$
12778.12 UZS
78.98
164.01 UZS
1.85
14931.23 UZS
83.4
37° Kechasi 23°

Uzbekistan Airports'ning yagona taksi xizmati yo‘lga qo‘yilishi rad etildi – Raqobat qo‘mitasi

10:51 / 27.07.2023

Uzbekistan Airports'ga yagona taksi xizmatini yo‘lga qo‘yib raqobatni cheklashga olib keladigan harakatlariga chek qo‘yish yuzasidan tegishli ko‘rsatma berilgan. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xabar berdi.
 
Aytilishicha, Uzbekistan Airports'ga tegishli Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti hududidagi avtoturargohlar uchun to‘lovlar miqdori oshirilganligi, shuningdek, aeroport hududida faqat yagona taksi xizmati yo‘lga qo‘yilishi natijasida boshqa tadbirkorlik subyektlari kirishiga sun’iy to‘siqlar qo‘yilganligidan noroziliklar bildirilib, ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lgan.
 
Qo‘mita tomonidan o‘rganishlar davomida quyidagi holatlar o‘rganilgan:
 
Yo‘lovchilar kelish terminali yonidagi maxsus yo‘lning birinchi qatoriga faqat bitta tadbirkorlik subyektiga tegishli avtomobillarning kirishiga shart-sharoit yaratib berilgan;
 
Ushbu subyektdan to‘lovlar undirilmagan;
 
Unga tashish uchun qat’iy belgilangan tarif qo‘llanilishi va har qanday narxlar o‘zgarishlari kelishilishi belgilangan;
 
Texnik topshiriq shartlari talabiga mos keluvchi litsenziyaga ega bo‘lgan taksi xizmatini ko‘rsatuvchi boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning avtomobillarini ushbu hududga kiritmagan;
 
Aeroport hududiga yaqin joylardagi avtoturargohlar uchun to‘lov miqdori oshirilgan.
 
“Ushbu holatlar, “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi qonunning 16-moddasi va “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning 11-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga nisbatan noqonuniy harakat hisoblanadi”, deyiladi xabarda.
Raqobat qo‘mitasi 2022-yil 23-dekabrda Uzbekistan Airports tomonidan qonunchilik talablari buzilgan deb qaror qilgan va majburiy ko‘rsatmalar berilgan.
 
Uzbekistan Airports'ga quyidagi mazmundagi majburiy ko‘rsatmalar berilgan:
 
tegishli talablarga mos keluvchi va belgilangan tartibda litsenziyaga ega bo‘lgan taksi xizmatini ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar avtomobillarining kiritilishiga teng shart-sharoit yaratib berilishini ta’minlash;
 
yo‘lovchilar va bagaj tashuvchi taksi xizmatini tashkil etish uchun “texnik topshiriq”dan, unga tegishli joyni ijaraga berish shartnomasidan yo‘lovchilarni tashish uchun qat’iy belgilangan tariflar qo‘llanilishi hamda tariflardagi har qanday o‘zgarishlar Uzbekistan Airports AJ bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi bandlarini chiqarib tashlash;
 
yo‘lovchilar kelish terminali yonidagi maxsus yo‘lning birinchi qatorida taksi xizmatini ko‘rsatuvchi boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar mavjudligi to‘g‘risida iste’molchilarni xabardor qilinishini ta’minlash;
 
aeroport hududiga yaqin joylardagi avtoturargohlar uchun to‘lov miqdorini qayta ko‘rib chiqishi bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
 
Shu o‘rinda, Uzbekistan Airports qo‘mitaning qaror va ko‘rsatmasidan norozi bo‘lib Toshkent tumanlararo ma’muriy sudiga murojaat qilgan. Toshkent tumanlararo ma’muriy sudining 2023-yil 28-martdagi hal qiluv qarori bilan shikoyat rad etilib, qo‘mitaning qaror va ko‘rsatmasi o‘z kuchida qoldirilgan.
Shuningdek, mazkur ish Toshkent shahar ma’muriy sudi apellyatsiya instansiyasi tomonidan ham ko‘rib chiqilib, 2023-yil 12-iyunda apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirish rad etilgan.

Bu ham qiziq

Qashqadaryoda ikki ayol cho‘kib ketdi

Qashqadaryoda ikki ayol cho‘kib ketdi

Oqdaryoda cho‘milish chog‘ida ularni oqim oqizib ketgan, oqibatda ayollar cho‘kib ketgan.
12:23 / 16.07.2025
HBO “Garri Potter” franshizasini yangicha talqinda suratga oladi

HBO “Garri Potter” franshizasini yangicha talqinda suratga oladi

Ilk film namoyishi 2027-yilga mo‘ljallangan
22:13 / 14.07.2025
Surxondaryoda advokat 50 ming dollar pora bilan ushlandi

Surxondaryoda advokat 50 ming dollar pora bilan ushlandi

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
11:08 / 15.07.2025
“Tashabbusli byudjet”ning 2-mavsumi boshlandi

“Tashabbusli byudjet”ning 2-mavsumi boshlandi

Unda 823 ta mahallaga tanaffus berildi.
09:19 / 15.07.2025
O‘zbekistonda havo harorati 45 darajagacha ko‘tariladi

O‘zbekistonda havo harorati 45 darajagacha ko‘tariladi

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, 17–19-iyul kunlari O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi kutilm…
10:16 / 15.07.2025
Donald Tramp Rossiya - Ukraina urushi borasida o‘z fikrlarini bildirdi

Donald Tramp Rossiya - Ukraina urushi borasida o‘z fikrlarini bildirdi

Siyosatchining fikriga ko‘ra, bu urushda baribir imkoniyatlar noteng bo‘lib qolmoqda
19:54 / 15.07.2025
2025-yilgi umra mavsumi avgust oyidan boshlanadi

2025-yilgi umra mavsumi avgust oyidan boshlanadi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Haj va Umra markazi yangi umra mavsumini 2025-yil avgust oyidan boshlanishini e’…
12:22 / 15.07.2025
Toshkentda tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan fuqaro tizimga 2,7 mlrd so‘m zarar yetkazdi

Toshkentda tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan fuqaro tizimga 2,7 mlrd so‘m zarar yetkazdi

U xonadonida konserva mahsulotlarini tayyorlash bilan shug‘ullangan.
16:07 / 15.07.2025
Toshkentda podpolkovnik pora bilan ushlandi

Toshkentda podpolkovnik pora bilan ushlandi

U fuqaroga nisbatan qo‘llangan qamoq ehtiyot chorasini garov ehtiyot chorasiga o‘zgartirib berishni va’da qilgan.
09:21 / 16.07.2025
Surxondaryoda 23 bosh ilon tabiatga qaytarildi

Surxondaryoda 23 bosh ilon tabiatga qaytarildi

6 bosh O‘rta Osiyo kobrasi va 17 bosh sharq bo‘g‘ma iloni fuqarolar tomonidan noqonuniy saqlab kelinayotgan bo‘lgan.
17:49 / 15.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!