Bugun Superligada 25-turning bir qator uchrashuvlari o‘tkazildi. Dastlab kunning ilk bahsi Qoʻqonda mahalliy jamoa hamda AGMK o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Mazkur bahsda 2:2 hisobida jangovar durang qayd etildi.
Oʻyinning 15-daqiqasida Boake hisobni ochgan boʻlsa, 72-daqiqada Andrey Sidirov muvozanatni tenglashtirdi. 82-daqiqada Yoʻldoshev yana olmaliqlarni oldinga olib chiqdi. Biroz oʻtib Yosovich oʻz goli bilan jamoasini magʻlubiyatdan qutqarib qoldi.
Ushbu natijadan soʻng AGMK ochkolari sonini 47 taga yetkazib olib, 2-oʻrinni saqlab qoldi. 33 ochkosi bor qoʻqonliklar ayni damda 8-pogʻonadan joy olgan.
Turnirning markaziy uchrashuvi esa Jizzaxda “Soʻgʻdiyona” hamda “Nasaf” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi va unda 1:1 hisobidagi durang natija qayd etildi.
Mezbonlar safida Shohruz Norxonov hisobni ochgan boʻlsa, 80-daqiqada Husain Norchayev muvozanatni tikladi.
Shunday qilib, “boʻrilar” ochkolari sonini 44 taga yetkazib oldi. “Ajdarlar” hisobida esa 45 ochko bor.
Shuningdek, 25-turning yana bir bahsida “Bunyodkor” o‘z maydonida “Surxon”ni qabul qildi. Mazkur bahsda maydon egalari 3:1 hisobida gʻalaba qozondi.
Dastlab, Avazbek Oʻlmasaliyev oʻyinda hisobni ochdi. Soʻngra Murod Bobojonov muvozanatni tikladi. Biroz oʻtib Oʻlmasaliyev dublni rasmiylashtirgan holda, jamoasini oldinga olib chiqdi. Bahsning 68-daqiqasida Gʻiyosov oradagi farqni ikkitaga yetkazib qoʻydi.
Shunday qilib, “qaldirgʻochlar” ushbu gʻalabadan soʻng ochkolarini 42 taga yetkazib. Ayni damda ular 5-oʻrinda bormoqda. 22 ochkosi bor “Surxon” 10-pogʻonada joylashgan.
25-turning yana bir markaziy bahsida “Lokomotiv” “Paxtakor”ni qabul qildi hamda 3:0 hisobidagi gʻalaba qozondi.
“Sherlar” safidagi 3 golning barchasi isteʼdodli vinger Hojimat Erkinov tomonidan kiritildi.
Shu tariqa, Xyuistra shogirdlari ochkolari sonini 60 taga yetkazib oldi. “Temiryoʻlchilar” hisobida 36 ochko mavjud.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!