11-mart kuni Toshkentda 3 nafar yigit haydovchilik guvohnomasiz, davlat raqami yechilgan hamda miltillovchi chiroqlar o‘rnatilgan Jentra avtomobilida harakatlangani aniqlanib, yo‘l harakati qoidalarini buzgan.
Ular qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib, xavfli harakatlar sodir etganidan so‘ng huquq-tartibot organlari tomonidan to‘xtatilgan.
Aniqlanishicha, 2 nafar yigitga 5 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan, yana biriga esa 1 mln 236 ming so‘m jarima belgilangan.
Avtomobil egasi esa transport vositasini haydovchilik huquqiga ega bo‘lmagan shaxsga bergani uchun 2 mln 60 ming so‘m miqdorida jarimaga tortilgan. Yo‘l harakati qoidalariga amal qilmaslik jiddiy huquqiy javobgarlikka sabab bo‘lishini eslatmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!