$
12675.00 UZS
4.95
138.36 UZS
0.36
13616.75 UZS
56
26° Kechasi 15°

Toshkentda IIB xodimlari maktab o‘quvchisini majburlab olib ketdi – (video)

10:16 / 02.02.2024

Ijtimoiy tarmoqlarda IIB xodimlari bir bolani mashinaga majburan tiqib olib ketishi aks etgan video tarqaldi. Kecha, 1 fevral kuni tasvirdagi bolaning onasi Bolalar ombudsmaniga murojaat qilgan.

Aniqlanishicha, 2023-yil 22-dekabr kuni Chilonzor tumani Chilonzor-3 mavzesida IIO xodimlari Sh.M. va A.O.lar 2011-yilda tug‘ilgan K.P.da pirotexnika vositalari borligini aniqlab, bolani xizmat mashinasiga kuch ishlatib, majburan o‘tqazishga uringan holda unga nisbatan qo‘pol va nomaqbul munosabatda bo‘lgan.

Buning oqibatida esa, bola bosh sohasidan lat yegan va qattiq emotsional qo‘rqish holatiga tushgan.

Ichki ishlar xodimlariga nisbatan mazkur holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, Sh.M. va A.O.larning harakatlarida voyaga yetmagan K.P.ga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lish hamda IIV Kasb madaniyati kodeksini buzish holatlari yuzasidan hayfsan intizomiy jazosi qo‘llanilgan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining bola manfaatlariga zid bo‘lgan bu kabi harakatlariga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi va bunga javoban qonun doirasidagi qat’iy chora ko‘rilishi shart.


Hozirda Bolalar ombudsmani so‘roviga ko‘ra, Toshkent shahar prokuraturasi mazkur holatga huquqiy baho berish masalasini o‘rganmoqda.

 

 


Bu ham qiziq

Oʻzbekiston xalq baxshisi Chori baxshi Umirov 86 yoshda vafot etdi

Oʻzbekiston xalq baxshisi Chori baxshi Umirov 86 yoshda vafot etdi

2017-yili davlatimiz tomonidan Chori baxshi Umirovga “Oʻzbekiston Xalq baxshisi” unvoni berilgan.
10:16 / 05.05.2024
Endi istalgan qon guruhini 1-guruh qoniga aylantirish mumkin

Endi istalgan qon guruhini 1-guruh qoniga aylantirish mumkin

Ma’lumki, birinchi qon guruhi universal bo‘lib, boshqa istalgan qon guruhidagi odamga uni quyish mumkin.
14:33 / 05.05.2024
Mo‘g‘ulistonda 7 milliondan ortiq chorva mollari nobud bo‘lgan

Mo‘g‘ulistonda 7 milliondan ortiq chorva mollari nobud bo‘lgan

2023-yilda mamlakatda chorva mollarining umumiy soni 64,7 million boshni tashkil etgan.
14:40 / 04.05.2024
Muhammad Alining uyi AQShda kim oshdi savdosiga qo‘yildi

Muhammad Alining uyi AQShda kim oshdi savdosiga qo‘yildi

Uyning boshlang‘ich narxi 13,5 million dollarni tashkil qilgan.
08:56 / 06.05.2024
Gvatemaladagi Fuego vulqonini chaqmoq urdi

Gvatemaladagi Fuego vulqonini chaqmoq urdi

Sayyohlar vulqonining krateriga urilgan chaqmoqni suratga olishga muvaffaq bo‘lgan.
17:38 / 04.05.2024
G‘azoda 10 ming kishi bedarak yo‘qolgan yoki vayronalar ostida qolib ketgan

G‘azoda 10 ming kishi bedarak yo‘qolgan yoki vayronalar ostida qolib ketgan

Yaradorlar soni esa 77 ming 867 kishini tashkil etmoqda.
15:17 / 04.05.2024
Japarov ham Moskvadagi g‘alaba paradida ishtirok etadi

Japarov ham Moskvadagi g‘alaba paradida ishtirok etadi

Bu haqda RIA Novosti Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovga tayanib yozmoqda.
09:56 / 06.05.2024
Endi tish o‘stiradigan preparat orqali ularni o‘stirish mumkin

Endi tish o‘stiradigan preparat orqali ularni o‘stirish mumkin

U kelgusida kariyes tufayli tishlaridan ayrilgan bemorlarga yordam beradi.
15:43 / 05.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!