Rimning “Latsio” klubi qishki transfer oynasidagi asosiy maqsadini belgilab oldi. Jamoa bosh murabbiyi Maurisio Sarriga yana bir markaziy himoyachi kerak.
Mahalliy Tempo nashri xabariga ko‘ra, “Yuventus” futbolchisi Daniele Rugani Rim klubiga ko‘chib o‘tishi kutilmoqda. Italiyalik futbolchining o‘tgan yozda “Latsio”ga o‘tishiga bir qadam qolgan edi, ammo kelishuv so‘nggi daqiqalarda barbod bo‘lgan edi.
Biroq, o‘shanda bu ijara shartnomasi edi va endi Rim klubi futbolchi uchun o‘n million yevro to‘lashga tayyor.
Qayd etish kerak, Ruganining o‘zi ham o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmagani sababli Turinni tark etishga qarshi emas. Joriy mavsumda himoyachi bor yo‘g‘i uchta o‘yinda maydonga tushdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!