$
12834.61 UZS
44.18
162.65 UZS
0.05
14662.26 UZS
175.82
33° Kechasi 20°

Shavkat Mirziyoyev BMT Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti Bosh direktorini qabul qildi

23:18 / 07.09.2023

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-sentyabr kuni Oziq-ovqat xavfsizligi boʻyicha xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun Oʻzbekistonda boʻlib turgan BMT Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) bosh direktori Syuy Dunyuyni qabul qildi. Bu haqida Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv avvalida mamlakatimiz yetakchisi yuqori darajali mehmonni Birlashgan Millatlar Tashkilotining yetakchi tarmoq tuzilmasi rahbari etib qayta saylangani bilan qutladi hamda shu kunlarda Samarqand shahrida oʻtayotgan konferensiyani qoʻllab-quvvatlagani va uning ishida shaxsan ishtirok etayotgani uchun minnatdorlik bildirdi.

FAO bosh direktori Oʻzbekiston Prezidentini global miqyosda dolzarb boʻlgan mavzudagi ushbu xalqaro konferensiyani oʻtkazish tashabbusi muvaffaqiyatli roʻyobga chiqqani va tadbir yuksak darajada tashkil etilgani bilan tabrikladi.

Oziq-ovqat xavfsizligiga tahdid solayotgan bugungi xavf-xatarlarga qarshi, shu jumladan mintaqa darajasida kurashish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Agrar tarmoqni rivojlantirishdagi nomutanosibliklar, suv resurslarining tanqisligi, qoʻshimcha qiymat yaratishning uzun va samarasiz zanjirlari, logistikadagi uzilishlar va boshqalar barqaror rivojlanish uchun asosiy xatarlar sifatida qayd etildi.

Oʻzbekiston va FAO oʻrtasida 2030-yilga qadar moʻljallangan yangi hamkorlik dasturiga qishloq xoʻjaligini ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar asosida modernizatsiya qilish, agrar sohani raqamlashtirish, moliyaviy qoʻllab-quvvatlashning taʼsirchan vositalarini amalga oshirish va agrooziq-ovqat tizimini boshqarishning samarali mexanizmlarini joriy etish boʻyicha qoʻshma tadbirlarni kiritishga kelishib olindi.


Bu ham qiziq

Toshkentda yuk mashinasi yonib ketdi

Toshkentda yuk mashinasi yonib ketdi

1-iyun kuni soat 11:31 da Toshkent shahar Olmazor tumani, Toshkent halqa avtomobil yo‘li ko‘chasida, Man rusumli avtomobil y…
12:19 / 01.06.2025
Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlik holatlari aniqlandi

Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlik holatlari aniqlandi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari…
19:29 / 01.06.2025
May oyida 94,8 mlrd so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgan

May oyida 94,8 mlrd so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgan

“O‘zenergoinspeksiya” tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda elektr va gaz ta’minoti korxonalari ishtirokida so‘…
10:32 / 02.06.2025
O‘zbek bastakori Dilorom Omonullayeva 65 yoshida vafot etdi

O‘zbek bastakori Dilorom Omonullayeva 65 yoshida vafot etdi

Taniqli o‘zbek bastakori, kompozitor, pedagog va professor Dilorom Omonullayeva 65 yoshida vafot etdi.
21:44 / 31.05.2025
1-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

1-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 1-iyun kuni Toshkent shahrida havo biroz…
22:15 / 31.05.2025
Eron uran zaxiralarini oshirmoqda

Eron uran zaxiralarini oshirmoqda

Bu haqda BMT yadroviy agentligiga tayanib BBC xabar bermoqda.
11:30 / 01.06.2025
Jalolobod va Namangan viloyati o‘rtasidagi savdo 150 million dollarga yetdi

Jalolobod va Namangan viloyati o‘rtasidagi savdo 150 million dollarga yetdi

Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati va O‘zbekistonning Namangan viloyati o‘rtasidagi savdo 2024-yilda 150 million dollarga y…
21:28 / 01.06.2025
YeChL chempioni va finalchisi qancha ishlab olgani ma’lum qilindi

YeChL chempioni va finalchisi qancha ishlab olgani ma’lum qilindi

Fransiyaning PSJ klubi UEFA Chempionlar Ligasi finalida erishgan yirik g‘alabasi evaziga 25 mln yevro mukofot puli qo‘lga ki…
15:23 / 01.06.2025
Yirik firibgarlikda gumon qilingan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi

Yirik firibgarlikda gumon qilingan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi

O‘zbekiston Interpolining Milliy markaziy byurosi ko‘magida Amerika Qo‘shma Shtatlarida qidiruvdagi shaxsning joylashgan o‘r…
21:33 / 02.06.2025
Buyuk Britaniya bosh vaziri mamlakat armiyasining ehtimoliy urushga tayyor bo‘lishini xohlamoqda

Buyuk Britaniya bosh vaziri mamlakat armiyasining ehtimoliy urushga tayyor bo‘lishini xohlamoqda

“Bizga ilg‘or harbiy kuchlarga ega davlatlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid solmoqda, shuning uchun biz jang qilish va g‘alaba qo…
12:43 / 02.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!