$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

O‘sha tun...

16:27 / 03.02.2025

Voqeiy hikoya

O‘sha kuni qo‘shni bolalar bilan qora kechgacha o‘ynadik. Charchagan ekanman uyga kela solib uxlab qolganman. Oradan ancha yillar o‘tgan bo‘lsa ham o‘sha kun esimga tushsa rosa afsuslanaman. O‘shanda olti yosh edim. Yoz. Supada to‘rt kishi: buvam, momom, kichkina akam (Dadamning kenja ukasi Muhriddin) va men. Supamizning chet qismi beton bo‘lgani uchun chiqishda oyog‘imni urib oldim. Momom meni biroz ovutgan bo‘ldi. Yulduzlarga qarab yotib ancha gurunglashdik. Hammaning uyqusi keldi shekilli, g‘ung‘ir-g‘ung‘ir gaplar ham tugab, birozdan so‘ng tinchib qoldik. To‘satdan juda xavotirli xirxiroq ovoz eshitildi. Buvam momom tomonga qarab “ey” deganini eshitdim. Odatda momom bunchalik tez uxlab qolmasdi. Qara-chi, enang uxladimi, dedi buvam akamga.

– Ena, ena?

Momom javob bermadi!

Buvam “do‘xtir akangni chaqir, yugur” dedilar. Uyqu aralash do‘xtir amakimning kelganiniyam eslayman. Shundan keyin akalarimdan kimdir meni ko‘tarib boshqa supaga yotqizdi. Toshday qotibman…

Ertalab ko‘zimni ochishim bilan hovlimizda tumonat odamlar yurganini ko‘rdim. Onam shifoxonada bo‘lgani uchun opam ikkalamizga qarashni Dildora ammamga tayinlashgan ekan. Nimalar bo‘layotganidan xabarimiz yo‘q edi. Keyin bilsam o‘sha kecha opam ikkalamizga har kuni ertalab shirchoyga non buktirib kutib o‘tiradigan, bizni jonidan ham ortiq yaxshi ko‘radigan, birovga zarari tegmagan, endigina 49 yoshga to‘lgan farishtaday momom olamdan o‘tgan ekan. Dadamning ham bu holga ko‘nikishi anchayin qiyin bo‘lgan. Tongacha yig‘lab chiqqanlari hozirgiday yodimda. Haligacha akalarimning supaga dumalab yig‘laganlari ko‘zim oldidan ketmaydi. Bu yil yozda onam 46 ga to‘ladi. Dadam va 5 nafar akamga qanchalik qiyin ekanligini endi-endi tushunyapman.

Opam mendan ikki yosh katta, esini ancha tanib qolgani uchun momomning xislatlarini eslab, haligacha o‘ksinadi. Hozirgacha momom bilan o‘tgan har bir kunimizni, g‘aroyib voqealarni esimdan chiqarmaslik uchun tez-tez eslab turaman, akalarimning farzandlariga aytib berib ularni kuldiraman, momomning qanday inson ekanligini ular ham bilishini, biroz bo‘lsa ham tasavvur qilishini xohlayman. Bir jilmayaman, bir ko‘zimni jig‘ga yosh qoplaydi. Cho‘ntagimga solib qo‘ygan mayiz yong‘oqlarni-yu, issiq nonga qilingan gajmijlarni eslasam momomning qanchalik mehribon ekanligini yanada yaxshi his qilaman.

Momomning bir qo‘li ishlamay qolgandi. Lekin hech kimga og‘irligi tegmasdi. O‘zini o‘zi eplay olardi. So‘nggi soniyalargacha shundayligicha qoldi, shuning uchun ham momomni farishtalarga o‘xshataman. Mana o‘sha voqeaga ham o‘n yetti yil bo‘libdi. Men Toshkentga ketdim. O‘qishni bitirib, ishlayapman ham. Ammo xotiramda haligacha momom tirikday, meni jimgina jilmayib kuzatib turganday. Eslasam men ham jilmayaman, faqat negadir ko‘zlarimdan yosh quyilaveradi…


Muallif: Ilyos Boltayev


Qiziqarli


														
														Germaniyada XIII asrga oid qasr 1 yevroga sotuvga qöyildi

Germaniyada XIII asrga oid qasr 1 yevroga sotuvga qöyildi

Germaniyaning Bad-Dyuben şahri ma’muriyati investorlarni jalb qiliş maqsadida XIII asrga oid Şnadits qasrini atigi 1 yevroga…
10:13 / 10.11.2026

														
														NASA astronavtlarni 2028-yilda Oyga qo‘ndirishga tayyorgarlikni tezlashtirmoqda

NASA astronavtlarni 2028-yilda Oyga qo‘ndirishga tayyorgarlikni tezlashtirmoqda

NASA Artemis IV missiyasi doirasida astronavtlarni 2028-yilda Oyga qo‘ndirishga tayyorgarlik ishlarini jadallashtirmoqda.
09:34 / 25.10.2026

														
														Nepalda beshta yo‘lbars bolasiga qaragan Goma internet qahramoniga aylandi

Nepalda beshta yo‘lbars bolasiga qaragan Goma internet qahramoniga aylandi

Nepalda Goma ismli urg‘ochi yo‘lbars bir vaqtning o‘zida beshta bolaga — o‘zining ikkita va boshqa urg‘ochi yo‘lbarsning uch…
09:32 / 13.10.2026

														
														Yevroparlamentda Donald Tramp tasvirlangan yalang‘och haykal namoyish etildi

Yevroparlamentda Donald Tramp tasvirlangan yalang‘och haykal namoyish etildi

Fransiyaning Strasburg shahridagi Yevroparlament qarorgohida 6-oktyabr kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp tasvirlangan yalang…
15:31 / 07.10.2026

														
														Marokash tarixida ilk bor ayol bosh vazir etib tayinlandi

Marokash tarixida ilk bor ayol bosh vazir etib tayinlandi

29-sentyabr kuni Marokash qiroli Muhammad VI Fotima Zahro al-Mansuriyni mamlakat bosh vaziri lavozimiga tayinladi. Shu tariq…
10:28 / 30.09.2026

														
														Singapur avtobuslarida baland musiqa uchun katta jarima belgilandi

Singapur avtobuslarida baland musiqa uchun katta jarima belgilandi

Singapur jamoat transportida boshqa yo‘lovchilarga xalaqit beruvchi xatti-harakatlar uchun yangi jarimalar joriy etildi.
10:37 / 27.09.2026

														
														Olimlar koinotda sirli signalni aniqladi

Olimlar koinotda sirli signalni aniqladi

Xitoydagi ulkan FAST radioteleskopi orqali olib borilgan kuzatuvlar davomida tabiiy kosmik jarayonlar bilan izohlash qiyin b…
00:16 / 27.09.2026

														
														Tramp sun’iy intellektni qayta nomladi

Tramp sun’iy intellektni qayta nomladi

AQSh Prezidenti Donald Tramp mamlakatda “sun’iy intellekt” (SI) atamasidan voz kechib, uni “super intellekt” deb atashni ma’…
09:44 / 24.09.2026

														
														Dunyoda faqat uch kishi pasportsiz xorijga chiqa oladi. Ular kim?

Dunyoda faqat uch kishi pasportsiz xorijga chiqa oladi. Ular kim?

Xorijga sayohat qilish uchun dunyo aholisining deyarli barchasiga shaxsini tasdiqlovchi pasport kerak. Biroq bundan uch kish…
10:00 / 21.09.2026

														
														Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada noodatiy musobaqa — uxlash bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi. Matraslari bilan tanilgan Koala Japan kompaniyasi tashkil…
09:24 / 16.09.2026

Bu ham qiziq

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026
Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026
Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumida aholi, ijtimoiy soha obyektlari va strategik …
16:45 / 14.11.2026
Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Parij tinçlik forumida Özbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bolalar taqdiri, Samarqandda ilgari…
10:24 / 12.11.2026
Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyaning Melburn şahrida joylaşgan 48 qavatli ofis binosining taşqi devorlari va tomiga 1 391 ta quyoş paneli örnatild…
10:32 / 14.11.2026
Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkent şahridagi avtobuslarda yöl haqini tölamasdan harakatlangan 22 929 nafar yölovçi kamida ikki marta ma’muriy javobgarl…
09:58 / 14.11.2026
Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026
Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoş va undan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Bu haqda 13-noyabr kuni…
16:38 / 13.11.2026
Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Nvidia kompaniyasi asosçisi va boş direktori Jensen Xuang atrofida şaxsiy hayoti hamda kompaniya faoliyatiga oid ehtimoliy x…
10:13 / 14.11.2026
Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari, yonilği va uy-joy narxlari böyiça statistik ma’lumotlarni taqdim etuvçi “NarxStat” oçi…
16:42 / 13.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!