbekiston-Ozarbayjon munosabatlarini davlatlararo hamkorlikning eng yuqori darajasiga ko‘tarishga muvaffaq bo‘ldik”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shuningdek, ko‘p qirrali hamkorlikni ilgari surish va uni aniq mazmun bilan boyitishning samarali mexanizmiga aylanishi lozim bo‘lgan Davlatlararo oliy kengashning birinchi majlisi o‘tkazilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Yetakchilar ikki tomonlama aloqalar jadal rivojlanib borayotgani ta’kidlandi. Parlamentlar, hukumatlar, tarmoq idoralari va hududlar o‘rtasida yaqin aloqalar yo‘lga qo‘yildi. Hukumatlararo komissiya va Ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishlari, forum va ko‘rgazmalar, ko‘plab madaniy tadbirlar muntazam o‘tkazilmoqda. Ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi hamkorlik kengaymoqda.

Tashrif doirasida Prezidentlarning ikki mamlakat yetakchi kompaniyalari vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tadi va yangi kooperatsiya loyihalariga start beriladi.

Ta’kidlanganidek, kelgusi yilda O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi nishonlanadi.

Davlatimiz rahbari ushbu qutlug‘ sanani keng nishonlash maqsadida tadbirlar dasturi va bir yilga mo‘ljallangan Idoralararo muloqot va almashinuvlar rejasini tayyorlashni taklif etdi.

Bundan tashqari, kelgusi yilni O‘zbekiston va Ozarbayjon iqtisodiy kooperatsiyasi yili deb e’lon qilish va 20 ta ustuvor yo‘nalishni qamrab olgan kompleks dasturni qabul qilishga kelishib olindi.

Tovar ayirboshlash hajmini bir necha barobar oshirish va sanoat kooperatsiyasining yangi bosqichiga o‘tish, jumladan, uchinchi davlatlardagi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Kuni kecha bo‘lib o‘tgan biznes forumi yakunlari mamnuniyat bilan qayd etildi: umumiy qiymati 2 milliard dollardan ziyod istiqbolli loyihalar portfeli shakllantirildi. Bu energetika, kimyo, tog‘-kon, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi, shaharsozlik va boshqa yo‘nalishlardagi kooperatsiya loyihalaridir.

Shu ma’noda, O‘zbekiston-Ozarbayjon investitsiya kompaniyasi bunday loyihalarni qo‘llab-quvvatlash vositasi sifatida samarali ish olib borayotgani qayd etildi.

Transport-kommunikatsiya, energetika va boshqa infratuzilmaviy loyihalarni, shu jumladan ko‘p tomonlama asosda amalga oshirish orqali ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni kuchaytirish zarurligi qayd etildi.

Tomonlar aviaqatnovlar sonini oshirish, yer usti va havo transporti bo‘yicha tartib-taomillarni imkon qadar yengillashtirish, raqamli yechimlarni joriy etishga kelishib oldilar.

Hududlararo aloqalarni faollashtirish muhimligi qayd etildi. 2025-yilga mo‘ljallangan alohida Hududlararo hamkorlik rejasi, ikki mamlakat hududlarining sanoat salohiyati va infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha sheriklik dasturini qabul qilish hamda navbatdagi Hududlar forumini Qo‘qon shahrida o‘tkazishga kelishib olindi.

Davlat rahbarlari madaniyat va san’at, ta’lim, sog‘liqni saqlash, yoshlar va axborot siyosati, sport sohalarida faol almashinuvlarni davom ettirish yuzasidan kelishuvga erishdilar.

Prezidentlarning farmonlari bilan taniqli madaniyat arboblari Farrux Zokirov va Po‘lat Bulbul o‘g‘liga mamlakatlarimiz “Xalq artistlari” unvoni berilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Davlatimiz rahbari ikki mamlakat yetakchi universitetlari rektorlarining muntazam uchrashuvlari mexanizmini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma media forumini o‘tkazish taklifini bildirdi.

O‘zaro sayyohlar oqimini, gumanitar va biznes almashinuvlarni ko‘paytirish maqsadida poytaxtlarimizda turizm va ishbilarmonlik majmualarini qurish istiqbollari ham muhokama qilindi.

Ikki tomonlama munosabatlarni axborot-tahliliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, hamkorlik salohiyatini chuqur tahlil qilish va yuzaga chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish muhimligi ta’kidlandi.

Davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy kun tartibi yuzasidan ham fikr almashdilar, ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasida faol muloqot va o‘zaro qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish masalalarini muhokama qildilar.

Yig‘ilish yakunida erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha "yo‘l xaritasi"ni qabul qilishga qaror qilindi.

 


O‘zbekiston


														
														Musulmonlar idorasi: “Diniy savollarga ChatGPT orqali javob olish joiz emas”

Musulmonlar idorasi: “Diniy savollarga ChatGPT orqali javob olish joiz emas”

Bu haqda Musulmonlar idorasi ma’lum qildi.
15:05 / 15.06.2025

														
														16-iyun kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida harorat 44 darajagacha ko‘tariladi

16-iyun kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida harorat 44 darajagacha ko‘tariladi

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 16-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulut…
14:58 / 15.06.2025

														
														Toshkent viloyatida poyezd mikroavtobusni bosib ketdi

Toshkent viloyatida poyezd mikroavtobusni bosib ketdi

Holat bo‘yicha Bekobod shahar IIB Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
14:20 / 15.06.2025

														
														Toshkentdan Tel-Avivga aviareyslar vaqtincha to‘xtatiladi

Toshkentdan Tel-Avivga aviareyslar vaqtincha to‘xtatiladi

Tel-Aviv xalqaro aeroportida havo hududidan foydalanish bo‘yicha joriy etilgan cheklovlar sababli, 16-iyundan 30-iyungacha T…
10:42 / 15.06.2025

														
														Ertaga havo harorati 42 darajagacha isiydi

Ertaga havo harorati 42 darajagacha isiydi

“O‘zgidromet” 15-iyun kuni ob-havo qanday bo‘lishi haqida ma’lumot berdi.
10:26 / 14.06.2025

														
														14-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

14-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 14-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulut…
17:46 / 13.06.2025

														
														Viloyatliklar Toshkentda taksichilik qilishi mumkin

Viloyatliklar Toshkentda taksichilik qilishi mumkin

Kecha, ijtimoiy tarmoqlarda haydovchilar faqat o‘zining propiskadan o‘tgan hududidagina taksichilik qilishi mumkinligi haqid…
17:41 / 13.06.2025

														
														Qashqadaryoda hokim o‘rinbosari pora bilan ushlandi

Qashqadaryoda hokim o‘rinbosari pora bilan ushlandi

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
14:34 / 13.06.2025

														
														Dam olish kunlari havo harorati ko‘tariladi

Dam olish kunlari havo harorati ko‘tariladi

So‘nggi kunlarda O‘zbekiston hududi yoz uchun juda qulay harorat fonida nam havo massalari ta’siri ostida bo‘ldi.
12:49 / 13.06.2025

														
														Isroildagi O‘zbekiston fuqarolari ogohlantirildi

Isroildagi O‘zbekiston fuqarolari ogohlantirildi

Raketa otishmalari kutilishi munosabati bilan O‘zbekiston elchixonasi sizlardan yana bir bor tezkor ehtiyot choralarini ko‘r…
09:45 / 13.06.2025

Bu ham qiziq

13-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

13-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

13-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan s…
17:49 / 12.06.2025
Kreditni samarasiz ishlatish ortidan 19,6 mlrd so‘m zarar keltirgan mansabdorlarga jinoyat ishi ochildi

Kreditni samarasiz ishlatish ortidan 19,6 mlrd so‘m zarar keltirgan mansabdorlarga jinoyat ishi ochildi

Ayni paytda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
17:19 / 12.06.2025
Uta Abe beshinchi marta Jahon chempionati oltin medalini qo‘lga kiritdi

Uta Abe beshinchi marta Jahon chempionati oltin medalini qo‘lga kiritdi

Vengriya poytaxti Budapeshtda dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionati o‘tkazilmoqda.
17:58 / 15.06.2025
Ertaga havo harorati 42 darajagacha isiydi

Ertaga havo harorati 42 darajagacha isiydi

“O‘zgidromet” 15-iyun kuni ob-havo qanday bo‘lishi haqida ma’lumot berdi.
10:26 / 14.06.2025
Musulmonlar idorasi: “Diniy savollarga ChatGPT orqali javob olish joiz emas”

Musulmonlar idorasi: “Diniy savollarga ChatGPT orqali javob olish joiz emas”

Bu haqda Musulmonlar idorasi ma’lum qildi.
15:05 / 15.06.2025
Haj-2025. O‘zbekistonliklar 12-iyundan boshlab hajdan qaytadi

Haj-2025. O‘zbekistonliklar 12-iyundan boshlab hajdan qaytadi

Bu haqda, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita axborot xizmati xabar berdi.
10:59 / 12.06.2025
Jizzaxda MChJ 1,2 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalandi

Jizzaxda MChJ 1,2 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalandi

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
11:19 / 12.06.2025
Toshkent viloyatida poyezd mikroavtobusni bosib ketdi

Toshkent viloyatida poyezd mikroavtobusni bosib ketdi

Holat bo‘yicha Bekobod shahar IIB Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
14:20 / 15.06.2025
14-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

14-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 14-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulut…
17:46 / 13.06.2025
Eronning so‘nggi hujumlaridan keyin Isroilda qurbonlar 10 nafarga yetgan

Eronning so‘nggi hujumlaridan keyin Isroilda qurbonlar 10 nafarga yetgan

AFP ma’lumotida halok bo‘lganlar orasida o‘n yoshli bola ham bo‘lgani keltirilgan. Times of  Israel esa vayronalar orasida 8…
16:03 / 15.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!