$
12831.81 UZS
-25.54
163.75 UZS
0.3
14606.45 UZS
-66.36
34° Kechasi 23°

“Urush – tinchlikdir. Erk – qullikdir. Bilimsizlik – kuchdir…” 2-qism

17:42 / 08.04.2022

 “Urush – tinchlikdir. Erk – qullikdir. Bilimsizlik – kuchdir…” 2-qism

Jorj Oruellning “1984” asarini Sovet Ittifoqida oʻqish mutlaqo taqiqlangan edi. Faqatgina siyosiy amaldorlar bu kitobni oʻqishi mumkin boʻlgan. Maʼlumotlarga koʻra, ushbu asar Sovet Ittifoqi Davlat xavfsizlik qoʻmitasi (KGB) generallarining maxfiy seyflarida saqlangan. Agar kimningdir uyidan “1984” kitobi topib olinsa, oʻsha inson darhol otib tashlangan.

Nega Sovet Ittifoqidek katta bir davlat birgina kitobdan bu darajada qoʻrqqan? Jorj Oruellning “1984” asarida qanday sirlar yashiringan?

Shu kabi savollar bilan taniqli jurnalist Karim Bahriyev va siyosatshunos Hamid Sodiqga yuzlandik.

—  Orueall tasvirlaganidek, insonlarning ustidan total nazorat oʻrnatish mumkinmi?

Hamid Sodiq: — Davlatlar ham, insonlar ham, hamma joyda bir xil. Maʼlum bir siyosiy kuchga balans berilmas ekan, u mutlaqlashib boradi. Mana shu siyosiy kuch “Katta ogʻa”lik darajasiga chiqib boraveradi. “1984” asarida koʻramizki, “Katta ogʻa”ning borligi obyektiv narsa. Yaʼni maʼlum bir siyosiy avtoritetga balans berib turilmas ekan, u oʻziga “Katta ogʻa”likni kasb qilib boraveradi. Kitobda koʻramizki, “Katta ogʻa”ning borligi ham, yoʻqligi ham nomaʼlum. Masalan hokimiyatda 20-30 yillab qolgan prezidentlarni koʻrsak, ular “Katta ogʻa”ga oʻxshab qolgan.   Ularga qarshi gapirish mumkin emas. Bu qaysidir maʼnoda insonning fitratida joylashgan jarayon. “1984” asaridan xulosa qilish mumkinki, maʼlum bir siyosiy avtoritetga, prezidentga yoki xonga balans beradigan siyosiy institutlar boʻlmasa, “Katta ogʻa”ning boʻlishi joy tanlamas ekan. Masalan Shimoliy Koreya uchun “Katta ogʻa” Kim Chen In va u yerda vatandoshlik jamiyati yoʻq. Qirgʻiziston nima uchun demokratiya? Ularda vatandoshlik jamiyati kuchli. Yaʼni davlat kuchsizroq. Asar bosh qahramoni Uinston Smit ham birodarlik jamiyatini izlaydi. U ich-ichidan sezadiki, “Katta ogʻa”ni jilovlab turadigan institut boʻlmasa bu sharoitdan chiqib ketib boʻlmaydi. Shuning uchun “Katta ogʻa” bormi, yoʻqmi emas, kimningdir “Katta ogʻa” boʻlib ketmasligini taʼminlashimiz kerak.

Portugaliyaning Salaza degan Bosh vaziri boʻlgan. U Portugaliya milliy universitetining huquqshunos sifatida dars bergan. Portugaliyada harbiylar Salazarni Bosh vazir qilib hokimiyatga olib keladi. U maʼlum bir muddat ishlaganidan soʻng ishdan ketadi. Keyin harbiylar qayta Salazarni chaqiradi va u mamlakatni 36 yil boshqarib, haqiqiy diktatorga aylanadi.

Karim Bahriyev: — “Katta ogʻa” atamasi bugungi kungacha fenomen sifatida saqlanib qolgan. Hatto, hozir gʻalati transformatsiyasi paydo boʻldi. Oldin “Katta ogʻa” deb rus xalqi tushnilar edi. Masalan ishxona, jamoa, redaksiya tarzida ham “Katta ogʻa”lik tuygʻusi bor. Chet elda insonni bir lavozimda toʻrt yildan ortiq vaqt ushlab turilmaydi. Agar u odamning salohiyati kuchli boʻsa, boshqa sohaga oʻtkazadi. Shuning uchun davlat rahbari ham muayyan muddatdan soʻng almashishi kerak. Konstitutsiya ham shuni taqozo qiladi. Uzoq muddat hokimiyatda qolish mana Qozogʻistonda nima boʻlganini koʻrdik.

Masalan, Lenini SSSR daho qilib koʻtargan edi. Lekin u hayotda oddiy inson boʻlgan. Biz uni shu qadar ideallashtirdikki, u biz uchun ramzga aylanib qoldi. Yaponiyaning bir kinosi bor. Unda jangda imperator vafot etadi. Dushman imperatorning oʻlganini bilmasligi uchun imperatorni otga oʻtkazib, dushmanga koʻrsatib turishadi. Yaʼni diktator oʻlsa, tuzumning oʻzi uni ushlab turadi. Bunaqa tuzum muxolifatni ham yasab oladi. Masalan “Molxona” va “1984” kitobida tuzumning noʻnoqligi tufayli kelayotgan talafotlar muxolifatga toʻnkariladi. Bu oʻylab yana ham katta siyosatga qaytsangiz, nima uchun Putin bilan Tramp doʻst boʻlgan? Bular jang xohlaydigan odamlar. Yaʼni Putinga ritorikasi, gapi agressor boʻlgan dushman kerak edi. Chunki Putin dunyoni yana boʻlishni va “sovuq urush”ni qayta tiklashni istaydi. Buning uchun AQShda unga qarshi boʻlgan dushman kerak.

Asarni ichida bir syujet bor. Dushman samolyotlari bomba yogʻdiradi. Odamlar uyida qoʻrquvda oʻtiradi. Aslida bombani oʻzining samolyotlari tashlayotgan boʻladi. Nima siyosatda saylov olidan biror qoʻzgʻolon yoki portlash uyushtirib, buni muxolifat qildi deb muxolifatni saylovga yaqinlashtira olmaydimi? Qila oladi. Qarasangiz, hamma teraktlar saylovdan olti oy oldin yuz beradi. Asarni qayerini kavlasangiz fikr chiqaveradi. Shuning uchun fikrlashni oʻrganishimiz kerak. Mansabdor boʻlsa, shu maydonni toraytirishga harakat qiladi. Biz “xalqqa erkinlik bersak koʻchaga chiqadi, qurolli toʻntarish qiladi” deb qoʻrqamiz. Odamlarimiz uchun fikrlash uchun ham maydon boʻlishi kerak. Agar nimadan-dur norozi boʻlsa, buning uchun ham maydon boʻlishi zarur. Yaʼni xalq qonli namoyish qilmasligi uchun unga tinch noroziligini qilish imkoniyatlarini berish kerak. Agar biz xalqni past darajada ushlab oʻtiradigan boʻlsak, bu kelajak uchun zarar.

Har xil fitna nazariyalari bor. Misol uchun kimdir kelib, xalqni yoʻldan uradi. Lekin biz kimdir yoʻldan uradigan xalq boʻlmasligimiz kerak. Yaʼni bizning ongimizga beriladigan zaharni sezadigan xalq boʻlish lozim.

Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev qayta-qayta islohotlar orqaga qaytmaydi deb takrorlaydilar. Iqtisodiy islohotlar oʻzi bilan jamiyat oʻzgarmaydi. Barcha sohada islohotlar boʻlishi kerak. Yaʼni bir insonni tilini qoʻyib yuborib, lekin qoʻl oyogʻi bogʻlab qoʻyilsa tilni yechib qoʻygandan nima foyda. Albatta qoʻrquv boʻladi. Biz gapirishda gapirish madaniyatini oʻrganishimiz lozim.

— Davlatda eng katta jinoyat fikr jinoyati. Odamlar shu darajaga olib kelinganki, hatto tushlarida ham fikr jinoyatini qilmasliklari kerak. Nima deb oʻylaysiz Oruell nega aynan fikrga urgʻu qoʻygan?

Karim Bahriyev: — Bu asarda tasvirlangan davlatda insonlar umuman fikrlashi kerak emas. Yaʼni doʻst kim maʼlum, dushman kim maʼlum. Bu davlatda oddiy xalq hech narsani oʻylash kerak emas. U tuzum uchun odamlar ishlashi lozim. Ularning ongiga “sen uchun tepadagilar oʻylaydi”, degan gʻoya singdirilgan. Misol uchun asarda bola qilish burun qoqish-dek yoqimsiz jarayon deb tasvirlangan. Hatto, muhabbat tuygʻusi yoʻq qilingan. Bu koʻyga tushmaslik uchun xalq oʻylashi, fikrlashi kerak. Yaʼni odamlar oʻz taqdirini oʻz qoʻliga olish lozim.


Qiziqarli


														
														2024-yilda dunyo millionerlari soni 2,34 million kishidan oshdi

2024-yilda dunyo millionerlari soni 2,34 million kishidan oshdi

Bu haqda Knight Frank kompaniyasining yillik Wealth Report hisobotida keltirildi.
12:45 / 08.03.2025

														
														Mumtoz Mahal kim edi va Toj Mahal nima uchun unga atalgan?

Mumtoz Mahal kim edi va Toj Mahal nima uchun unga atalgan?

Dunyoning eng buyuk me’moriy obidalaridan biri bo‘lgan va haqiqiy sadoqat, sevgining timsoli hisoblanadigan Toj Mahal o‘zini…
17:04 / 06.02.2025

														
														O‘sha tun...

O‘sha tun...

Voqeiy hikoyaO‘sha kuni qo‘shni bolalar bilan qora kechgacha o‘ynadik.
16:27 / 03.02.2025

														
														Meduza niqobi: Sitsiliyada 2000 yildan oshiq noodatiy artefakt topildi

Meduza niqobi: Sitsiliyada 2000 yildan oshiq noodatiy artefakt topildi

Italiyalik arxeologlar Sitsiliya janubidagi Agrigento provinsiyasidagi zamonaviy Likata yaqinida joylashgan qadimiy Finziade…
11:14 / 27.01.2025

														
														Ilm-fan “otalari”

Ilm-fan “otalari”

Ilm-fan otalari tarix kitoblaridagi shunchaki nomlar emas. Ular g‘oyalari bilan insoniyat sivilizatsiyasiga hissa qo‘shgan o…
12:11 / 15.01.2025

														
														Gender testlari mojarosi bilan tanilgan Iman Halif Google’da eng ko‘p qidirilgan sportchi bo‘ldi

Gender testlari mojarosi bilan tanilgan Iman Halif Google’da eng ko‘p qidirilgan sportchi bo‘ldi

Google qidiruv tizimi orqali 2024-yilda eng ko‘p izlangan mavzularni sarhisob qildi va qidiruvlarni yo‘nalishlar bo‘yicha aj…
11:22 / 12.12.2024

														
														Yaponiyada odamlarni yuvadigan kir mashina yaratildi

Yaponiyada odamlarni yuvadigan kir mashina yaratildi

2025-yil aprel oyida Osaka shahrida bo‘lib o‘tadigan Butunjahon ko‘rgazmasida insonlar foydalanishi uchun mo‘ljallangan kir …
14:41 / 23.11.2024

														
														2024-yilning eng yaxshi pishlog‘i aniqlandi

2024-yilning eng yaxshi pishlog‘i aniqlandi

“Yilning eng yaxshi pishlog‘i” nomli an’anaviy xalqaro tanlov Portugaliyaning Vizeu shahrida o‘tkazildi.
10:26 / 20.11.2024

														
														“Titanik”dagi kapitanning soati auksionda sotildi

“Titanik”dagi kapitanning soati auksionda sotildi

Henry Aldridge and Son auksion uyining xabar berishicha, “Titanik”ning 700 dan ortiq yo‘lovchisini qutqargan “Karpatiya” kem…
10:22 / 18.11.2024

														
														Dunyodagi eng qimmat zumrad kimoshdi savdosida sotildi

Dunyodagi eng qimmat zumrad kimoshdi savdosida sotildi

CBS News nashrining xabar berishicha, shahzoda Sadriddin Og‘axon III ning Cartier broshidan zumradlari kimoshdi savdosida so…
09:34 / 16.11.2024

Bu ham qiziq

Rim papasi Putinni Ukrainada tinchlikka chaqirdi

Rim papasi Putinni Ukrainada tinchlikka chaqirdi

Vatikan 4-iyun kuni Rim papasi Lev XIV va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida telefon orqali suhbat bo‘lib o‘tganini…
13:07 / 05.06.2025
Farg‘onadagi alyuminni qayta ishlash sexida 1,8 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanildi

Farg‘onadagi alyuminni qayta ishlash sexida 1,8 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanildi

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
15:49 / 05.06.2025
O‘zbekiston Afg‘onistonga hayit munosabati bilan insonparvarlik yordami jo‘natdi

O‘zbekiston Afg‘onistonga hayit munosabati bilan insonparvarlik yordami jo‘natdi

Insonparvarlik yordami tarkibidan un, guruch, shakar, makaron va qandolat mahsulotlari, o‘simlik yog‘i, tez tayyorlanadigan …
17:35 / 05.06.2025
Eshak go‘shtidan somsa tayyorlab, sotganlarga hukm o‘qildi

Eshak go‘shtidan somsa tayyorlab, sotganlarga hukm o‘qildi

Toshkent viloyati Parkent tumanida eshak go‘shtidan somsa tayyorlab, sotganlarga hukm o‘qildi.
10:25 / 07.06.2025
Toshkent metrosi Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatadi

Toshkent metrosi Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatadi

Shu munosabat bilan bayram kunlari poyezdlar qatnovi hamda metro ish vaqti quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
14:17 / 05.06.2025
La Ligada mavsum futbolchisi deya Rafinya e’tirof etildi

La Ligada mavsum futbolchisi deya Rafinya e’tirof etildi

La Ligada mavsumning eng yaxshi futbolchisi nomi ma’lum qilindi.
20:04 / 06.06.2025
Tramp va Mask o‘rtasida ziddiyat yuzaga keldi

Tramp va Mask o‘rtasida ziddiyat yuzaga keldi

Mask X platformasida prezident Donald Trampning nomi moliyachi Jeffri Epshteyn ishiga doir hujjatlarda qayd etilgani sababli…
12:08 / 06.06.2025
Mbappe “Oltin to‘p”ga kim loyiq ekanligini aytdi

Mbappe “Oltin to‘p”ga kim loyiq ekanligini aytdi

Fransiya milliy jamoasi va Ispaniyaning “Real Madrid” klubi hujumchisi Kilian Mbappening fikricha, Usmon Dembele “Oltin to‘p…
16:22 / 07.06.2025
6-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

6-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

Harorat kechasi 22-24 daraja, kunduzi 33-35 daraja bo‘ladi.
06:43 / 06.06.2025
Mirziyoyev Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif bilan telefon orqali muloqot qildi

Mirziyoyev Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif bilan telefon orqali muloqot qildi

Pokiston Bosh vazirining joriy yil fevral oyida O‘zbekistonga tarixiy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshi…
21:14 / 07.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!