$
12675.00 UZS
4.95
138.36 UZS
0.36
13616.75 UZS
56
23° Kechasi 14°

Telegram monetizatsiyasini ishga tushirish qonuniymi?

11:50 / 08.04.2024

Agar qonun buzilishi holati aniqlansa, bunga yordam bergan provayder javobgarlikka tortilishi mumkin.

O‘zbekistonda Telegram monetizatsiyasi yo‘lga qo‘yilishining qonuniyligi o‘rganilmoqda, bu haqda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktori birinchi o‘rinbosari Vyacheslav Pak ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, agar qonun buzilishi holati kuzatilsa, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar beriladi. Bunda qandaydir provayder yoki kimdir ularga bu borada yordam bersa, qonun bo‘yicha javobgarlikka tortiladi.

Shuningdek, Pak O‘zbekistonda Telegram ofisining ochilishi regulyatorga iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va qonun buzilish holatlarida jazolash imkonini berishini ta’kidladi.

“Telegram O‘zbekiston qonunchiligiga, jumladan, qonunlarimiz va cheklovlarimizga rioya qilishi, soliq to‘lashi va mamlakatda serverlarga ega bo‘lishi kerak. Bu fuqarolarimizni himoya qiladi va O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun ishlaydi”, dedi u.

Avvalroq Telegram kanal egalari uchun monetizatsiyani ishga tushirgan edi. Unga ko‘ra, mingdan ortiq obunachiga ega ommaviy kanal egasi o‘z kanalida namoyish etilgan reklamadan tushgan daromadning 50 foizini olishi mumkin. To‘lov faqat raqamli kriptovalyuta TON bilan amalga oshiriladi.

Monetizatsiya dasturi Rossiya, Ukraina, Falastin, Germaniya va Isroildan boshqa davlatlarda ishlaydi.


Bu ham qiziq

Politsiyachilar endi Microsoft’dagi AI’ning yuzni tanib olish dasturidan foydalana olmaydi

Politsiyachilar endi Microsoft’dagi AI’ning yuzni tanib olish dasturidan foydalana olmaydi

Microsoft nega ushbu qarorga kelganini izohlamadi.
14:38 / 05.05.2024
To‘qayev 8-9-may kunlari Rossiyaga tashrif buyuradi va g‘alaba paradida ishtirok etadi

To‘qayev 8-9-may kunlari Rossiyaga tashrif buyuradi va g‘alaba paradida ishtirok etadi

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 8-9-may kunlari Rossiyaga ishchi tashrif buyuradi va Buyuk Vatan urushidagi G‘…
14:19 / 04.05.2024
Baliq suyagini yutib yuborgan ayol operatsiya qilindi

Baliq suyagini yutib yuborgan ayol operatsiya qilindi

Shifokorlar uni zudlik bilan operatsiya qilish kerakligini aytishgan.
14:32 / 04.05.2024
Qo‘shma shtatlarda yuvoshligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi

Qo‘shma shtatlarda yuvoshligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi

Joi Henni TikTok tarmog‘ida muxlislardan uning do‘stini qaytarib berishlarini yig‘lab so‘ragan videoni joylashtirdi.
14:20 / 04.05.2024
Endi tish o‘stiradigan preparat orqali ularni o‘stirish mumkin

Endi tish o‘stiradigan preparat orqali ularni o‘stirish mumkin

U kelgusida kariyes tufayli tishlaridan ayrilgan bemorlarga yordam beradi.
15:43 / 05.05.2024
O‘zbekiston-Tojikiston chegaralarini demarkatsiya qilish bo‘yicha bayonnoma imzolandi

O‘zbekiston-Tojikiston chegaralarini demarkatsiya qilish bo‘yicha bayonnoma imzolandi

Navbatdagi uchrashuv O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi.
14:23 / 05.05.2024
5-may – Nogironlarning huquqlarini himoya qilish kuni

5-may – Nogironlarning huquqlarini himoya qilish kuni

“Nogiron – jamiyatning teng huquqli a’zosi” deb nomlangan anjumanlar va xayriya tadbirlari o‘tkaziladi.
14:49 / 05.05.2024
O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar ko‘pligi aniqlandi

O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar ko‘pligi aniqlandi

2024-yil 1-aprel holatiga ko‘ra, ularning soni 14 226 tani tashkil etadi.
14:44 / 04.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!