Qashqadaryoda tanish ayolga tegishli videolarni tarqatmaslik uchun pul talab qilgan bloger 3 yil-u 1 oy muddatga qamaldi.
Qayd etilishicha, viloyatning Nishon tumanida faoliyat yurituvchi bloger M.R. tanishining iltimosiga ko‘ra, uning turmush o‘rtog‘iga tegishli videolarni “YouTube” hamda “TikTok” ijtimoiy tarmog‘ida tarqatgan. Bu esa ayolning sha’nini toptagan. Shundan so‘ng jabrlanuvchi ayol Y.I. sudga da’vo kiritib, aybdor blogerga chora ko‘rilishini so‘ragan.
Shundan so‘ng, bloger ishi Jinoyat ishlari bo‘yicha Dehqonobod tuman sudida ko‘rib chiqilib, u 3 yil-u 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.
Biroq bloger bu hukmdan norozi bo‘lib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyat sudining apellatsiya instansiyasiga murojaat qilgan.
Ma’lum qilinishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyat sudining apellatsiya instansiya sudi sud tergovida so‘z olgan ayblanuvchi bloger qilmishidan pushaymonligini, jabrlanuvchining videosini o‘zi tasvirga olmaganini, unga videotasvirlarni jabrlanuvchining turmush o‘rtog‘i berib, internetda tarqatishni iltimos qilganini bildirganini inobatga olib, dastlabki instansiya sudi chiqargan qarorni o‘zgarishsiz qoldirgan va blogerni 3 yil-u 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilishni lozim topgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!