Xabaringiz bor, kecha norvegiyalik mutaxassis Ole-Gunnar Sulsher “Manchester Yunayted” bosh murabbiyligi lavozimidan ozod etildi.
Bunga jamoaning Premyer-liga joriy mavsumidagi qoniqarsiz o‘yini sabab bo‘ldi. “Qizil iblislar” yulduzi Krishtianu Ronaldu mutaxassisning ketishiga izoh berdi.
“Men jamoaga futbolchi sifatida ilk bor kelganimda, Sulsher “Manchester Yunayted”da o‘ynar edi. Mavsum boshida esa “Old Trafford”ga qaytganimda u mening ustozimga aylandi.
U ajoyib shaxs. Men Olega bundan keyingi rejalarida muvaffaqiyatlar tilayman. U bunga loyiq”, - deydi KriRo o‘z ‘Instagram’ sahifasida.
Ma’lumot uchun, Ole-Gunnar 2018-yildan buyon “mankunianlar” ustozi sifatida ishlab keldi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!