Gruziya hukumati Ukraina fuqarolarining mamlakatda vizasiz qolish muddatini uch yilgacha oshirishga qaror qildi. Bu haqda “Anadulu” xabar berdi.
Qayd etilishicha, hukumatning “Fuqarolari Gruziyaga vizasiz kirishi mumkin bo‘lgan davlatlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga tegishli o‘zgartirishlar kiritilgan.
Avvalroq, Ukraina fuqarolarining Gruziya hududida vizasiz qolishining bu muddati bir yil edi. 2023-yil fevral oyida u ikki yilga uzaytirildi.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yil oktyabr holatiga ko‘ra, Gruziyada 27 mingga yaqin Ukraina fuqarosi bo‘lgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!