Al-Kuvayt xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Amir Shayx Mish’al as-Saboh, Valiahd Shayx Saboh as-Saboh va boshqa rasmiy shaxslar kutib olgan.
O‘zbekiston yetakchisining tashrifi sharafiga faxriy qorovul saf tortib, davlat bayroqlari ko‘tarilgan va ikki mamlakat madhiyalari yangragan.
Shuningdek, aeroportning Amir terminalida yetakchilar o‘rtasida qisqa suhbat bo‘lib o‘tgan.
Bundan tashqari, bugun O‘zbekiston Prezidenti va Kuvayt Amiri oliy darajada muzokara o‘tkazadilar. Sammit kun tartibidan O‘zbekiston bilan Kuvayt o‘rtasidagi do‘stlik va ko‘p qirrali sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya-moliyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.
Tadbirlar yakunida qator hukumatlararo va idoralararo bitimlar qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!