$
12670.05 UZS
37.83
138.00 UZS
3.61
13560.75 UZS
82.17
23° Kechasi 15°

“Temur Moskoviyaning ustidan emas yonidan o‘tib ketgan bo‘lsa kerak” – Alisher Qodirov

09:06 / 25.01.2024

Alisher Qodirov rus tarixchisining fikrlariga munosabat bildirdi.

“Qadimgi turkiy millatlar, jumladan, ularning eng mustahkam qo‘llaridan biri qarluqning boshi - o‘zbeklarning 3 ming yillik davlatchiligini oddiy inson bilmasligi mumkin, lekin tarixchiman degani bilmasa, bunday ilmsiz tarixchini e’tiborsiz qoldirish kerak.

Albatta, 3 ming yilning yetarlicha to‘g‘ri va yanglishlari bo‘lgan.

Shu yanglishlarning eng kattasi, fikrimcha, qudratga to‘la davrida Timurni Moskoviyaning ustidan emas yonidan o‘tib ketgani bo‘lsa kerak. Ustidan o‘tib ketganida, qayerdan kelganimizni muhokama qilish darajasida aqlsizlik qilishmagan bo‘lar edi…

Davlatchilik tajribamizning muhim xulosasi - el bo‘lmasdan o‘zimiz bilan o‘zimiz tortishaversak, yana zo‘ravonga qul bo‘lamiz! Rasmiy rus tomoni shovinistlarni “g‘alati” chiqishlarini ta’kidlashdan nariga o‘tmayapti. Bu ularni bunday ritorikadan manfaatdor degan taassurot uyg‘otadi.

So‘nggi vaqtlarda rus tilida shovinistik bayonotlardan boshqa narsa eshitmayapmiz…

Bu holatda munosabatlar o‘z yo‘liga, amaliy choralar haqida o‘ylashimiz kerak.

Masalan, 3 foizga ham bormaydigan rus vatandoshlar uchun ta’lim va televideniyeda rus tili nomutanosib darajada ko‘p! Bu nomutanosiblik tuzatilishi kerak.

Birinchidan, O‘zbekistonda boshlang‘ich ta’limni ona tilida o‘qitilishi bo‘yicha norma qonunga kiritilishi mumkin.

Ikkinchidan, qozoq, ozar, qirg‘iz, turkman, turk va tojik qardoshlar bilan teleko‘rsatuvlar almashishni yo‘lga qo‘yaylik.

Fraksiyaning yaqin majlislarida bu masalalarni muhokama qilmoqchimiz” – degan Alisher Qodirov.


Bu ham qiziq

Mirziyoyev Putinning yordamchisi bilan uchrashdi

Mirziyoyev Putinning yordamchisi bilan uchrashdi

Uchrashuv avvalida Maksim Oreshkin davlatimiz rahbariga Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini…
20:14 / 02.05.2024
Xitoy janubida avtomagistralning qulashi sodir bo‘ldi

Xitoy janubida avtomagistralning qulashi sodir bo‘ldi

“CCTV” xabariga ko‘ra, kamida 19 kishi halok bo‘lgan.
15:08 / 01.05.2024
“Samarqand – Toshkent – Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi

“Samarqand – Toshkent – Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi

Qo‘shimcha reyslar 2024-yilning 3, 4, 5-may kunlari amal qiladi.
18:01 / 01.05.2024
Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti Javdat Yilmaz boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti Javdat Yilmaz boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Vitse-prezidenti Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan.
18:07 / 01.05.2024
Binance kriptobirjasi asoschisi XAMASga o‘tkazmalarni yashirishda ayblanmoqda

Binance kriptobirjasi asoschisi XAMASga o‘tkazmalarni yashirishda ayblanmoqda

Prokurorlar unga uch yillik qamoq jazosini so‘ragan edi.
09:53 / 03.05.2024
2024-yilning birinchi choragida qancha qurilish materiallari va xizmatlari eksport qilingan?

2024-yilning birinchi choragida qancha qurilish materiallari va xizmatlari eksport qilingan?

Umumiy eksportdagi ulushi qariyb 72 foizni tashkil etmoqda.
14:46 / 02.05.2024
Yevropa kutubxonalaridan rus yozuvchilarining 170 dan ortiq nodir kitoblari o‘g‘irlangan

Yevropa kutubxonalaridan rus yozuvchilarining 170 dan ortiq nodir kitoblari o‘g‘irlangan

Eng ko‘p o‘g‘irlangan asarlar orasida Aleksandr Pushkinning asarlari bor.
12:28 / 02.05.2024
Rossiya Tojikistonning 650 ga yaqin fuqarosini deportatsiya qildi

Rossiya Tojikistonning 650 ga yaqin fuqarosini deportatsiya qildi

26-30-aprel kunlari Vnukovo aeroportiga uchgan 3101 tojikistonlik fuqarolardan 643 nafari Rossiya hukumati tomonidan tegishl…
08:28 / 02.05.2024
Oxirgi yillarda mamlakatimizda 60 milliard dollardan ziyod xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilgan

Oxirgi yillarda mamlakatimizda 60 milliard dollardan ziyod xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilgan

Shavkat Mirziyoyev uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumining yalpi majlisida nutq so‘zlamoqda.
11:06 / 02.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!