$
12632.22 UZS
22.05
134.39 UZS
-0.85
13478.58 UZS
-48.35
27° Kechasi 14°

Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoda yangi issiqlik elektr stansiyasi qurilishiga start berdi (foto)

16:53 / 24.03.2022

Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Surxondaryo viloyati Angor tumanida yangi issiqlik elektr stansiyasi qurilishiga bag‘ishlangan marosim bo‘ldi. Shavkat Mirziyoyev bo‘lajak stansiyaning quvvati va samaradorligi haqida so‘zlagan. Bu haqida Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ushbu loyihaning umumiy qiymati 1 milliard 200 million dollar bo‘lib, uning natijasida 1 ming 560 megavatt quvvat yaratiladi, yiliga 12 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Loyiha doirasida eng zamonaviy texnologiyalar o‘rnatilib, yiliga 1 milliard kub metr tabiiy gaz tejaladi.

Surxon vohasi neft, gaz, ko‘mir, qimmatbaho va rangli metallar, ko‘p turdagi bezak toshlar kabi 100 dan ortiq konlarga ega bo‘lsa-da, ular yetarli darajada o‘zlashtirilmagan. Shuning uchun kelgusi besh yilda bu viloyatda 7 milliard dollarlik 5 mingdan ziyod investitsiya loyihalarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, stansiyada ishlab chiqarilgan elektr energiyasi Surxondaryodagi 500 ming xonadonni elektr bilan ta’minlaydi. Bundan tashqari, qo‘shni Afg‘onistonga yiliga kamida 3 milliard kilovatt-soat elektr energiyasini eksport qilish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Loyiha Germaniyaning “Siemens Energy”, Fransiyaning YeDF, Niderlandiyaning “Stone City Energy” kompaniyalari tomonidan davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladi. Davlat rahbari bunga alohida e’tibor qaratib, sohada xususiy kapital ishtirokiga keng imkoniyatlar ochilayotganini ta’kidladi.

“Biz oxirgi yillarda energetika sohasida katta islohotlarni amalga oshirib, sohani to‘liq transformatsiya qilmoqdamiz. Jumladan, elektr ishlab chiqarishga ilk bor xususiy sektor ishtiroki uchun keng imkoniyatlar ochildi. So‘nggi uch yilda umumiy quvvati 1 ming megavattdan ziyod bo‘lgan 5 ta elektr stansiyasi davlat-xususiy sheriklik asosida ishga tushirildi. Jalb etilgan xorijiy investitsiyalar hajmi 1 milliard dollardan oshdi”, – deydi Shavkat Mirziyoyev.

Qayd etish joiz, hozirgi kunda mamlakatda quvvati 9 ming megavatt bo‘lgan yana 19 ta elektr stansiyasi barpo etilmoqda. Ularning umumiy qiymati 10 milliard dollardan ziyod. Prezident tadbirda ishtirok etgan xalqaro moliyaviy institutlar va kompaniyalar rahbarlariga minnatdorlik bildirib, O‘zbekistonda xorijiy investitsiya ishtirokidagi loyihalar har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishini yana bir bor ta’kidlagan.

Davlat rahbari investorlar bilan birga ramziy tugmani bosib, issiqlik elektr stansiyasi qurilishini boshlab berdi. Mazkur stansiyani 2024-yil oxirida ishga tushirish rejalashtirilgan.


Bu ham qiziq

Oxirgi yillarda mamlakatimizda 60 milliard dollardan ziyod xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilgan

Oxirgi yillarda mamlakatimizda 60 milliard dollardan ziyod xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilgan

Shavkat Mirziyoyev uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumining yalpi majlisida nutq so‘zlamoqda.
11:06 / 02.05.2024
Qirg‘iziston Bosh vaziri Oqilbek Japarov O‘zbekistonga keladi

Qirg‘iziston Bosh vaziri Oqilbek Japarov O‘zbekistonga keladi

Bu haqda Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati xabar berdi.
10:26 / 01.05.2024
O‘zbekiston Prezidenti Qirg‘iziston bilan amaliy hamkorlikni kengaytirish muhimligini qayd etdi

O‘zbekiston Prezidenti Qirg‘iziston bilan amaliy hamkorlikni kengaytirish muhimligini qayd etdi

Uchrashuvda Qambarota GES-1 va “Xitoy – Qirg‘iziston - O‘zbekiston” temir yo‘lini qurish loyihalarining amaliy jihatlariga a…
15:54 / 02.05.2024
Yevropa kutubxonalaridan rus yozuvchilarining 170 dan ortiq nodir kitoblari o‘g‘irlangan

Yevropa kutubxonalaridan rus yozuvchilarining 170 dan ortiq nodir kitoblari o‘g‘irlangan

Eng ko‘p o‘g‘irlangan asarlar orasida Aleksandr Pushkinning asarlari bor.
12:28 / 02.05.2024
O‘zbekistonda eng ko‘p ish beruvchi 10 ta kompaniya nomi e’lon qilindi

O‘zbekistonda eng ko‘p ish beruvchi 10 ta kompaniya nomi e’lon qilindi

Yuqori o‘rinni NKMK va OKMK egallagan.
17:12 / 01.05.2024
Fransiyadagi Olimpiada paytida chiqindichilar ish tashlash bilan tahdid qilmoqda

Fransiyadagi Olimpiada paytida chiqindichilar ish tashlash bilan tahdid qilmoqda

Ish tashlashlar 14-16-may, 22-24-may va 1-iyuldan 8-sentyabrgacha bo‘lib o‘tishi mumkin.
12:49 / 01.05.2024
Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi avtomobil yo‘li vaqtincha yopiladi

Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi avtomobil yo‘li vaqtincha yopiladi

Fuqarolardan Chirchiq shahri orqali harakatlanish tavsiya etilmoqda.
15:23 / 01.05.2024
AQSh Oyga harbiy kuchlarini joylashtirmoqchimi?

AQSh Oyga harbiy kuchlarini joylashtirmoqchimi?

Amerika rasmiysining qayd etishicha, bunday darajaga erishish deyarli imkonsiz.
10:31 / 01.05.2024
Coca Cola eng ko‘p chiqindi chiqaruvchi brend hisoblanadi

Coca Cola eng ko‘p chiqindi chiqaruvchi brend hisoblanadi

Ushbu kompaniyalar aniqlangan chiqindilarning deyarli 25 foizini tashkil qiladi.
14:48 / 02.05.2024
Termiz hayvonot bog‘ida hayvonlar uchun elektron pasport tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda

Termiz hayvonot bog‘ida hayvonlar uchun elektron pasport tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda

U yerda jami 488 bosh noyob hayvonlar saqlanmoqda.
14:08 / 02.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!