Sirdaryo viloyatida sud tizimi va bank sohasi vakillari ishtirok etgan korrupsion holat fosh etildi. Tezkor tadbir davomida mansabdor shaxslarning pul evaziga sud qaroriga ta’sir o‘tkazishga uringani aniqlanib, ularning noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yildi.
Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan Prokuratura organlari hamda Sudyalar oliy kengashi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Sirdaryo viloyat sudi iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi va “Agrobank” ATB Guliston filiali mansabdor xodimi noqonuniy harakatlar ustida ushlandi.
Aniqlanishicha, sudya o‘z yurituvida bo‘lgan, Guliston shahrida tadbirkor tomonidan qurilgan ko‘p qavatli bino bo‘yicha kassatsiya tartibida ko‘rilayotgan ishni uning foydasiga hal qilinishini bilgan holda, bank xodimi bilan til biriktirgan. Ular ushbu ishni “ijobiy hal qilish” evaziga 7 500 AQSh dollari talab qilishgan.
Tezkor tadbir davomida bank xodimi oldindan 5 500 dollarni qabul qilgan. Keyinchalik sud qarori tadbirkor foydasiga chiqqanidan so‘ng, u sudyaga 3 600 dollar topshirayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Rasmiylar fuqarolarga korrupsiya holatlariga duch kelganda 1520 qisqa raqamiga murojaat qilishlari mumkinligini eslatmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!