$
12632.22 UZS
22.05
134.39 UZS
-0.85
13478.58 UZS
-48.35
27° Kechasi 14°

Shavkat Mirziyoyev Yunusobod tumanidagi 5-umumta’lim maktabiga bordi

20:02 / 03.04.2024

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 5-umumta’lim maktabida bo‘ldi. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida ta’lim tizimi islohotlari eng birinchi vazifa etib belgilangan. Bu boradagi muhim masalalardan biri - o‘quvchi o‘rinlarini ko‘paytirish.

 
Davlatimiz rahbari yangi muassasalar barpo etish bilan birga, mavjud maktablarning o‘ziga qo‘shimcha qavat yoki yonidan bino qurish maqsadga muvofiqligini aytgan edi.

Mazkur 5-maktab ilgari 960 o‘rinli edi. Lekin o‘quvchilar soni 2 mingdan oshardi. Shu bois o‘tgan yili rekonstruksiya qilinib, qo‘shimcha binolar qurildi. Natijada 1 ming 700 ta qo‘shimcha o‘rin paydo bo‘ldi.

Maktabda 65 ta o‘quv, 12 ta chet tili va 5 ta kompyuter xonasida zamonaviy sharoitlar yaratildi. O‘quvchilarni aniq fanlar, muhandislik va texnologiyalarga qiziqtiruvchi STEM-laboratoriya va sport zali zarur anjomlar bilan ta’minlandi, kovorking va rekreatsiya hududi tashkil etildi. Maktab kutubxonasida 5 ming 800 dan ortiq ilmiy va badiiy adabiyotlar bor.

Bugun maktabda 2 ming 600 nafarga yaqin o‘quvchi ta’lim olmoqda. O‘tgan yili 165 nafar bitiruvchidan 163 nafari oliy ta’limga o‘qishga kirgan.

Yurtimizda o‘g‘il-qizlarni yoshligidanoq kasbga yo‘naltirishga katta ahamiyat qaratilmoqda. 5-maktabda ham yuqori sinf o‘quvchilari tikuvchilik, pazandachilik, yog‘och va metallga ishlov berish ko‘nikmalarini o‘rganayapti. 

Prezident ushbu to‘garaklardagi sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. 

Toshkent shahri direktorlar kengashi a’zolari bilan suhbatda o‘qituvchilar mehnati va hurmati haqida so‘z bordi.

"Shunday vaqtlar bo‘ldiki, pedagoglikka e’tibor susayib ketdi. Hozir bu sharafli kasbning nufuzini tiklash, ularni moddiy rag‘batlantirishga harakat qilayapmiz. Yangi Toshkent shahri qurilishini ham Pedagogika universiteti binosiga poydevor qo‘yishdan boshlamoqchimiz. Chunki yangi O‘zbekistonning birinchi zamini - o‘qituvchilar. Shuning uchun ular doim o‘z ustida ishlashi, bilim va uslublarini rivojlantirib borishi kerak", - dedi davlat rahbari.

Maktabning yangi imkoniyatlaridan to‘la foydalanish, ta’lim sifatini Prezident maktablariga yaqinlashtirgan tarzda oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.


Bu ham qiziq

Rossiya Tojikistonning 650 ga yaqin fuqarosini deportatsiya qildi

Rossiya Tojikistonning 650 ga yaqin fuqarosini deportatsiya qildi

26-30-aprel kunlari Vnukovo aeroportiga uchgan 3101 tojikistonlik fuqarolardan 643 nafari Rossiya hukumati tomonidan tegishl…
08:28 / 02.05.2024
Venesuelada talabalarning Falastinni qo‘llab-quvvatlash mitingi bo‘lib o‘tdi

Venesuelada talabalarning Falastinni qo‘llab-quvvatlash mitingi bo‘lib o‘tdi

Yuzlab talabalar shaharning markaziy ko‘chalaridan biri bo‘ylab yurish qilgan.
14:34 / 01.05.2024
Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi avtomobil yo‘li vaqtincha yopiladi

Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi avtomobil yo‘li vaqtincha yopiladi

Fuqarolardan Chirchiq shahri orqali harakatlanish tavsiya etilmoqda.
15:23 / 01.05.2024
“Bizning asosiy maqsadimiz – O‘zbekistonni xorijiy investorlar uchun ishonchli va uzoq muddatli hamkorga aylantirishdir”, – Mirziyoyev

“Bizning asosiy maqsadimiz – O‘zbekistonni xorijiy investorlar uchun ishonchli va uzoq muddatli hamkorga aylantirishdir”, – Mirziyoyev

Endilikda xorijiy sarmoyadorlar aksiyalardan olinayotgan dividendlar bo‘yicha soliqlardan uch yil muddatga ozod etiladi.
11:30 / 02.05.2024
Mirziyoyev ishtirokida uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi boshlandi

Mirziyoyev ishtirokida uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi boshlandi

Ayni daqiqalarda yalpi sessiyada Prezidentimiz nutq so‘zlamoqda.
10:42 / 02.05.2024
O‘zbekiston Prezidenti Qirg‘iziston bilan amaliy hamkorlikni kengaytirish muhimligini qayd etdi

O‘zbekiston Prezidenti Qirg‘iziston bilan amaliy hamkorlikni kengaytirish muhimligini qayd etdi

Uchrashuvda Qambarota GES-1 va “Xitoy – Qirg‘iziston - O‘zbekiston” temir yo‘lini qurish loyihalarining amaliy jihatlariga a…
15:54 / 02.05.2024
Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti Javdat Yilmaz boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti Javdat Yilmaz boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Vitse-prezidenti Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan.
18:07 / 01.05.2024
Coca Cola eng ko‘p chiqindi chiqaruvchi brend hisoblanadi

Coca Cola eng ko‘p chiqindi chiqaruvchi brend hisoblanadi

Ushbu kompaniyalar aniqlangan chiqindilarning deyarli 25 foizini tashkil qiladi.
14:48 / 02.05.2024
“The Beatles” musiqiy guruhi haqidagi filmning treyleri chiqdi

“The Beatles” musiqiy guruhi haqidagi filmning treyleri chiqdi

Filmning premyerasi 8-may kuni bo‘lib o‘tadi.
11:10 / 01.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!