Reuters’ning xabar berishicha, Putin Rossiyaning g‘alabasiga ishonadi va Qo‘shma Shtatlarning yangi sanksiyalari samarali bo‘lishiga shubha bilan qaramoqda. Rossiya Bosh shtabi Putinga Ukraina fronti ikki-uch oy ichida qulashi mumkinligini bildirgan.
“Shu bilan birga, Rossiya prezidenti Trampni g‘azablantirishni xohlamaydi va Vashington va G‘arb bilan munosabatlarni yaxshilash imkonini qo‘ldan boy berishi ehtimolini tushunadi. Ammo uning uchun harbiy maqsadlar, Ukrainadagi to‘rtta viloyatni (Donetsk, Lugansk, Xerson, Zaporoje) egallash, bundan muhimroq”, – deyiladi maqolada.
Reuters manbalariga ko‘ra, Putin shaxsiy suhbatlarda AQSh bilan munosabatlar yomonlashayotganidan xavotir bildirgan, biroq u hanuz Moskva Vashington bilan “yana do‘stlashishi” va G‘arb bilan savdo aloqalarini tiklashi mumkinligiga umidini yo‘qotmagan.
“Vladimir Putin Donald Trampning g‘azablanayotganidan xavotirda, lekin urushni faqat AQSh prezidenti xohlagani uchun tugatishni istamaydi.
Kreml shuningdek, Trampning ultimatumni amalga oshirishiga ishonmaydi, chunki u avvallar ham shunday tahdid qilgan, ammo hech qanday amaliy choralar ko‘rmagan yoki qarorini o‘zgartirgan”, – deya qayd etgan nashr.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!