$
12705.79 UZS
59.23
159.20 UZS
-1.68
14704.41 UZS
243.07
36° Kechasi 21°

Shavkat Mirziyoyev Singapurga tashrifi doirasida Singapur milliy universiteti huzuridagi Li Kuan Yu nomidagi Davlat siyosati maktabiga tashrif buyurdi

19:53 / 17.01.2023

17-yanvar kunining ikkinchi yarmida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Singapurga davlat tashrifi doirasida jahonning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri bo‘lgan Singapur milliy universiteti huzuridagi Li Kuan Yu nomidagi Davlat siyosati maktabiga tashrif buyurdi.

Singapurning birinchi Bosh vaziri va ushbu mamlakat “iqtisodiy moʻjizasi” muallifi Li Kuan Yu sharafiga nomlangan maktab davlat siyosati va xalqaro munosabatlar sohasida magistratura dasturlari asosida kadrlar tayyorlashga, ilmiy va siyosiy tadqiqotlar o‘tkazishga ixtisoslashgan.

Davlat rahbari maktab faoliyati bilan batafsil tanishib, o‘quv muassasasi rahbariyati bilan ikki tomonlama hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.

O‘zbekiston Prezidenti huzurida O‘zbekiston Davlat boshqaruvi akademiyasi va Li Kuan Yu nomidagi Davlat siyosati maktabi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolash marosimi bo‘ldi.

So‘ng Prezidentimiz Singapurning yetakchi kompaniya va tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tadbirda Singapur mehnat vaziri – savdo va sanoat ikkinchi vaziri Leng Si Tang, Singapur biznes federasiyasi raisi Ming Yan Lim, ushbu mamlakatning Indorama, Meinhardt group, CPG Corporation, Changi Airports, Singapur menedjmentni rivojlantirish instituti, TMC Academy, Virtus Health kabi 15 ta yirik kompaniyalari rahbarlari ishtirok etdi.

Yurtimizdagi tizimli islohotlar tufayli investisiyalar hajmi YAIMning 30 foizidan ortiq darajaga yetdi. 2022-yilning o‘zida O‘zbekiston iqtisodiyotiga 8 milliard dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb qilindi.

Kuni kecha o‘tgan O‘zbekiston-Singapur biznes forumining natijalari mamnuniyat bilan qayd etildi: uning doirasida umumiy qiymati qariyb 5 milliard dollarlik yangi investitsiya, savdo va moliyaviy kelishuvlar imzolandi.

- Bu hamkorligimiz ancha faollashganidan, muvaffaqiyatli kechayotganidan, O‘zbekiston-Singapur munosabatlari amaliy va sifatli mazmun bilan boyiganidan dalolat beradi, - dedi Prezident.

Lekin sheriklik salohiyati hali to‘liq ishga solinmagan. Prezident Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, mamlakatlarimiz ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirishga qodir.

- Singapur kompaniyalarining ilg‘or tajribasi bizda katta qiziqish uyg‘otmoqda, - dedi davlatimiz rahbari. – Ishonchim komilki, singapurlik hamkorlarning innovasiya va texnologiyalari O‘zbekistonning resurslari va kadrlar salohiyatiga qo‘shilsa, bo‘lajak qo‘shma loyihalar barqaror rivojlanadi.

O‘zbekiston yetakchisi uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli hamkorlik uchun eng istiqbolli yo‘nalishlarni ko‘rsatib o‘tdi. Singapur kompaniyalarining O‘zbekistondagi xususiylashtirish jarayonlarida ishtiroki, shahar va transport infratuzilmasini rivojlantirish, kimyo va to‘qimachilik, “yashil” iqtisodiyot, ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa yo‘nalishlardagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish shular jumlasidan.

O‘zbekiston Singapur tadbirkorlarini zarur ishlab chiqarish infratuzilmasi bilan ta’minlash, imtiyozlar va kafolatli xaridlar shaklida keng qo‘llab-quvvatlash, boshqa ko‘mak choralarini taqdim etishga tayyor ekani bildirildi.

Yurtimizdagi islohotlar xorijiy hamkorlar orasida O‘zbekistonning ishonchli va barqaror sherik sifatidagi mavqeini mustahkamlashga qaratilganini ta’kidlab, Prezident Shavkat Mirziyoyev singapurlik ishbilarmonlarni o‘zaro manfaatli hamkorlik uchun ochilayotgan imkoniyatlardan foydalanish va iqtisodiyotimizga faol investisiya kiritishga chaqirdi.

Sheriklikni kengaytirish yuzasidan batafsil fikr almashildi. Singapur biznesi vakillari o‘z chiqishlarida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni yuksak baholadi, mamlakatimizda amalga oshirilishi rejalashtirilgan aniq loyihalarini taqdimot qildi.

Ishbilarmonlar delegasiyasining har bir a’zosi bilan suhbatlashib, davlatimiz rahbari tadbirkorlarni yaratilgan qulay investisiya muhiti bilan shaxsan tanishish uchun mamlakatimizga taklif qildi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston tomoni mutasaddilariga tadbirda aytilgan barcha loyihalarni, ularni amalga oshirishning bosqichma-bosqich mexanizmlarini, aniq muddat va ijrochilarini kiritgan holda tegishli Amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash topshirildi.

Shu bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Singapurga samarali davlat tashrifi yakuniga yetdi.

“Changi” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Singapurning rasmiy shaxslari kuzatib qo‘ydi. Davlat rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.


Bu ham qiziq

O‘zbekiston elchixonasi Rossiya TIVga mehnat migrantlarining huquqlari buzilgani yuzasidan nota yubordi

O‘zbekiston elchixonasi Rossiya TIVga mehnat migrantlarining huquqlari buzilgani yuzasidan nota yubordi

“O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Moskvadagi reydlar chog‘ida chet el fuqarolariga nisbatan jismoniy kuch ishlatilgani ha…
10:02 / 11.06.2025
Turkiyada odam savdosi jinoyatini sodir etgan o‘zbekistonlik ushlandi

Turkiyada odam savdosi jinoyatini sodir etgan o‘zbekistonlik ushlandi

Hozirda O‘zbekiston va Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan bu kabi jinoyatlarni fosh qilish bo‘yicha faol …
09:12 / 11.06.2025
Qashqadaryoda hokim o‘rinbosari pora bilan ushlandi

Qashqadaryoda hokim o‘rinbosari pora bilan ushlandi

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
14:34 / 13.06.2025
AQShda Trampga qarshi katta namoyishlarga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

AQShda Trampga qarshi katta namoyishlarga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

“Demokratik partiyaga yaqin bo‘lgan 100 dan ortiq tashkilotlar 14-iyun kuni, ya’ni Trampning tug‘ilgan kunida, butun AQSh bo…
17:22 / 11.06.2025
Murodjon Ahmadaliyevning navbatdagi jangi sanasi tasdiqlandi

Murodjon Ahmadaliyevning navbatdagi jangi sanasi tasdiqlandi

Bu haqda bokschi o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.
14:43 / 12.06.2025
O‘zbekiston eng ko‘p qaysi davlatlardan avtomobil import qilmoqda?

O‘zbekiston eng ko‘p qaysi davlatlardan avtomobil import qilmoqda?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2025-yilning yanvar-aprel oylarida xorijdan qiymati 213,7 ml…
12:09 / 11.06.2025
Isroildagi O‘zbekiston fuqarolari ogohlantirildi

Isroildagi O‘zbekiston fuqarolari ogohlantirildi

Raketa otishmalari kutilishi munosabati bilan O‘zbekiston elchixonasi sizlardan yana bir bor tezkor ehtiyot choralarini ko‘r…
09:45 / 13.06.2025
15-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

15-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

“O‘zgidromet” 15-iyun kuni ob-havo qanday bo‘lishi haqida ma’lumot berdi.
17:47 / 14.06.2025
13-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

13-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

13-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan s…
17:49 / 12.06.2025
Los-Anjelesdagi norozilik namoyishlari sabab komendantlik soati joriy qilindi

Los-Anjelesdagi norozilik namoyishlari sabab komendantlik soati joriy qilindi

Los-Anjeles politsiya departamenti komendantlik soati joriy etilganiga qaramay, shahar markazida odamlar to‘planishda davom …
11:17 / 11.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!