Ma’lum qilinishicha, Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Oqqo‘rg‘on tuman sudida tabiiy resurslarni noqonuniy tarzda qazib olish bilan bog‘liq jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan.
Sudda aniqlanishicha, mahalliy korxona rahbari qonun talablarini buzgan holda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olgan. Bu orqali u davlatga 552 million so‘mlik moddiy zarar yetkazgan.
Sud qaroriga ko‘ra, korxona rahbari 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan. Shuningdek, undan davlat foydasiga 552 million so‘m kompensatsiya undirilishi belgilangan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!