2022-yilning 1-aprel holatiga ko‘ra Toshkent shahrida doimiy aholisi soni 2 million 879 ming 800 kishini tashkil etmoqda. Bu haqda poytaxt statistika boshqarmasiga tayanib, Toshkent shahar hokimligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, aholi soni 2022-yil boshidan 17,4 ming kishiga yoki 100,6 foizga ko‘paygan. Shundan:
Shahar hududlari kesimida 2022-yilning 1-aprel holatiga ko‘ra, eng ko‘p aholi soni Olmazor tumanida bo‘lib, 387,7 ming kishini, ya’ni shahar aholisi sonidagi ulushi 13,5 foizni tashkil etgan. Shuningdek, Yunusobod tumanidagi aholi 360,9 ming kishi – 12,5 foizdan iborat.
Eng kam aholi soni Yakkasaroy tumanida – 124,6 ming kishi (4,3 foiz) va Bektemir tumanida – 51,8 ming kishi (1,8 foiz)ga to‘g‘ri kelmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!