$
12023.46 UZS
-42.76
₽
149.44 UZS
-0.3
€
13461.47 UZS
17.29
31° Kechasi 18°

Mumtoz Mahal kim edi va Toj Mahal nima uchun unga atalgan?

17:04 / 06.02.2025

Dunyoning eng buyuk me’moriy obidalaridan biri bo‘lgan va haqiqiy sadoqat, sevgining timsoli hisoblanadigan Toj Mahal o‘zining sirliligi, mahobati bilan hanuz insonlarni hayratga solmoqda. Bu inshoot Buyuk Boburiylar Saltanatining davomchilaridan biri Shoh Jahon tomonidan sevimli rafiqasi Mumtoz Mahalga atab qurilgan. Xo‘sh, Mumtoz Mahal o‘zi kim? U qanday qilib shohning rafiqasiga aylanib qoldi? Qanday ayol ediki, qalblardan joy olgan?

Arjumand Bonu Begim

Mumtoz Mahalning asl ismi Arjumand Bonu Begim bo‘lib, 1593-yili Mashhadda tug‘ilgan. Asli eronlik, bobosi va ota-onasi kambag‘allik tufayli Hindistonga ko‘chib kelishgan va Akbarshohning xizmatiga kirishgan. 1611-yilda Arjumand Bonuning ammasi Nurjahon Jahongirshohga turmushga chiqadi. Shundan keyin arjumand Boburning bobosi bosh vazir lavozimiga, otasi esa saroy boshqaruvchisi mansabini egallagan.

Arjumand Bonu ilmli bo‘lib, fors va arab tillarini yaxshi bilgan. Fors tilida she’rlar ham yozgan. Juda kichikligidan aql-idrok va go‘zallik namunasi hisoblangan. Balog‘at yoshiga yetavergach, hammaning diqqat markazida bo‘lib qolgan.

Shoh Jahon va Arjumandning sevgisi

Aytishlaricha, shahzoda Xurram arjumand bonuni ko‘rib, oshig‘-u beqaror bo‘lib qoladi. Qattiq sevganidan unga uylanishga qaror qiladi. Bu qiz oqbilaklardan bo‘lgani uchun, ularning to‘yiga to‘sqinlik qilishmaydi. Ularni mamnuniyat bilan unashtirib qo‘yishadi. O‘shanda Arjumand Bonu 14 yoshda bo‘lgan. Buni qarangki, ba’zi sabablarga ko‘ra, ularning to‘yi 5 yildan keyin 1612-yilda bo‘lib o‘tgan. To‘y kuni Jahongir shoh rafiqasiga Mumtoz Mahal ya’ni “saroy javohiri” deb ism qo‘ydi. Mumtoz Mahal J

Jahongir shohning 2-ayoli edi. Bu paytda Jahongir shoh 21 yoshda bo‘lgan. Shoh Mumtoz Mahaldan keyin ham uylangan. Ammo, uning 1-3-turmushi majburlikdan, siyosiy sabablarga borib taqalardi. U Mumtozdan boshqa ayollarni judayam yomon ko‘rgan va bu haqida tarixchi Inoyat Xonning Shoh Jahonning xotinlari bilan munosabatlari haqidagi hujjatlarida keltirilgan.

Shuningdek, Mo‘tamad Xonning “Iqbolnoma-e-Jahangiri” asarida ham Shoh Jahonning Mumtoz Mahalga bo‘lgan chuqur muhabbati va boshqa xotinlariga nisbatan sovuqqonligi haqida ma’lumotlar mavjud.

Bu manbalar Shoh Jahonning Mumtoz Mahalga bo‘lgan alohida muhabbati va boshqa xotinlariga nisbatan kamroq e’tibor berganini tasdiqlaydi. Ularning 19 yillik turmushida 14 ta farzandni dunyoga keltirishgan. Oltita qiz va sakkizta o‘g‘il farzandlari bo‘lgan. Ulardan yetti nafari go‘dakligida vafot etishgan.

Mumtoz Mahal Begim davlat ishlarida

1628-yilda Shoh Jahon taxtga o‘tirgach, Mumtoz Mahalni o‘zining maslahatchisi deb e’lon qildi.

U imperatorning yaqin va ishonchli maslahatchisi bo‘lgan bo‘lsa-da, u siyosiy hokimiyatga intilishi bilan tasvirlanmagan. Shunga qaramay, imperatorning davlat ishlaridagi qaroriga ta’sir qilishda asosiy rol o‘ynagan. Shoh Jahon rafiqasining maslahatisiz bir ishni boshlamasdi va birorta ham hujjatga usiz imzo chekmasdi. Ayolini hattoki, harbiy yurishlarda ham o‘zi bilan olib yurardi.

Mumtoz Mahal mehribon va saxovatli inson sifatida tasvirlangan, chunki u muhtojlarga, ayniqsa kambag‘allarga yordam berishda imperatorga tez-tez ta’sir ko‘rsatadi. U ilohiyot olimlari, taqvodorlar va faqir olimlarning qizlariga sadaqa va nafaqa berardi. Ko‘plab shoir va olimlarga ham homiylik qilgan. Vansidxara Mishra ismli sanskrit shoiri oxir-oqibat Mumtozning sevimli shoiriga aylangan. Mumtoz ko‘pincha imperatorning ba’zi dushmanlarini kechirishida, jumladan, o‘lim jazosini boshqa jazoga almashtirishda hal qiluvchi rol o‘ynagan. Shoh Jahon unga imperiyaning eng oliy sharafini berishdan tashqari, uy-ro‘zg‘or xarajatlari va yo‘l xarajatlari uchun yiliga 10 lakh rupiy miqdorida nafaqa ham berardi.

Mumtoz Mahalning vafoti

Mumtoz Mahal erini Burhonpurga kuzatib borganida o‘n to‘rtinchi farzandiga homilador edi. Shoh Jahon va Mumtoz Dekan gubernatori Xon Jahon Lodining isyonini bostirishga qaratilgan Shoh Jahonning harbiy yurishi doirasida Burhonpurga tashrif buyurishgan. 1631-yilning 17-iyunida Mumtoz farzandini dunyoga keltirish chog‘ida ko‘plab qiyinchiliklarni boshidan kechirgan. 30 soatga yaqin davom etgan g‘ayrioddiy tug‘ruqdan so‘ng Burhonpurda so‘nggi nafasini oldi. Uning o‘limiga tug‘ruqdan keyingi qon ketishi, ya’ni tug‘ruq vaqtida ko‘p miqdorda qon yo‘qotishi aniqlangan. Uning jasadi dastlab Burhonpurda, Shoh Jahonning Doniyor ismli amakilaridan biri tomonidan Tapti daryosi bo‘yida qurilgan “Zaynobod” bog‘iga dafn etilgan.
Burhonpur hech qachon Mumtoz Mahalning soʻnggi dam olish maskani boʻlishi uchun moʻljallanmaganligi sababli, uning jasadi 1631-yil 14-dekabrda “Zaynobod”dan eksgumatsiya qilingan. Keyin oltin qutida Agraga olib ketilgan. Dafn marosimi uchun 900 kilometr yo‘l bosib, Agra shahriga yetib borildi, u yerda Mumtozning jasadi kichik binoga dafn qilindi.

Malika Mumtoz Mahal Begim o‘limidan oldin eriga farzandlariga mehribon bo‘lishini, qayta uylanmasligini va unga atab dunyoda tengi yo‘q maqbara qurdirishini iltimos qiladi. Shoh Jahon ham uning vasiyatiga butun umr amal qiladi. bolalari bilan vidolashayotgan es otasining ahvolidan xabardor bo‘lib, g‘amxo‘rlik qilishlarini aytadi.

Shoh Jahon ayolining vasiyatlariga amal qilib, keyingi 36 yillik umri davomida biron marta ham turmush qurmaydi. U xotinini jonidan ortiq yaxshi ko‘rar edi. Uning o‘limidan qattiq iztirobga tushadi va cho‘kib qoladi. Hattoki, o‘z joniga qasd qilmoqchi ham bo‘ladi. Ayrim manbalarga ko‘ra, Buyuk Boburiylar Saltanatida motam bir yil, ayrimlarida ikki yil davom etgani haqida aytilgan. Saroyda hech qanday bayramlar, bazmlar tashkillashtirilmagan, nishonlanmagan. Ayolining vafotidan keyin Shoh Jahonning sog‘lig‘ida jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘lgan. U birdaniga qarib ketgan. Bunday paytda unga qizi Jahon Oro Begim g‘amxo‘rlik qilgan.

Toj Mahalning barpo etilishi
Shoh Jahon ayoli uchun dunyoda tengi yo‘q bo‘lgan maqbara Toj Mahalni qurdirgan. Maqbara uchun Agra shahrini tanlagan. Uni Jamna daryosining oldidagi tabiat manzarasi o‘ziga maftun etgan edi. Maqbara (loyiha meʼmori Usto Ahmad Lahori) turk meʼmori Muhammad Isoxon afandi boshchiligida bunyod etilgan. Maqbara murabba tarhli, 3 qavatli, 5 gumbazli. Marmar supa (104x104x7 m) ustiga qurilgan. To‘rtta burchagidagi ingichka minoralar (balandligi 45 m) maqbaraga oʻzgacha husn bagʻishlagan. Devorlari oq marmar bilan qoplangan, turli rangdagi qimmatbaho toshlar (haqiq, marvarid, sadaf, qahrabo, zumrad, yoqut, fil suyagi va b.)dan qadama naqshlar ishlangan. Bosh tarzi (eni 56,7 m) peshtoq ravoqli. Maqbaraning old tomoniga 2 qator daraxtlar ekilgan, favvorali hovuz, gulzorlashtirilgan uzun yoʻlka bor. Zinapoyalar bilan marmar supaga chiqib, oʻyma naqshli eshikdan maqbaraga kiriladi. Oʻrtadagi katta gumbazli xonada qora marmarli sagʻana (Shri Lankadan keltirilgan) qoʻyilgan. Toj Mahalning beqiyos husni bogʻning janubiy darvozasi orqali koʻzga yaqqol tashlanadi. Mahobatli bino qurilishida nafaqat Hindiston, balki Oʻrta Osiyo, Eron, Vizantiya meʼmorlarining oʻziga xos uslublari oʻz ifodasini topgan. Maqbara qurilishida gʻisht teruvchi qandahorlik Muhammad Xanif, multonlik Muhammad Sayid, minorada mahalliy usta Ismoilxon Rumiy, samarqandlik Muhammad Sharif, lahorlik Kozimxonlar hamda koʻpgina naqqosh va xattotlar qatorida buxorolik ota Muhammad va Shukur naqqoshlar qatnashgan. Toj Mahal kun davomida turli ranglarda namoyon bo‘ladi: tongda pushti, kunduzi oq va oy nurida oltin rangga kiradi.

Hozirgi kungacha Shoh Jahon va Mumtoz Mahalning o‘rtalaridagi muhabbat haqiqiy sevgi, vafo timsoli sifatida tan olinadi. Mumtoz Mahal Begim bir ayol sifatida o‘z turmush o‘rtog‘ining qalbida va ezgu ishlari bilan tarixga muhrlanib qolgan.

Maqola muallifi: Munisaxonim Irisova


Qiziqarli


														
														NASA astronavtlarni 2028-yilda Oyga qo‘ndirishga tayyorgarlikni tezlashtirmoqda

NASA astronavtlarni 2028-yilda Oyga qo‘ndirishga tayyorgarlikni tezlashtirmoqda

NASA Artemis IV missiyasi doirasida astronavtlarni 2028-yilda Oyga qo‘ndirishga tayyorgarlik ishlarini jadallashtirmoqda.
09:34 / 25.10.2026

														
														Nepalda beshta yo‘lbars bolasiga qaragan Goma internet qahramoniga aylandi

Nepalda beshta yo‘lbars bolasiga qaragan Goma internet qahramoniga aylandi

Nepalda Goma ismli urg‘ochi yo‘lbars bir vaqtning o‘zida beshta bolaga — o‘zining ikkita va boshqa urg‘ochi yo‘lbarsning uch…
09:32 / 13.10.2026

														
														Yevroparlamentda Donald Tramp tasvirlangan yalang‘och haykal namoyish etildi

Yevroparlamentda Donald Tramp tasvirlangan yalang‘och haykal namoyish etildi

Fransiyaning Strasburg shahridagi Yevroparlament qarorgohida 6-oktyabr kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp tasvirlangan yalang…
15:31 / 07.10.2026

														
														Marokash tarixida ilk bor ayol bosh vazir etib tayinlandi

Marokash tarixida ilk bor ayol bosh vazir etib tayinlandi

29-sentyabr kuni Marokash qiroli Muhammad VI Fotima Zahro al-Mansuriyni mamlakat bosh vaziri lavozimiga tayinladi. Shu tariq…
10:28 / 30.09.2026

														
														Singapur avtobuslarida baland musiqa uchun katta jarima belgilandi

Singapur avtobuslarida baland musiqa uchun katta jarima belgilandi

Singapur jamoat transportida boshqa yo‘lovchilarga xalaqit beruvchi xatti-harakatlar uchun yangi jarimalar joriy etildi.
10:37 / 27.09.2026

														
														Olimlar koinotda sirli signalni aniqladi

Olimlar koinotda sirli signalni aniqladi

Xitoydagi ulkan FAST radioteleskopi orqali olib borilgan kuzatuvlar davomida tabiiy kosmik jarayonlar bilan izohlash qiyin b…
00:16 / 27.09.2026

														
														Tramp sun’iy intellektni qayta nomladi

Tramp sun’iy intellektni qayta nomladi

AQSh Prezidenti Donald Tramp mamlakatda “sun’iy intellekt” (SI) atamasidan voz kechib, uni “super intellekt” deb atashni ma’…
09:44 / 24.09.2026

														
														Dunyoda faqat uch kishi pasportsiz xorijga chiqa oladi. Ular kim?

Dunyoda faqat uch kishi pasportsiz xorijga chiqa oladi. Ular kim?

Xorijga sayohat qilish uchun dunyo aholisining deyarli barchasiga shaxsini tasdiqlovchi pasport kerak. Biroq bundan uch kish…
10:00 / 21.09.2026

														
														Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada noodatiy musobaqa — uxlash bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi. Matraslari bilan tanilgan Koala Japan kompaniyasi tashkil…
09:24 / 16.09.2026

														
														Avgust dunyo tarixidagi eng issiq oylardan biri bo‘ldi

Avgust dunyo tarixidagi eng issiq oylardan biri bo‘ldi

2026-yil avgust oyida Yer yuzida kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori o‘rtacha haroratlardan biri qayd etildi. Yevropa Ittifoqin…
09:41 / 13.09.2026

Bu ham qiziq

Google Özbekistondagi islohotlarni Google Pay misolida yuqori baholadi

Google Özbekistondagi islohotlarni Google Pay misolida yuqori baholadi

Google’ning rivojlanayotgan bozorlar böyiça davlat siyosati vitse-prezidenti Doron Avni Özbekistonda şaxsiy ma’lumotlarni hi…
09:27 / 31.10.2026
SSV Kuz-qiş mavsumida is gazidan zaharlanişdan ogohlantirdi

SSV Kuz-qiş mavsumida is gazidan zaharlanişdan ogohlantirdi

Qölbola va tegişli standartlarga javob bermaydigan isitiş jihozlaridan foydalaniş — hayot uçun xavfli. Kuz-qiş mavsumida is …
16:25 / 29.10.2026
AQŞ harbiylari Tinç okeanida qayiqqa zarba berdi: beş kişi halok böldi

AQŞ harbiylari Tinç okeanida qayiqqa zarba berdi: beş kişi halok böldi

AQŞ harbiylari 27-oktabr kuni Tinç okeanining şarqiy qismida narkotik moddalar taşişda gumon qilingan qayiqqa zarba berdi. H…
14:53 / 28.10.2026
“Dok-1 Maks” işi böyiça jabrlangan oilalarga 80 milliard söm kompensatsiya tölandi

“Dok-1 Maks” işi böyiça jabrlangan oilalarga 80 milliard söm kompensatsiya tölandi

“Dok-1 Maks” va “Ambronol” dori vositalari iste’moli oqibatida jabrlangan oilalarga jami 80 milliard söm kompensatsiya tölan…
14:10 / 28.10.2026
Surxondaryoda işga oliş uçun 4,5 mln söm pora olgan direktor 2 yilga qamaldi

Surxondaryoda işga oliş uçun 4,5 mln söm pora olgan direktor 2 yilga qamaldi

Surxondaryo viloyati Qumqörğon tumanida matematika öqituvçisini işga qabul qiliş va unga dars soatlari ajratiş evaziga 4,5 m…
23:17 / 30.10.2026
IMAN Holding 20 mln dollarlik kamomad haqidagi da’volarga javob berdi

IMAN Holding 20 mln dollarlik kamomad haqidagi da’volarga javob berdi

IMAN Holding “Iman Invest” kompaniyasining 70 mln dollarlik portfelida 20 mln dollar kamomad borligi haqidagi da’volarga mun…
14:18 / 28.10.2026
V “Zakovat-Gambit” turniri ğoliblari 620 million sömlik sovrin jamğarmasi uçun kuraşmoqda

V “Zakovat-Gambit” turniri ğoliblari 620 million sömlik sovrin jamğarmasi uçun kuraşmoqda

Poytaxtimizda rekord darajadagi 5831 nafar şaxmatçini özida jamlagan V «Zakovat-Gambit» turnirining hal qiluvçi final öyinla…
09:57 / 30.10.2026
30-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

30-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Respublika böylab havo özgaruvçan böladi, ayrim joylarda yoğingarçilik kuzatilmaydi.
17:45 / 29.10.2026
Til sertifikati sabab dissertatsiya himoya qila olmagan magistrantlarga ruxsat berildi

Til sertifikati sabab dissertatsiya himoya qila olmagan magistrantlarga ruxsat berildi

Özbekistonda 2022/2023-öquv yilining qişki qabulida istisno tariqasida magistraturaga qabul qilingan, biroq xorijiy til sert…
11:13 / 28.10.2026
Ispaniyada ikkita tezyurar poyezd töqnaşdi: kamida 10 kişi halok böldi

Ispaniyada ikkita tezyurar poyezd töqnaşdi: kamida 10 kişi halok böldi

Ispaniyada 28-oktabr kuni ikkita tezyurar poyezd töqnaşib ketdi. Hodisa oqibatida kamida 10 kişi halok bölgan, qurbonlar son…
16:37 / 28.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!