$
12640.21 UZS
-49.76
137.02 UZS
-0.18
13559.15 UZS
1.19
24° Kechasi 12°

Shavkat Mirziyoyev 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan o‘zbek xalqiga murojaat yo‘lladi

20:34 / 02.12.2022

Bugungi kunda mamlakatimizda inson qadri, uning huquq va manfaatlarini ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi etib belgilangan. Bu jarayonda barcha fuqarolarimiz kabi nogironligi bo‘lgan yurtdoshlarimizga e’tibor va amaliy g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida ahamiyat qaratilmoqda.

Bu borada chuqur insonparvarlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan sa’y-harakatlarimiz 3 dekabr – Xalqaro nogironlar kunidan ko‘zlangan maqsad va vazifalarga uyg‘un va hamohang ekanini ta’kidlash lozim.

“Dunyo mamlakatlari qatori yurtimizda ham keng nishonlanayotgan mazkur sana munosabati bilan mamlakatimizdagi 1 millionga yaqin nogironligi bo‘lgan yurtdoshlarimizga o‘zimning samimiy hurmat-ehtiromim va ezgu tilaklarimni izhor etaman.

Ma’lumki, O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarga jamiyat va davlat tomonidan ko‘mak va yordam berish, ularni ijtimoiy- siyosiy hayotga faol jalb etishga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Hozirgi vaqtda ushbu toifaga mansub fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashga ixtisoslashgan bir qator tuzilmalar, xususan, O‘zbekiston nogironlar jamiyati, Nogironlar assosiasiyasi, Ko‘zi ojizlar jamiyati, Karlar jamiyati samarali faoliyat ko‘rsatmoqda.

Eng muhimi, taqdir taqozosi bilan nogiron bo‘lib qolgan bironta ham yurtdoshimiz xalqimizning, davlat idoralarining mehru e’tiboridan chetda qolmasdan, o‘zining mehnati va qobiliyati bilan nafaqat hayotda o‘z o‘rnini egallab kelmoqda, balki azmu matonati, sabr-bardoshi va shukronalik fazilatlari bilan ko‘pchilikka ibrat bo‘lmoqda.

Biz sizlarning bunday olijanob intilishlaringizni yuksak qadrlaymiz va ijtimoiy-iqtisodiy hayotimizdagi faol ishtirokingiz uchun barchangizga chuqur minnatdorlik bildiramiz.

Aziz do‘stlar!

Jamiyatimizning ajralmas bir qismi bo‘lgan nogironligi bor fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash maqsadida keyingi yillarda mamlakatimizda bir qator qonunlar hamda 25 dan ortiq boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, mustahkam qonuniy baza yaratildi. Bu esa mazkur toifa vakillariga tibbiy-ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, ularning bilim olishi, mehnat qilishi, malakali tibbiy xizmatlardan foydalanishi, o‘z iste’dod va salohiyatini ro‘yobga chiqarishi, muxtasar aytganda, o‘zlarini jamiyatimizning to‘laqonli a’zosi deb his etishlari uchun yanada qulay sharoitlar yaratish imkonini bermoqda.

Bugun, butun xalqimizga murojaat qilib, siz, aziz vatandoshlarimni bu yo‘nalishda boshlagan xayrli ishlarimizni faol davom ettirishga chaqiraman. Shu maqsadda, biz barcha fuqarolar, jumladan, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun bir xil imkoniyatlar amal qiladigan inklyuziv jamiyatni barpo etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiramiz. Shu asosda nogironlikni belgilashning allaqachon eskirgan tibbiy modelidan umume’tirof etilgan ijtimoiy modeliga bosqichma-bosqich o‘tishni o‘z oldimizga muhim vazifa qilib qo‘yganmiz.

Bundan buyon bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish, jamoat transporti, axborot va aloqa vositalarini ishlab chiqarishda nogironligi bo‘lgan shaxslarning ulardan hech bir moneliksiz foydalana olishiga birlamchi ahamiyat qaratiladi.

Nogironligi bor shaxslarni reabilitasiya qilish va protezlash markazlaridagi qamrov hajmini 2 barobar oshirish, hududlarda faoliyat ko‘rsatayotgan 10 ga yaqin shunday markazlarni kengaytirib, zamonaviy tibbiy va reabilitasiya uskunalari bilan jihozlash ishlari amalga oshiriladi.

Ishontirib aytamanki, sizlar o‘zlaringizni yolg‘iz his etmasligingiz, zarur bilim va kasb-hunarlarni egallab, barcha soha va tarmoqlarda faol ishtirok etishingiz, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishingiz, madaniy ehtiyojlaringizni ta’minlashingiz uchun bor kuch va imkoniyatlarni safarbar etamiz.

Fursatdan foydalanib, barchangizga sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik, oilaviy baxt-saodat va omad tilab qolaman”– deydi Shavkat Mirziyoyev.


O‘zbekiston


														
														Poytaxtni tekislagan tong. “Toshkent zilzilasi”ga 58 yil to‘ldi

Poytaxtni tekislagan tong. “Toshkent zilzilasi”ga 58 yil to‘ldi

Bugungi avlod vakillari faqatgina eshitgan, o‘tgan asr kishilaridan aksariyati o‘sha voqeada bevosita qatnashgan “Toshkent z…
10:06 / 26.04.2024

														
														O‘zbekiston Afg‘onistonga 170 tonna oziq-ovqat mahsulotlarini jo‘natdi

O‘zbekiston Afg‘onistonga 170 tonna oziq-ovqat mahsulotlarini jo‘natdi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq bugun “Ayritom” chegara o‘tkazish punkti orqali afg‘on xalqiga qariyb…
08:51 / 26.04.2024

														
														Bugun ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Bugun ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Respublika Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 26-aprel kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kunning…
08:17 / 26.04.2024

														
														15-maydan “Afrosiyob” elektropoyezdlari uchun chipta narxlari oshmoqda

15-maydan “Afrosiyob” elektropoyezdlari uchun chipta narxlari oshmoqda

Bunda ekonom klass 20 foiz, biznes klass 30 foiz va VIP klass 40 foizga oshmoqda.
20:20 / 25.04.2024

														
														Zoyir Mirzayev telefon ishlatmagan maktabga 300 mln soʻm pul mukofotini topshirdi

Zoyir Mirzayev telefon ishlatmagan maktabga 300 mln soʻm pul mukofotini topshirdi

Bu haqida viloyat Matbuot xizmati maʼlum qildi.
15:20 / 25.04.2024

														
														O‘zbekiston aholisining 9,4 foizi 60 yoshdan oshgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston aholisining 9,4 foizi 60 yoshdan oshgani ma’lum bo‘ldi

Bu 2024-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra.
12:40 / 25.04.2024

														
														Tanzila Narbayeva AQShning Yuta shtati delegatsiyasi bilan uchrashdi

Tanzila Narbayeva AQShning Yuta shtati delegatsiyasi bilan uchrashdi

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva 24-aprel kuni AQSHning Yuta shtati Senati raisi Styuart Adams boshchiligidagi del…
10:21 / 25.04.2024

														
														Poytaxtning ikki tumanida elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi

Poytaxtning ikki tumanida elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi

“Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli…
09:29 / 25.04.2024

														
														25-aprel kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

25-aprel kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.
02:19 / 25.04.2024

Bu ham qiziq

O‘zbekiston aholisining 9,4 foizi 60 yoshdan oshgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston aholisining 9,4 foizi 60 yoshdan oshgani ma’lum bo‘ldi

Bu 2024-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra.
12:40 / 25.04.2024
Endi kameralar suratga qarab she’rlar yaratadi

Endi kameralar suratga qarab she’rlar yaratadi

Kamera uning obyektiviga nima kirganini tom ma’noda tasvirlaydi.
09:23 / 25.04.2024
25-aprel kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

25-aprel kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.
02:19 / 25.04.2024
1-maydan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?

1-maydan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?

Yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga har oyda moddiy yordam berilishi, yangi majburiy to‘lovlar va yig‘imlar f…
17:03 / 25.04.2024
Uzun sochli ukrainalik ayol dunyo rekordini yangiladi

Uzun sochli ukrainalik ayol dunyo rekordini yangiladi

Uning sochlarining uzunligi 257 santimetrga yetgan.
09:04 / 25.04.2024
“G‘arb siyosati o‘z xalqlarini tanazzulga uchratadi”, – Volodin

“G‘arb siyosati o‘z xalqlarini tanazzulga uchratadi”, – Volodin

Rossiya parlamentining quyi palatasi spikeri Shvetsiyada yangi qonun o‘z fuqarolarining fikriga zid ravishda qabul qilinganl…
11:30 / 25.04.2024
Gruziya Ukraina fuqarolari uchun vizasiz qolish muddatini uzaytirdi

Gruziya Ukraina fuqarolari uchun vizasiz qolish muddatini uzaytirdi

Avvalroq, Ukraina fuqarolarining Gruziya hududida vizasiz qolishining bu muddati bir yil edi.
15:39 / 24.04.2024
Buxoroda 5 ta onlayn kuzatuv kamerasi ishga tushirildi

Buxoroda 5 ta onlayn kuzatuv kamerasi ishga tushirildi

Bu kameralar yon-atrofni 360 darajada tasvirga oladi.
16:58 / 24.04.2024
Iordaniya G‘azoga 115 yuk mashinasini gumanitar yordam jo‘natdi

Iordaniya G‘azoga 115 yuk mashinasini gumanitar yordam jo‘natdi

Yetkazib berish Iordaniya Qurolli Kuchlari va Jahon oziq-ovqat dasturi (WFP) bilan hamkorlikda tashkil etildi.
18:08 / 25.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!