$
12694.87 UZS
-25.13
139.48 UZS
-0.56
13766.32 UZS
-61.59
21° Kechasi 13°

Samarqandda porachi “uddaburon”lar qo‘lga olindi

13:00 / 07.01.2024

Xabar berilishicha, DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida Samarqand davlat universiteti Matematika fakulteti tyutori vazifasida ishlovchi, 1975 y.t. T.A. viloyat Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining mansabdor shaxslari bilan jinoiy til biriktirib, mahalliy fuqarolarning mehnat faoliyatlariga 20 yillik ish staji qo‘shib, nafaqaga chiqarib berish evaziga firibgarlik yo‘li bilan 3 000 AQSh dollarini olayotgan vaqtda qo‘lga olingan.

Shuningdek, DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda IJQK Departamenti viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan faol tadbirda Samarqand shahrida yashovchi, Samarqand tumanidagi mahallalardan birida hokim yordamchisi lavozimida ishlovchi X.E. va Past Darg‘om tumanida yashovchi, Samarqand tumanidagi mahallalarning birida hokim yordamchisi lavozimida ishlovchi B.V.lar jinoiy til biriktirgan holda tumandagi mahalla hududidan oqib o‘tuvchi “Siyob” kanali bo‘yida joylashgan, hokimlik zaxirasidagi 3,5 sotix bo‘sh yer maydonini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.12.2021-yildagi PF-29-sonli farmoniga asosan yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bahonasida auksionga chiqarib, yutib berish va tuman hokimligida ishlovchi tanishlari orqali kadastr hujjatlarini qonuniy rasmiylashtirib berish evaziga mahalliy fuqarodan 1 300 AQSh dollarini talab qilib, oldindan 1 000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni bo‘nak sifatida olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Xuddi shunday o‘tkazilgan tezkor tadbirlarning birida Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida yashovchi, 1994-y.t. O‘.M. Navoiy kon-metallurgiya kombinatida ishlovchi yaqin tanishlarining imkoniyati orqali mahalliy fuqaroni kombinatga qarashli “Marjonbuloq” va “Zarafshon” oltin konlaridan biriga ishga kiritishga yordam berishini aytib, undan 2 000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni talab qilib, olayotgan vaqtida ushlangan.


Hozirda ushbu holat yuzasidan tergov-tekshiruv harakatlari olib borilayotgani ma’lum qilindi.


Bu ham qiziq

Angrenda relsdan chiqib ketgan yuk vagonlari haqida rasmiy izoh berildi

Angrenda relsdan chiqib ketgan yuk vagonlari haqida rasmiy izoh berildi

Angrenda relsdan chiqib ketgani 7 ta yuk vagoni  haqidagi videoga “O‘zbekiston temiryo‘llari” izoh berdi.
16:36 / 19.05.2024
Telegram messenjerida o‘zgarish

Telegram messenjerida o‘zgarish

Ma’lumot uchun, shu paytgacha heshteg yordamida faqat bitta kanal ichida qidiruv amalga oshirilardi.
16:57 / 19.05.2024
Tramp Bayden bilan debatdan oldin doping testini talab qilmoqchi

Tramp Bayden bilan debatdan oldin doping testini talab qilmoqchi

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp, uning raqibi Jo Bayden bilan munozaradan oldin doping sinovlarini talab qilishini ay…
11:11 / 18.05.2024
Malayziya Bosh vaziri Samarqandga jo‘nab ketdi

Malayziya Bosh vaziri Samarqandga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim rasmiy tashr…
10:49 / 18.05.2024
20-may kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

20-may kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Toshkent shahrida havo bir oz bulutli bo‘ladi, kunning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamo…
14:40 / 19.05.2024
Serdar Berdimuhamedov turkman xalqiga tabrik yo‘lladi

Serdar Berdimuhamedov turkman xalqiga tabrik yo‘lladi

Bu haqda, “Turkmaniston: Oltin asr” nashri xabar berdi.
15:41 / 18.05.2024
Yo‘lovchi poyezdlar jadvaliga o‘zgartirishlar kiritiladi

Yo‘lovchi poyezdlar jadvaliga o‘zgartirishlar kiritiladi

2-iyundan 22-iyungacha Toshkent Markaziy vokzali va “To‘qimachi” bekatlari oralig‘ida modernizatsiya ishlari olib borilishi …
09:21 / 19.05.2024
Go‘dakka qo‘shimcha ovqat tayyorlash talablari

Go‘dakka qo‘shimcha ovqat tayyorlash talablari

Natijada unga qo‘shimcha ovqat berish zarurati tug‘iladi.
10:22 / 19.05.2024
Chiroyli avtoraqamlar sotuvi 3,2 barobarga oshgan

Chiroyli avtoraqamlar sotuvi 3,2 barobarga oshgan

Joriy yilning 17-may kuni “O‘zbekiston respublikasi tovar-xomashyo birjasi faoliyatining 2024-yil 1-chorak yakunlari” mavzus…
11:06 / 19.05.2024
So‘nggi yillarda astma kasalligidan vafot etganlar ko‘paygan

So‘nggi yillarda astma kasalligidan vafot etganlar ko‘paygan

Astma bilan og‘rigan odamlar va ularning oila a’zolariga bu kasallik haqida ko‘proq ma’lumot taqdim etish muhim.
17:03 / 19.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!