“Donald Tramp, birinchi prezidentlik muddati davridagidek, diplomatik qoidalarga zid ravishda xorijiy yetakchilarga shaxsiy telefon raqamini berib, ular bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanishni taklif qilmoqda yoki o‘zi ularga qo‘ng‘iroq qilmoqda”, – deb yozmoqda Politico.
Manbalarga ko‘ra, bu yetakchilar qatorida Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon, shuningdek, Buyuk Britaniya va Isroil bosh vazirlari — Kir Starmer va Binyamin Netanyaxu bor.
Nashrga ko‘ra, AQSh prezidenti ayniqsa fransuz hamkasbi bilan iliq munosabatlarga ega.
“Bu g‘alati va kulgili edi — Tramp: “Emmanuyuel-l-l”, desa, Makron: “Donald-d-d”, deb javob berardi. Ikki davlat yetakchilari shunday gaplashishardi”, — deya ularning muloqotidan iqtibos keltirgan nashr suhbatdoshlaridan biri.
Dunyo yetakchilari Tramp bilan yaxshi munosabatlar o‘rnatish maqsadida uning noformal muloqot uslubiga moslashmoqda va bu natija bermoqda. Yevropa rasmiylaridan biriga ko‘ra, bu yondashuv iyun oyida Niderlandiyada bo‘lib o‘tgan NATO sammitida samarali bo‘lgan. O‘shanda Tramp “buyuk yetakchilar” bilan uchrashuvlardan keyin alyans haqidagi fikrini o‘zgartirganini aytgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!