$
11765.76 UZS
-17.71
139.71 UZS
0.01
13638.87 UZS
-49.99
31° Kechasi 18°

Mirziyoyev energiya isrofini kamaytirish bo‘yicha qat’iy ko‘rsatmalar berdi

11:02 / 20.02.2025

Prezident Shavkat Mirziyoyev 19-fevral kuni energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Bu haqda 28-yanvarda elektr energetikasini rivojlantirish bo‘yicha o‘tgan yig‘ilishda topshiriq berilgan edi.

O‘zbekistonda energiya quvvatlari aholi va iqtisodiyot tarmoqlarining o‘suvchan talabiga mos ravishda oshirib borilmoqda. Xususan, o‘tgan yili 50 milliard kub metr tabiiy gaz, 81 milliard kilovatt soat elektr ishlab chiqarilgan.

2035-yilga borib, elektr iste’moli hozirgidan 1,7 barobar oshishi hisob-kitob qilingan. Bu talabni to‘liq qondirish uchun faqat ishlab chiqarish emas, tejamkorlik ham zarur.

Tahlillarga ko‘ra, O‘zbekistonda 1 dollarlik yalpi ichki mahsulot yaratish uchun dunyodagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 2,5 barobar ko‘p energiya sarflanyapti. Elektr tarmoqlaridagi yo‘qotishlar 14 foiz, tabiiy gazda esa 7 foizdan yuqori.

Shu bois olimlar jalb qilinib, joylarda energiyani tejash imkoniyatlari ilmiy asosda o‘rganilmoqda. Hozirgacha 7 ta viloyatda 4,6 milliard kilovatt-soat elektr va 1 milliard kub metr gazni iqtisod qilish imkoniyatlari aniqlangan.

Taqdimotda shu kabi o‘rganishlar asosida ishlab chiqilgan takliflar muhokama qilingan.

Misol uchun, suv xo‘jaligidagi eski nasoslarni zamonaviysiga almashtirib, yiliga 1 milliard kilovatt-soat elektrni tejash mumkin. Ijtimoiy muassasalarda qozonxonalarni yangilash, “yashil” energiyadan foydalanish orqali bu yil 5 mln kub metr gaz, 15 mln kilovatt-soat elektrni iqtisod qilsa bo‘ladi.

Umuman, bu yil 1,6 mlrd kub metr gaz va 3,5 mlrd kilovatt-soat elektrni tejash mo‘ljallangan. Buning uchun har bir korxona va tashkilotga ilmiy asoslangan chora-tadbirlar yetkaziladi.

Jumladan, yirik sanoat korxonalarida bir mahsulot birligi ishlab chiqarishga ketadigan energiya me’yori belgilanadi. Shuning o‘zidan energiya sarfi 5-10 foizga qisqaradi. Ijtimoiy obyektlarda energiya tejamkor uskunalarni o‘rnatish bo‘yicha manzilli dastur tasdiqlanadi.

Ko‘p qavatli uylarda issiqlikni yaxshi saqlash uchun ularni izolyatsiyalash kengaytiriladi. Xonadonlarda geliokollektor va quyosh paneli o‘rnatishga arzon kreditlar beriladi. Iste’molchilar Yaponiya tajribasi asosida energiya tejash savodxonligi bo‘yicha o‘qitiladi.

Mirziyoyev iqtisodiyotning barcha tarmoqlari, ijtimoiy soha va uy-joylarda tejamkorlik muhimligini ta’kidlagan. Hudud va tarmoqlar kesimida energiya isrofini kamaytirish, talon-torojliklarning oldini olish bo‘yicha qat’iy ko‘rsatmalar berilgan.

 


O‘zbekiston


														
														Turkiyada ikki o‘zbekistonlik ayolni o‘ldirgan shaxslar umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Turkiyada ikki o‘zbekistonlik ayolni o‘ldirgan shaxslar umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Turkiyaning Istanbul shahrida ikki o‘zbekistonlik ayolni o‘ldirish va ularning jasadlarini bo‘laklarga ajratish ishida sud h…
09:47 / 13.09.2026

														
														Farg‘onada buvisini o‘ldirib, uyiga o‘t qo‘ygan yigit 17 yilga qamaldi

Farg‘onada buvisini o‘ldirib, uyiga o‘t qo‘ygan yigit 17 yilga qamaldi

Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumanida 20 yoshli yigit buvisini o‘ldirib, jinoyat izlarini yashirish maqsadida uning jasadi …
09:38 / 13.09.2026

														
														Ishlaydigan onalarga farzandi bir yoshga to‘lguncha nafaqa to‘lanadi

Ishlaydigan onalarga farzandi bir yoshga to‘lguncha nafaqa to‘lanadi

O‘zbekistonda ishlaydigan onalarga farzandi bir yoshga to‘lguniga qadar Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasidan nafaqa to‘lanadi.
16:54 / 12.09.2026

														
														Navoiy viloyatida 1,3 milliard so‘mlik budjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi

Navoiy viloyatida 1,3 milliard so‘mlik budjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda bud…
10:35 / 12.09.2026

														
														Samarqandda piyodalarga yo‘l bermagan va yo‘l bezoriligi sodir etgan haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqandda piyodalarga yo‘l bermagan va yo‘l bezoriligi sodir etgan haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand shahrida haydovchi piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan bir guruh fuqarolarga yo‘l bermay, ularning hayotini xavf o…
10:27 / 12.09.2026

														
														Olmazorda huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha yangi ish uslubi natija bermoqda

Olmazorda huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha yangi ish uslubi natija bermoqda

Prezidentimiz Olmazor tumanida huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan yangi ish uslubi natijalarini ham…
09:08 / 12.09.2026

														
														Toshkentda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari ko‘rib chiqildi

Toshkentda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari ko‘rib chiqildi

Yig‘ilishda Toshkent shahrini kuz-qish mavsumiga tayyorlash, kommunal va energetika infratuzilmasining barqaror ishlashini t…
09:04 / 12.09.2026

														
														12 sentyabrda qanday ob-havo kuzatiladi?

12 sentyabrda qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahri, Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari: Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sham…
18:04 / 11.09.2026

														
														O‘zbekistonda profilaktik emlash o‘tkazish tartibi belgilandi.

O‘zbekistonda profilaktik emlash o‘tkazish tartibi belgilandi.

Endi profilaktik emlash hududda yuqumli kasallik aniqlanib, u faol tarqala boshlagan yoki aholining muayyan qatlamlari yuqti…
17:49 / 11.09.2026

														
														Andijonda “Mini texnologiyalar yarmarkasi” o‘tkazildi.

Andijonda “Mini texnologiyalar yarmarkasi” o‘tkazildi.

"Biznesni rivojlantirish banki" ATB Xo‘jaobod tumanida Kichik biznesga ko‘maklashish markazi va tuman hokimligi hamkorligida…
17:40 / 11.09.2026

Bu ham qiziq

Xorazm va Jizzaxda giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq uchta holat aniqlandi

Xorazm va Jizzaxda giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq uchta holat aniqlandi

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida giyohvandlik vositalarining noqonuniy muo…
12:54 / 11.09.2026
Ekopolitsiya xodimi o‘limi yuzasidan 3 nafar shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ekopolitsiya xodimi o‘limi yuzasidan 3 nafar shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Sirdaryoda xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo‘lgan Ekopolitsiya xodimi Mirzo Botirovning o‘limi yuzasidan uch nafar…
11:37 / 11.09.2026
Kongoda Ebola bilan kasallanganlar soni 7 mingdan oshdi

Kongoda Ebola bilan kasallanganlar soni 7 mingdan oshdi

Kongo Demokratik Respublikasida Ebola virusi bilan tasdiqlangan kasallanish holatlari 7 022 taga yetdi. Virus mamlakatning y…
12:26 / 12.09.2026
O‘zbekistonda profilaktik emlash o‘tkazish tartibi belgilandi.

O‘zbekistonda profilaktik emlash o‘tkazish tartibi belgilandi.

Endi profilaktik emlash hududda yuqumli kasallik aniqlanib, u faol tarqala boshlagan yoki aholining muayyan qatlamlari yuqti…
17:49 / 11.09.2026
Jizzaxda yo‘lovchi avtobusi yuk mashinasi bilan to‘qnashdi

Jizzaxda yo‘lovchi avtobusi yuk mashinasi bilan to‘qnashdi

Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida Toshkent–Termiz yo‘nalishida harakatlanayotgan yo‘lovchi avtobusi yuk mashinasi…
11:34 / 11.09.2026
Samarqandda piyodalarga yo‘l bermagan va yo‘l bezoriligi sodir etgan haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqandda piyodalarga yo‘l bermagan va yo‘l bezoriligi sodir etgan haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand shahrida haydovchi piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan bir guruh fuqarolarga yo‘l bermay, ularning hayotini xavf o…
10:27 / 12.09.2026
12 sentyabrda qanday ob-havo kuzatiladi?

12 sentyabrda qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahri, Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari: Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sham…
18:04 / 11.09.2026
Dunyo futbolida ilk bor qora kartochka joriy etildi: u o‘yinni muddatidan oldin yakunlash uchun qo‘llanadi

Dunyo futbolida ilk bor qora kartochka joriy etildi: u o‘yinni muddatidan oldin yakunlash uchun qo‘llanadi

Ruminiya futbol federatsiyasi (FRF) dunyoda birinchi bo‘lib qora kartochkani joriy etdi. Yangi chora yoshlar futboli uchrash…
12:05 / 12.09.2026
Ishlaydigan onalarga farzandi bir yoshga to‘lguncha nafaqa to‘lanadi

Ishlaydigan onalarga farzandi bir yoshga to‘lguncha nafaqa to‘lanadi

O‘zbekistonda ishlaydigan onalarga farzandi bir yoshga to‘lguniga qadar Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasidan nafaqa to‘lanadi.
16:54 / 12.09.2026
Navoiy viloyatida 1,3 milliard so‘mlik budjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi

Navoiy viloyatida 1,3 milliard so‘mlik budjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda bud…
10:35 / 12.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!