“Sassuolo” yarim himoyachisi Jeremi Boganing “Atalanta”ga o‘tish masalasi deyarli hal bo‘ldi.
Ikki klub 24 yoshli futbolchining transferi borasida bir to‘xtamga keldi va xavbek 22 million yevro evaziga “Atalanta” futbolkasini kiyadi. Agarda futbolchi Gasperini jamoasida yaxshi o‘ynab keta olsa, “Sassuolo” yana bir necha million bonus tarzida olishi mumkin.
Bogа hozirda Bergemoga kelgan va tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tsa “Atalanta” bilan rasman shartnoma imzolaydi.
Qayd etish joizki, joriy mavsumda ivuarlik yarim himoyachi A Seriyaning 12 o‘yinida maydonga tushdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!