$
12012.30 UZS
-32.42
₽
145.33 UZS
-0.13
€
13466.99 UZS
-58.03
31° Kechasi 18°

Samarqandda 1-sinf o‘quvchilarini kaltaklagan ayol sudga berildi

12:59 / 10.04.2026

“Zamon” informatsion dasturida ma’lum qilinishicha, Samarqanddagi maktabda ayol 1-sinf o‘quvchilarini urgani yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, qonuniy qaror qabul qilish uchun sud organlariga yuborilgan. Holat 3-aprel kuni Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida joylashgan 53-umumta’lim maktabida sodir bo‘lgan. 1-sinf o‘quvchilari dars mashg‘ulotlari tugagach, maktabdan uylariga ketayotgan vaqtida o‘zaro nizolashgan. 6-aprel kuni kaltak yegan o‘quvchining 45 yoshli onasi maktabga kelib, sinfda o‘quvchilar oldida janjal ko‘tarib, o‘g‘lini urgan sinfdoshlarini ta’qib etib, ularni kaltaklagan. O‘qituvchining so‘zlariga ko‘ra, sinfdoshlar janjalidan xabar topgach, bolalarning ota-onalarini chaqirtirgan. O‘qituvchining ma’lum qilishicha, u uchala bolaning ota-onalari bilan gaplashib, vaziyatni o‘rganishgan. “Uzr so‘raymiz, o‘g‘limiz shunaqa qilib qo‘yibdi”,– dedi”, – deya ta’kidladi o‘qituvchi. Keyin sinfga kirib borganida o‘g‘li kaltaklagan ayol ularni kutib turgan bo‘lgan. O‘g‘lini qaysi bola urganini so‘ragach, janjal boshlanib ketgan.

“Kelgan vaqtimda urgan bolalarning onalari meni kulib qarshi oldi. Ularni ko‘rib mening jahlim chiqdi. “Ravshan kim?”, dedim. “Tur bolam”, – dedi Ravshanning onasi. Men u bolalarni tanimayman ham. Jahlim chiqqandan ularni urib ketdim. Men onaman. O‘zimni bosolmasdan u bolajonlarni urib yubordim. Qilgan ishimdan afsusdaman. Bunday holat takrorlanmasligini xohlayman”, – degan aybdor ona.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘shrabot tumani ichki ishlar bo‘limi tomonidan uch nafar voyaga yetmagan shaxsning ota-onalariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 47-moddasiga (bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Shuningdek, bolalarni urgan ayolga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 52-moddasiga (yengil tan jarohati yetkazish) asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, qonuniy qaror qabul qilish uchun sud organlariga yuborilgan.


O‘zbekiston


														
														O‘zbekistonda davlat tili talablariga zid 4,5 mingga yaqin yozuv aniqlandi

O‘zbekistonda davlat tili talablariga zid 4,5 mingga yaqin yozuv aniqlandi

O‘zbekistonda 2026-yil davomida reklama va tashqi yozuvlarning davlat tili talablariga muvofiqligi bo‘yicha o‘tkazilgan moni…
13:37 / 21.10.2026

														
														Ikki viloyatda qariyb 5,5 kg opiy musodara qilindi

Ikki viloyatda qariyb 5,5 kg opiy musodara qilindi

Samarqand va Xorazm viloyatlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida jami 5 kilogramm 527 gramm opiy moddasi musodara qil…
09:45 / 21.10.2026

														
														Tramp ma’muriyati 300 mingdan ortiq vizani bekor qildi

Tramp ma’muriyati 300 mingdan ortiq vizani bekor qildi

AQSh Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati 2025-yil yanvarida boshlangan ikkinchi prezidentlik muddati davomida 300 mingdan or…
09:23 / 21.10.2026

														
														O‘zbekistonda “Madad” maxsus qutqaruv markazi tashkil etiladi.

O‘zbekistonda “Madad” maxsus qutqaruv markazi tashkil etiladi.

Bu haqda kecha, 21-oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tanishgan favqulodda vaziyatlarga tezkor javob berish tizimini …
08:28 / 21.10.2026

														
														Ziroat Mirziyoyeva 21-oktyabr kuni Samarqandda nutq so‘zlaydi

Ziroat Mirziyoyeva 21-oktyabr kuni Samarqandda nutq so‘zlaydi

Sammit doirasida bolalar salomatligi, ta’limi, ijtimoiy himoyasi va xavfsizligiga investitsiyalarni kuchaytirish masalalari …
17:36 / 20.10.2026

														
														21-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

21-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Respublika bo‘ylab havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.
17:11 / 20.10.2026

														
														Samarqand va Namanganda umra ziyoratini va’da qilib, pul talab qilgan ikki shaxs ushlandi

Samarqand va Namanganda umra ziyoratini va’da qilib, pul talab qilgan ikki shaxs ushlandi

Samarqand shahri va Namangan viloyatida fuqarolarni umra ziyoratiga yuborishni va’da qilib, ulardan pul talab qilgan ikki sh…
16:07 / 20.10.2026

														
														O‘zbekistonda 73 turdagi mahsulot sifatsiz deb topildi

O‘zbekistonda 73 turdagi mahsulot sifatsiz deb topildi

O‘zbekistonda 2026-yilning dastlabki sakkiz oyida laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tkazilgan 558 nomdagi mahsulotning 73 tasi…
11:38 / 20.10.2026

														
														“Komaga tushgan” Kim Chen In omma oldida ko‘rinish berdi

“Komaga tushgan” Kim Chen In omma oldida ko‘rinish berdi

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In miyasiga qon quyilgani va komaga tushgani haqidagi tasdiqlanmagan xabarlar tarqalgani…
11:31 / 20.10.2026

														
														Toshkentning to‘rt tumanida shar sabab elektr ta’minoti uzildi

Toshkentning to‘rt tumanida shar sabab elektr ta’minoti uzildi

19-oktyabr kuni havoda uchib kelgan shar “Aksa Toshkent” issiqlik elektr stansiyasining ochiq taqsimlash qurilmasiga tushish…
11:01 / 20.10.2026

Bu ham qiziq

Bugun O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi

Bugun O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi

20-oktabr kuni O‘zbekiston bo‘ylab havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
16:22 / 19.10.2026
Rossiyadan o‘zbekistonlik ayol va uning farzandi vatanga qaytarildi

Rossiyadan o‘zbekistonlik ayol va uning farzandi vatanga qaytarildi

O‘zbekistonning Novosibirskdagi Bosh konsulxonasi ko‘magida Rossiyada ushlab turilgan o‘zbekistonlik ayol va mehribonlik uyi…
11:40 / 21.10.2026
20-oktyabr — TARIX IZLARIDA

20-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:26 / 20.10.2026
Qirg‘iziston va Qozog‘istonda Ramazon oyi 8-fevralda boshlanishi kutilmoqda

Qirg‘iziston va Qozog‘istonda Ramazon oyi 8-fevralda boshlanishi kutilmoqda

Qirg‘iziston va Qozog‘iston musulmonlari diniy idoralari 2027-yilgi Ramazon oyi 8-fevralda boshlanishini prognoz qildi. Bu h…
15:31 / 19.10.2026
Saida Mirziyoyeva Janett Rubio bilan Samarqandning tarixiy obidalarini ziyorat qildi

Saida Mirziyoyeva Janett Rubio bilan Samarqandning tarixiy obidalarini ziyorat qildi

“AQSh Davlat kotibining rafiqasi Janett Rubio bilan birgalikda Samarqandning tarixiy obidalarini ziyorat qildik”, – Preziden…
17:46 / 19.10.2026
21-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

21-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Respublika bo‘ylab havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.
17:11 / 20.10.2026
O‘zbekistonda “Madad” maxsus qutqaruv markazi tashkil etiladi.

O‘zbekistonda “Madad” maxsus qutqaruv markazi tashkil etiladi.

Bu haqda kecha, 21-oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tanishgan favqulodda vaziyatlarga tezkor javob berish tizimini …
08:28 / 21.10.2026
99 yoshli britaniyalik ayol samolyot qanotida uchib, jahon rekordini o‘rnatdi

99 yoshli britaniyalik ayol samolyot qanotida uchib, jahon rekordini o‘rnatdi

Buyuk britaniyalik 99 yoshli Xelga Daffi samolyot qanotida parvoz qilgan eng keksa ayol sifatida Ginnesning rekordlar kitobi…
09:33 / 20.10.2026
Tramp ma’muriyati 300 mingdan ortiq vizani bekor qildi

Tramp ma’muriyati 300 mingdan ortiq vizani bekor qildi

AQSh Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati 2025-yil yanvarida boshlangan ikkinchi prezidentlik muddati davomida 300 mingdan or…
09:23 / 21.10.2026
Krishtianu Ronaldu terma jamoadan chetlatildi va jarimaga tortildi

Krishtianu Ronaldu terma jamoadan chetlatildi va jarimaga tortildi

Portugaliya futbol federatsiyasi Krishtianu Ronalduni bir oy muddatga milliy terma jamoa safidagi o‘yinlardan chetlatdi va u…
10:36 / 20.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!